Tijorat banki - aktsionerlar, tasischilarning bo’sh mablag’larini ixtiyoriy
birlashtirish yo’li bilan tashkil qilingan bank.
tijorat (sodda) foizlar - qisqa muddatli foizlar, 360 kunga teng bo’lgan vaqt
bazasi asosida hisoblanadi.
Tovar-moddiy boyliklarning likvidlilik koeffitsienti - zahiralar va xarajatlari
summasini emitentning to’lovga qobiliyatligini xarakterlovchi qisqa muddatli
majburiyatlar summasiga nisbati.
Tovarli veksel - tovarli bitimga xizmat ko’rsatuvchi veksel.
Transfert - chet el valyutasini yoki oltinni bir mamlakatdan boshqasiga
o’tkazish; egasining nomi yozilgan qimmatli qog’ozlarga egalik qilish huquqini bir
shaxsdan boshqasiga berish.
Transfert operatsiyasi - valyuta bilan davlat chegaralarini kesib o’tmay kredit
liniyalarini ochish bo’yicha moliyaviy bitim.