Sertifikat-jambo - juda katta summaga yoki aktsiyalarning yirik partiyasiga
berilgan sertifikat.
Sertifikat sotib oluvchining diskont bahosi bo’yicha joylashtirilgan daromadi - qimmatli qog’ozning nominal va sotish bahosi o’rtasidagi farq.
Sertifikat sotib oluvchining nominal baho bo’yicha joylashtirilgan daromadi - sotish vaqtida amal qilayotgan bozor stavkasi, qimmatli qog’ozni qoplash
muddatigacha qolgan kunlar va nominal baho asosida hisoblangan foizlar.
Sertifikat egasining diskont baho bo’yicha joylashtirilgan daromadi -
qoplash va diskont bahosi o’rtasidagi farq.
Sertifikat egasining nominal baho bo’yicha joylashtirilgan daromadi
- qimmatli qog’ozning nominal bahosi va sertifikat chiqarilgan muddat, yillik foiz
stavkasi asosida hisoblangan foizlar.
Sindikat emissiyasi - zayomlarni birgalikda joylashtirish uchun korxonalar yoki
banklar o’rtasidagi vaqtinchalik kelishuv.