Ochik auktsion -
xaridorlarning shaxsiy ishtirokida, savdo jarayonida taklif
etilgan eng yuqori baho bo’yicha qimmatbaho qog’ozlarni, tovarlarni, mol-mulkni
sotishni (olishni) tashkil qilinishi.
Ochiq tipdagi aktsionerlik jamiyati -
shunday jamiyatki, bunda uning
aktsiyalari bir shaxsdan boshqa shaxsga aktsionerlarning roziligisiz o’tishi mumkin.
Paritet -
valyutalarning sotib olish qobiliyatini tenglashtiradigan almashtirish
(valyuta) kursi darajasi.
Permanent kapitali -
korxona moliyaviy barqarorligini xarakterlaydigan
mablag’ summasi.
Permanent kapital rentabelligi koeffitsienti -
balansdagi yoki sof foydaning
o’z va uzoq muddatli qarz mablag’lariga nisbati.
Portfelli boshqarish shartnomasi -
mijoz tomonidan investitsiya institutga
ma’lum daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar majmuasini yaratish, topshiriladi va
ushbu majmuani shunday holatda tutib turish kerakki, kelgan daromad qandaydir
darajadan past bo’lmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |