Samarali stavka -
nominal stavka bo’yicha bir yilda bir necha marta foizlar
ustamasi hisoblanib, olingan natija ustama hisoblash davrlari soniga bo’lingandagi
moliyaviy natijaga teng bo’lgan murakkab foizli yillik stavka.
Svop operatsiyasi -
bir vaqtning o’zida spot kursi bo’yicha valyutani sotib olish
yoki sotish bilan birga bir vaqtning o’zida xuddi shu valyutani forvard kursi bo’yicha
sotish yoki sotib olish.
Sekryutizatsiya
– ssuda va boshqa turdagi debitorlik majburiyatlarini qimmatli
qog’ozlarga transformatsiyasi jarayoni.
Sekreometrika
– qimmatli qog’ozlar bozorini tahliliy baholashni o’rgatuvchi
maxsus fan (“sesriuty” – QQB va “metrisa” – o’lcha, baholash, tahlil qilish).
Sertifikat –
pul vositalarining emitent nomida ekanligini tasdiqlovchi yozma
guvohnoma.
Sertifikat daromadliligi -
daromad summasining qimmatli qog’ozni sotib olish
bahosiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |