Foizlar (foiz pullari) - pul mablag’ini investitsiya qilishdan tushgan
daromadning mutloq miqdori.
Foizlar kapitalizatsiyasi - murakkab foizlar stavkasi bo’yicha kapitalning
qo’shimcha (o’sishi) ko’paytirish.
Foiz stavkasi - foizlar summasini boshlang’ich kapitalga nisbati.
Fonda birjasi - asosiy faoliyati qimmatli qog’oz operatsiyalari bilan bog’liq
bo’lgan tashkilot.
Forvard marjasi - forvard kursini hisoblashda spot kursidan ayriladigan
(qo’shiladigan) mukofot (diskont).
Forvard (autrayt) kursi - bitim tuzilgan paytdagi spot kursi, u mukofot
299
xajmiga ko’paygan yoki valyutani kelgusidagi aniq kunga etkazib berishni hisobga olgan
holda diskont xajmiga kamaytirilgan bo’ladi yoki spot kursga forvard ochkolarini
qo’shish orqali aniqlanadi.