Xalqaro valyuta fondi - valyuta sohasidagi hamkorlik va xalqaro savdoni
rivojlantirishga ko’maklashadigan davlatlararo valyuta-kredit tashkiloti.
Xalqaro pullar – xalqaro hisob-kitoblarda umumiy universal to’lov vositasi
sifatida tan olingan pullar.
Xaridor kursi - valyutani sotib olish uchun qabul qilingan valyuta kursi.
Xaridor optsioni (koll) - bazis aktivini aniq bir kunda aniq baho bo’yicha
xariddan voz kechish mumkinligi sharti bilan olish huquqi.
Xedjirlash - valyuta kursi yoki qimmatli qog’oz qiymatining kelgusidagi
o’zgarishi xavf-xatari ehtimolini ko’zda tutuvchi bitimlar tizimi.