Emitentning to’lov qobiliyati - emitentning qisqa
muddatli qarz
majburiyatlarini o’zining likvid mablag’lari bilan to’lash imkoniyati.
Erkin konvertlashtiriladigan valyuta - har qanday chet el valyutasiga
chegaralanmagan tarzda almashtiradigan va boshqa mamlakatlarga erkin o’tkaziladigan
valyuta.
E’tirozli veksel - notarius tomonidan veksel summasining belgilangan vaqtda
to’lanmaganligi ko’rsatilgan qarz majburiyati.
Yapon nikkey o’rtacha indeksi - Tokio fond birjasi tomonidan hisoblanadigan
va Yaponiyaning 225 ta firmasi aktsiyalari bahosining xarakatini xarakterlaydigan
ko’rsatkich.
“Yasli” moliyalashtirish – xususiy kompaniyalarni yaratishning boshlang’ich
(“yasli”) davrida ularga yo’naltirilgan moliyaviy resurslar, investitsiyalar.
O’zgaruvchan annuitet - vaqt davomida qandaydir qonun asosida o’zgaruvchi
to’lovlar ketma-ketligi, masalan arifmetik yoki geometrik progressiya bo’yicha yoki
nosistematik o’zgarish.