Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

Фойдаланилган адабиётлар
1. Лакофф Дж., Джонсон М. Метафоры, которыми мы живем// Теория
метафоры. – М.: Прогресс, 1990. 
2. Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. – Тошкент: Мумтоз сўз,
2010. 
3. Худайберганова Д. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик
талқини: Филол.фан. д-ри ... дисс. – Тошкент, 2015. 
4. Ҳакимов М.Х. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини: Филол. фан.
д-ри ... дисс. – Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 2001. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
132


REKLAMA MATNLARIDA JARGONLARNING QO’LLANILISHI
Mamirova Dilnoza Shirinboyevna
mamirova.d@bk.ru
Samarqand davlat chet tillar instituti 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi ijtimoiy-madaniy vaziyatda turli
sohalarda o’zlariga xos bo’lgan so’z va so’z birikmalarining, ya’ni ma’lum auditoriya
vakillari qo’llaydigan jargonlarning reklama matlarida kuzatilishi haqida so’z
yuritilgan. Ularga misollar keltirilgan va ma’nolarini izohlashga harakat qilingan.
Kalit so’zlar:
jargon, interjargon, og'zaki nutq, me’yor, sotsiologik. 
Bugungi kunda jamiyatimizda ro’y berayotga tarixiy va ijtimoiy burulishlar tilda
leksik o’zgarishlar paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Senzuraning bekor qilinishi va
hayotning barcha sohalarini butunlay demokratlashtirish adabiy tilda qisqartirilgan
so'z birikmalarining paydo bo'lishiga olib keldi. Bular yoshlar jargoni, professional
jargonlar kabi. Og'zaki nutq va yozma nutq o’rtasidagi chegaralar yo’qola boshladi.
Natijada keying davrlarda namunali, benuqson deb ataladigan adabiy yozma til o'z
mavqeini yo'qotdi. Og'zaki nutq e'tiborni jalb qilish mavzusiga aylandi va barcha
soha vakillari undan intensiv foydalanishga o’tishdi. Jargonizmlar aholining deyarli
barcha qatlamlari nutqiga kirib borganligini tilshunoslarning ilmiy kuzatuvlaridan,
ko'plab lug'atlardan va keyingi yillardagi sotsiologik tadqiqotlardan ham bilishimiz
mumkin. So’zlovchilar ko'pincha jargon so'zlarni o’z auditoriyasini jalb qilish va
boshqalar bilan umumiy til topish uchun tabiiy imkoniyat sifatida qabul qilishlari
uchun ularni aralashtirib yuboradilar.
Bugungi kunda bu aralashma so’zlar ommaviy axborot vositalarining va
umuman reklama matnlarining stilistik va tillar xilma-xilligi uchun haqiqiy sabab
bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, hozirgi ijtimoiy-madaniy vaziyatda jargon ko'plab
sohalariga kirib bormoqda- filmlar va adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida
va reklama matnlarida, shuningdek, kundalik til aloqasining ajralmas qismi bo'lgan
ifoda va rangni yaratish vositasiga ham aylanib qoldi. “Ayniqsa, jargonlar musiqiy
guruhlarning so'zlarida tez-tez quloqqa chalinadi. Ular matnga hissiy rang berishadi
va yoshlar uchun ushbu qo'shiqlarning yaqinligi va tushunarliligini ta'kidlashadi” [1;
48-49]. So’zlashuvga jargonlarning ta'siri, shuningdek, ma'lum so'zlar va iboralar
bilan belgilanadigan ma'lum ijtimoiy-madaniy voqeliklarning ahamiyati, uning
jamiyat tomonidan qabul qilinishiga va odatiy holga kelishiga olib keladi. Barcha
qisqartirilgan so'z birikmalariga xos bo'lgan bu qism interjargon (umumiy jargon) deb
nomlanadi – til me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan, ammo tilda tez-tez ishlatiladigan
so'zlar va barqaror iboralar ba'zi hollarda so'zlashuv nutqini to'ldirib keladi. Jargon
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
133


umumxalq tilida maxsus leksikasi va frazeologiya hamda yasovchi vositalarining
o’ziga xos tarzda qo’llanishi bilan farqlanadi: 
Otarchilar jargoni: yakan –pul, hasut-non; Xurmo-Buxoro tillo tangasi;
Talabalar jargoni: yopmoq-sessiyani tugatmoq, vozdux-stipediya, yaxlamoq-
imtihondan qaytmoq, stukach – chaqimchi; Yoshlar jargoni: g’isht-xunuk, risovka-
ko’z-ko’z qilmoq, uxlatib ketmoq –aldamoq, yedi-mag’lub qildi, tepdi-tushundi
kabilar. Jargonlarning tarkibi boshqa tillardan olingan o’zlashma birliklar bilan boyib
boradi. Jargonga xos leksemalar tez-tez yangilari bilan almashib turadi. 
Masalan qo’shiqlar reklamasida
Eng yangi xitlar, xit qo’shiqlar to’plami
kabi
birikmalar ishlatiladi, lekin ko’pchili
xit
so’zining ma’nosini tushunmaydi, u faqat
shu soha bilan qiziqadigan shaxslarga yaxshiroq tushunarli. Chunki lug’atlarda uning
turli xil ma’nolari keltirilgan. Masalan inglizchada u 
omad
va 
urmoq
[2] ma’nolarida
keladi. Xit - bu mashhur qo'shiq. Shuningdek, juda mashhur bo'lgan boshqa asarlar va
mahsulotlar ham deyiladi. O’zbek tilida - kino, spektakl yoki ommaga juda mashhur
bo'lgan biror voqeaga nisbatan ham shu so’zni qo’llash mumkin. "Jargon" atamasini
talqin qilish to'g'risida hali ham munozaralar davom etmoqda. Shunday qilib, yoshlar
jargonini "jarang" (ingliz tilidan slang) yoki argo (frantsuzcha Argot) deb atash
mumkin degan fikr bor [3; 499].
Talabalar so’zlashuvida akademik ta'til "akademichiskiy" yoki "akademik" deb
nomlanadi. Jargon milliy tildan faqat so'z boyligi bilan ajralib turadi. Maxsus jargon
fonetikasi yoki grammatikasi yo'q. Slang nutqi ko'pincha past madaniyatning belgisi
deb hisoblanadi. Ammo ko'p odamlar uchun jargon ularning eng sevimli o'yiniga
aylanadi va bir xil ko'p qirrali ma'nolarning murakkab o'zaro ta'sirini yaratishga
imkon beradi. Bu ma'nolarning ishlatilishi, ayniqsa, "ommaviy axborot vositalarida
gazeta maqolalari, radioeshittirishlar, televizion yangiliklar, internet reklama va
boshqa turdagi ommaviy axborot vositalari kabi turli xil va ko'p bosqichli
tushunchalarni birlashtirishga imkon beradigan matnlarda juda muhimdir”[ 4; 26].
Shuni ta'kidlash kerakki, jurnalistika, reklama kabi sohalarda jargondan foydalanish
eng ko'p uchraydi. Ko'pincha reklama matnlari og'zaki nutqqa o'xshatib yoziladi. Til
me'yoridan chiqishlar soni cheklanmagan, chunki har qanday til qoidasi u yoki bu
tarzda buzilishi mumkin, ammo reklama sohasidagi lingvistik yangiliklar hamma
uchun ma'qul kelmaydi. Shunga qaramay, reklama matnlarida, ularning maqsadi
mahsulotlarni sotish, yangi so'zlar va allaqachon ma'lum bo'lgan so'zlarni noan'anaviy
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
134


ishlatish katta ahamiyatga ega. Masalan My Shop ko’rsatuvi reklamasidan –
Mahsulotning zodagonlari
kabi birikmani olishimiz mumkin. Bunday so’z birikmasi
oldindan mavjud bo’lmagan. Yoki shu ko’rsatuvning shiori olsak, bu ibora faqat shu
ko’rsatuvga tegishli.
“My- Shop” – faqat sinalganlarini tavsiya etadi! –
bu jumlani
ko’rganimizda albatta shu ko’rsatuv ko’z o’ngimizga keladi.
 
Reklama aloqalarida va
ommaviy axborot vositalarida og'zaki va jarangli so'zlardan foydalanish juda keng
tarqalgan bo'lib, ularni ommaviy axborot matniga kiritish muallifning shaxsiyatini,
iste'molchi auditoriyasining umumiy madaniy darajasini tavsiflaydi, tasvirlangan
voqea, hodisaga, haqiqatga munosabatini faol shakllantiradi. Jargonning metaforik tili
hamma narsani yashirishni va bir vaqtning o'zida hamma narsani aytishni xohlaydi. 
Vaqt o'tishi bilan, u yoki bu jargon me’yorga aylanishi mumkin, masalan, 
"Vip"
so’zi, bu so‘zning hayotimizga shitob bilan kirib kelish davrini uyali aloqa tizimining
dastlabki qadamlari, O‘zbekistondagi ilk «sotka»lar davriga bog‘lash mumkin.
Reklamalarimizga
“Vip ta’rif”
birikmasi shaklida kirib keldi. Shunday bir toifa
borki, ular aloqa kompaniyasining eng qimmat va hamma xizmatlarni jamlagan, bir
so‘z bilan aytganda suhbatda cheklovni yo‘q qilgan «VIP» tarifidan foydalanadilar.
Vaqt o’tishi bilan esa uning ma’nosi boshqa jarayonlarga ham ko’chib, endi biz
uchun «VIP» - mo‘l-ko‘lchilikni, bemalolchilikni, o‘ylanmay foydalanaverishni,
xotirjamlikni va umuman, «hammasi to‘langan» degan tushunchani anglata boshladi.
To‘yxona «VIP», mashina «VIP», oshxona «VIP», stadion «VIP». Aslida
inglizchasiga Very Important Person yoki VIP abbreviaturasi «juda muhim shaxs»,
«rahbar», «yuqori martabali shaxs», «badavlat korchalon» kabi ma’nolarni
anglatib, o‘ziga xos imtiyozlardan foydalanuvchi insonlarga nisbatan ishlatiladi.
Ruslar bu so‘zni o‘zlariga moslab — «Vesma imenitaya persona» (VIP) shaklida ham
ishlatishadi. Qisqa qilib aytganda bu so‘z (aniqrog‘i abbreviatura) ma’nosiga ko‘ra
ko‘pchilik o‘ylaganiday ma’lum bir xizmat turi, vaziyat yoki alohida e’tiborni emas,
shunga loyiq ko‘rilgan shaxsni anglatadi. Lekin bu so’z jargon sifatida turli xil
ma’nolarda qo’llanilaveradi.

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish