Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

Фойдаланилган адабиётлар 
1.
Ахмедов С. ва бошқалар 6-синф адабиёт дарслиги. Т:. “Шарқ”.2017 йил 
2.
Йўлдошев Қ. ва бошқалар 7-синф адабиёт дарслиги. Т:. “Шарқ”.2017 
йил. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
142


ABDULLA QAHHORNING "ANOR"HIKOYASIDA PREDMETLAR 
TAHLILI 
 
Karimova Nargizaxon Zokirjon qizi 
Farg'ona davlat universiteti 
nargizakarimova9898@gmail.com 
 
Annatatsiya:
Ushbu maqolada "Anor" hikoyasidagi predmetlarning asar 
mohiyatini ochib berishdagi roli va ularning asar umumiy g'oyasiga ta'siri haqida 
ma'lumotlar keltirilgan. 
Kalit so'zlar:
Zanglagan qozon, yaktak, tuguncha, eshik, keli, kelisop. 
Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak ochlik, hisobsiz qiynoq, kamsitish, 
xo'rlanish va h.k kabi qalbni tirnaydigan hodisalar gavdalanadi. Yozuvchi Abdulla 
Qahhor o'zining "Anor"hikoyasida ana shunday mash'um kunlardagi ahvol haqida 
to'xtalib o'tgan. Asar qahramoni Turobjon boshqorong'u xotiniga anor topib berish 
uchun ko'plab mashaqqatlarga duch keladi. Hatto yaktagi eshik qalamiga ilinib 
yirtiladi. Asardagi eshik qalami orqali faqat o'zini o'ylaydigan, nochor vatandoshlari 
ahvoliga qayg'urmaydigan, aksincha, uning bor -yo'g'iga ham ko'z olaytiradigan tanti 
boylar yoritilgan. 
Tuguncha-ertangi yorug' kunlarga umid. Tuguncha hali ochilmagan, uni ichida 
nima borligi aniq emas. Agar bu safar Turobjonning xotini istagan narsa kelmagan 
taqdirda ham kun kelib bu tuguncha anorlarga to'la bo'ladi, bo'ldi ham. Ha, bu o'sha 
xalqimiz orzuqib kutgan ozodlik, tinchlik, barkamollikka bo'lgan kuchli umid belgisi. 
Qozonning zangi chiqib qoraygan go'jaga qattiq ham rang kirgizolmagan 
darajada ahvolning og'irligi yozuvchi tomonidan mahorat bilan yoritilgan.Metall 
ishlatilmaganligidan, uzoq muddat bir joyda turaverganidan zanglaydi.Ancha vaqtdan 
beri o'choqqa osilmagan qozon zangining rangi bejiz emas. 
To'kilgan go'ja mushukka ham maqul kelmay shikoyatomuz miyovlaydi. Oddiy 
uy hayvoniga yoqmaydigan go'ja bilan to'la keli bu o'rnida ro'zg'or ramzi bo'lib, u 
ham qulash arafasida. 
Xo'jayini bergan asalari uyasi xotiniga yoqmaydi. U o'zgalar bergan asal 
mazasini emas, donalari zich joylashgan, ustiga oq mato yopingan, sirti po'stloq bilan 
qoplangan anor istaydi. Bu holat sobiq ittifoq o'zini qancha yaxshi ko'rsatishga 
urinmasin(anor timsolida) xalqimiz o'z erkiga intilaverganligiga qiyoslansa 
yanglishmagan bo'laman nazarimda. Yulduzlar ham qora osmondan xira nur tarqatib 
turadi. Shunday tunda mushak otilib Mullajon qozi bog'ida beshik to'yi qiladi. Uning 
bog'i anorlarga to'la. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
143


Anor- erkin millat ramzi. Chegaralari mustahkam (anor po'sti), aholisi mehmon 
do'st, inoq (anor zichligi), bir-birini dushman qo'liga tutib bermaydigan, aksincha, 
ulardan himoya qiladigan(anor pardasi) mustahkam davlat belgisi. 
Asar voqealarini kuzatar ekanmiz yozuvchi mahoratiga tan bermaslikning iloji 
yo'q. Asar epigrafiga tanlab olingan 
Uylar to'la non, och-nahorim bolam 
Ariqlar to'la suv, tashnayi zorim bolam 
o'tmishdagi gapi ham asar voqealarining naqadar haqqoniyligiga isbot bo'la 
oladi. Hayotiy pozitsiyalarga yo'g'rilgan bu asar xalqimizning 30-yillardagi og'ir 
turmush tarzidan xabar beruvchi tirik tarix. Manman, faqat o'ziz manfaati yo'lida 
yashovchi qalbi insof suvi bilan sug'orilgan nobakorlar , ming afsuski, hamma vaqt 
jamiyat rivojiga tushgan o't bo'lib qolaveradi. Yozuvchi o'z asarlarida doim mazlum 
xalq holiga achinish, tovlamachilar kirdikorlarini fosh qilish, jamiyatdagi qoloq 
aqidalardan voz kechish kabi turli mavzularni yoritishga uringan. O'sha davr nuqtayi 
nazaridan gapiradigan bo'lsak bir qaraganda hammasi yaxshi, xalq farovon hayot 
kechiradigandek tuyuladi. Bu qarashlar faqat qog'ozlar aks etgan xolos. Zamona 
boylaridagina ana shunday turmush tarzini uchratish mumkin. Bu kabi dunyoning 
besh kunlik rohat -farog'atiga uchib o'zligidan kechgan boylar bir dona anorga zor 
bo'lib o'tirgan kambag'al Turobjon holiga achinarmidi? Yo'q, qalbini shayton libosi 
bilan o'ragan kaltafahmlarga rahm-shavqat , insof degan umuminsoniy tushunchalar 
yot.
Nochor xalq kunlab, oylab issiq ovqat ko'rmay kun kechiradi. Qozoni zanglab 
ketgan kambag'al mushuk yemagan taomga shukr qilib o'tiradi. Badiiy adabiyotda 
qozon oila, ro'zg'or belgisi. Ana shu qozonni qaynataman deb ba'zi kambag'al 
odamlar nochorlikdan o'g'rilik qilishga majbur bo'ladi. Bunday majburlik oilani 
boqishdan o'zga maqsad uchun emas. Asar bosh qahramoni Turobjon ham o'sha 
anorlarni o'g'liga beshik to'yi qilayotgan Mullajonning bog'idan biror g'aliz maqsadda 
olmagani barcha o'quvchilarga ayon. U anorni olib kelgan, ammo yuragida qattiq 
qo'rquv, vijdon azobi yotadi. Mullajondan o'sha anorlarning bittasini so'raganida 
bermasmidi? Afsuski ha. 
O'rta asr tarixidan ma'lumki, yuqori tabaqa vakilllari quyi qatlamga huddi ular 
boylar uchun qaram qilib yaratilgandek qarashgan. Shuning natijasi o'laroq azal-
azaldan kambag'al xalq ezilib keladi. Dard, alam -inson qalbini tirnaydigan, 
kuydirguvchi o't. Yetishmovchilik aynan Turobjon qalbiga tushgan ana shu o't. 
Yozuvchi Abdulla Qahhor asarlari ana shunday xalq dardini sodda tilda ravon 
ifoda etish bilan mudom e'tibordan tushmaydi. Achchiq tarix haqiqatiga yo'g'rilgan 
bunday asarlar xalq matonati, sabrini ko'rsatib turuvchi oyna. Turobjon ham xotiniga 
to'kin-sochin hayot barpo qilgisi keladi, ammo boy boyga soy soyga boqqan 
jamiyatda uning halol mehnat qilib topgan ozgina puli ro'zg'orning qaysi yirtig'ini 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
144


yamashga ham yetardi. Xotiniga achchiq so'z aytib yuragini tirnash uning uchun 
havas emas edi, ammo kamchiliklar keltirgan g'azab uni gijjijlaydi. G'urur esa uni 
bosh egishga qo'ymaydi. Vijdon qiynaladi. 
Yozuvchi tomonidan ishlatilgan asar mohiyatini anglab yetishga yanada yordam 
beradigan predmetlar mohiyat bilan bir qatorda uning hayot tandiridan uzilganday 
qilib o'quvchi mehrini qozonishga katta hissa qo'shadi. Ular orqali kosa tagida 
nimkosa qabilidagi gapni tushunish yanada yorqinlashadi. 
Masalan, kiyilganiga hali ko'p bo'lmagan yaktak yirtilishi bu soxta vadalar 
evaziga qurilgan jamiyatning tezda qulashiga nishona desam yozuvchi ichki 
g'oyalariga yaqin bo'ladi nazarimda.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Abdulla Qahhor o'z asarlarida xalq 
manfaatlarini ifoda etishning eng oddiy usulidan murakkab( asar salohiyatiga 
nisbatan) asarlar yaratgan. Xalq ichida yurib o'z boshidan kechirgan kimlarni 
qog'ozga tushirgan. Qog'ozdagi voqealar shunchaki bayon etilgan matn emas
aksincha, ro'y bergan hayot haqiqati. Bunday haqiqatni yoritib berish uchun yozuvchi 
o'tmish sarlovhalarini insoniy tuyg'ular bilan anglab yetmog'i lozim. 
Yaktakning bexos yirtilganidan tortib anorlarni sochilib ketganigacha bo'lgan 
voqealarni ko'z o'ngimizga keltirib berolgan yozuvchi mahoratiga tahsin aytsa arziydi. 

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish