Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Углова Н.В. Употребление жаргонных слов в рекламном тексте. II.
Лингвистика реклама. Альманах теоретических и прикладных исследований
рекламы. 2016. №1. 
2. Материал из Википедии — свободной энциклопедии. ru.wikipedia.org.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
135


3. Бондалетов В.Д. Социальная лингвистика: Учеб. пособие. М.:
Просвещение, 1987. 
4. Мечковская Н.Б. Социальная лингвистика: Пособие для студентов
гуманит. вузов и учащихся лицеев. М.: АО Аспект Пресс, 1994. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
136


“NIDO” DOSTONINING FALSAFIY-PSIXOLOGIK TAHLILI 
Dusanova Shaxnoza Tuychibayevna 
Angren shahar, 7-maktab 
Ergasheva Dilfuza Abdimominovna 
Angren shahar, 42-maktab 
Аnnotatsiya
: Maktab darsligida berilgan she`riy asarlarni mazmuni, mohiyatini 
o`quvchiga yetkazish hamma vaqt ham oson kechmaydi. She`r tahlilining ma`lum bir 
qolip asosida tahlili yo`q. O`qituvchi she`riy asarlarni falsafiy-psixologik tahlil orqali 
o`quvchiga tushuntirsa natija maqsadga muvofiq bo`ladi. She`rdagi his-tuyg`uni 
so`zlar nimani so`zlayotganini anglaydi. 
Kalit so`zlar: 
falsafiy-psixologik, kechinma, tahlil, qoraxat. 
She`riyat go`zalligi hislarni junbishga keltirishi bilan azal-azaldan insonni 
hayajonlatirib keladi. She`riy asarni anglash, mohiyatini tushunish, his qilish har 
doim ham ko`zlangan maqsad darajasida kechmaydi. Maktab darsligida berilgan 
she`riy asarlar o`quvchi yoshi va o`sib kelayotgan dunyoqarashiga mos holda 
tanlanadi. Dunyoqarashning o`sishi, olamni his qilish tug`ilgandan boshlab atrof-
muhitni o`rganishdan boshlanadi. She`riy asarlar insonni ham mushohada yuritishga 
undaydi, ham zavqlantiradi.
Muallif dilidan kechgan kechimalarni so`zlar orqali qog`ozga qoralasa, o`quvchi 
uni o`qib ko`tarilgan g`oyani o`z dunyoqarashicha anglaydi, tahlil qiladi. 
Dunyoqarash keng va tor ko`rinishda mavjud. Keng fikrlash, mohiyatni anglash 
uchun insonda falsafiy fikr bo`lishi lozim. Har qanday asarni tahlil qilishda falsafiy 
yondashilmasa asar anglanmaydi.
Professor Q.Yo`ldoshev o`zining ilmiy maqolasida shunday deydi: “Odam 
tomonidan dunyoni bilishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan falsafiy asos badiiy 
tahlilni amalga oshirishda ham muhim o‘rin tutadi. Dunyo hodisalariga yondashish va 
izohlash tarzida tayaniladigan nazariy asos to‘g‘ri belgilab olinmay turib ochunni 
to‘g‘ri tushunish ham, estetik idrok etish ham va badiiy tasvirlash ham mumkin emas. 
Falsafiy asos to‘g‘ri bo‘lmasa, badiiy asarga yondashuv utunlay g‘ayriilmiy xarakter 
kasb etishi mumkin”.
1
Zero, olim ilg`ari surgan g`oya o`rinli. 
She`riy asarni falsafiy-psixologik tahlil qilish o`quvchi uchun birmuncha 
qulaylik tug`diradi. Asar falsafasi anglangach, psixologik holatini tushunish 
tasvirlangan voqeylikdan kelib chiqadi. Misol tariqasida 5-sinf darsligida berilgan 
E.Vohidovning “Nido”
2
dostoni falsafiy-psixologik tahlili uchun, avvalo, asarning 
1
Yo`ldoshev.Q. Sharq yulduzi. “Mohiyatni anglash yo`li”.-T:.2010-y. 1-son. 
2
Axmedov S va b.5-sinf adabiyot darsligi. –T:.2011-y. 146-bet 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
137


falsafiy asosi mushohada etiladi. Asarning asosiy falsafiy g`oyasi “urush va uning 
oqibati”. O`quvchilarga urush va uning oqibati haqida tushuncha beriladi. Necha-
necha zamonlar osha urush har doim ham insoniyat uchun yaxshilik olib 
kelmaganligi, uning oqibatida vayronalikning vujudga kelishi o`qituvchi tomonidan 
aytiladi. O`quvchi ko`z oldida namoyon bo`lgan holat bilan birvarakay asarni 
mutolaa qilsa, o`z-o`zidan yozuvchi tasvirlagan psixologik holati o`quvchi ruhiyatiga 
ko`chadi.
Hayqiraman, 
Tog`lar bag`ridan 
Gumbirlagan sado keladi,
Ona-Yerning otash qa`ridan 
“O`g`lim”,degan nido keladi
.
Bu misralardagi falsafiy asos “sog`inch”. Dunyodan o`tgan odam jismi yerga 
qo`yiladi. Shuning uchun ham asar qahramonining sog`inchi xayol dunyosi tasvirida 
tog`lar bag`ridan, yer qa’ridan aks-sado bergandek go`yo. Tahlilga yuklanayotgan 
psixologik holat Ona-Yer qa`ridan nidoning kelishi. Shu orqali tasvir jonlanishi 
o`quvchini asar mutolasiga boshlaydi. 
Shu o`rinda, uslubshunos olim Q.Yo`ldoshev: “Olam yaratilishining maqsadi 
bo‘lmish odam va unga xos xususiyatlarni ilg‘ash, sezgi a’zolariga bo‘y bermaydigan 
tushunchalarni ham izohlash, inson ruhiy olamining beqiyos rang-barangligidan kelib 
chiqqan holda san’at asarlariga yondashish sog‘lom ilmiy falsafaning asosiy 
tamoyillaridandir”
3
, degan fikrni ilgari surgan. 
“Nido” dostonining falsafiy-psixologik tahlili o`quvchiga asarni anglatish 
yo`lida eng samarali yo`lni ko`rsatadi. Asarda kuchli ruhiy holat tasviri jonlangan. 6 
yoshli bolaning otasini qidirishi orqali ikkinchi jahon urushi qoldirgan ayanchli 
oqibatlarning yozuvchi tomonidan izohlangan holatlarini falsafiy-psixologik tahlil 
qilish asar mohiyatini o`quvchiga yetkazishda yorqin yo`lni ochib beradi.
Misol uchun: 
Bu kun menga bermoqda azob 

 
Sizning ko`ksingizni teshgan qora o`q. 
Shu ikki misra asosida ham o`quvchilarga tahlilga tortuvchi savollar berish 
mumkin: 
Nima uchun ota ko`ksini teshgan qora o`q bolaga azob bermoqda? Qora 
o`q nima?
Olima Q.Husanboyeva shu dostonni o`rgatish haqidagi maqolasida: “Ona 
Otaning jangga kirishiga undagan sabablar: hayot, erk, kelajak, “
Butun Yer – undagi 
Bor avlod
” ekanini yaxshi tushunadi va bolasiga ham buni uqtiradi. Shu o`rinda ona 
bolasiga otasining asl sifatlarini kashf qilishda ko`mak berayotganligi, diqqat Ota joni 
evaziga erishilgan ne`matlar qadrining qanchalar qimmatliligi bolasi ruhiga singdira 
3
Yo`ldoshev.Q. Sharq yulduzi. “Mohiyatni anglash yo`li”.-T:.2010-y. 1-son. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
138


olganligiga qaratiladi”
4
, degan fikr ilgari surilgan. Shu o`rinda olima ta`kidlagan “Ota 
joni evazi…” falsafasining o`quvchiga psixologik yuklanishi otaga nisbatan hurmat, 
qadr-qimmat tuygularini uyg`otadi. Natija o`z-o`zidan samarasini ko`rsatadi. 
Asar tahlilida psixologik yuklash – yozuvchi mahorati natijasida tasvirlangan 
voqeylikning emotsiyalar va turli savollar orqali psixologik yondashuv asosida 
o`quvchiga yetkazib berish tushuniladi.
Doston o`quvchilarni urushning fojiali oqibatlariga fikrlarini qaratish orqali 
tahlil qilinsa, darsda ruhiy ta`sir kuchayadi:
Rustamning akasi urushdan qaytdi, 
Qo`ltiq tayog`i bor, 
Bir oyog`i yo`q… 
Yoki boshqa bir holat dahshati: 
Xol aka qaytganda uyga to`satdan, 
O`g`li, dadajon, deb chopib kelibdi. 
Ota quchay desa qo`li yo`q ekan, 
Tik turgan joyida yig`layveribdi… 
Yana bir tasvir Tal`atning darsga kelmay qolgani, o`qituvchining uni urishgani: 
Dadasidan kelgan ekan qoraxat, 
Hammamiz yig`ladik, 
Hatto muallim… 
Urush qoldirgan bu jarohatlar o`quvchilar ongiga singdiriladi. Falsafiy-
psixologik tahlil orqali asar jozibasi ochiladi. Anglanishi kerak bo`lgan hislar 
anglanadi. 
Qo`ltiqtayoq, qo`li yoq, qoraxat 
falsafiy asos bo`lsa, o`sha tasvirni 
jonlantiruvchi holatlar psixologik voqeylikdir. O`qituvchi o`quvchilarga turli savollar 
orqali asar mohiyatini ochib berishi mumkin. 
Xulosa qilganda, har qanday asarda falsafiy asos va insonni ta`sirlantira 
oladigan psixik holat mavjud. Falsafiy-psixologik tahlil orqali o`quvchilarga asarni 
tushuntirish maqsadli.

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish