Ikkinchi bob


Tadqiqot yuzasidan quyidagi xulosalarni bildirish mumkin



Download 292,5 Kb.
bet18/21
Sana28.04.2022
Hajmi292,5 Kb.
#587390
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
kurs ishi

Tadqiqot yuzasidan quyidagi xulosalarni bildirish mumkin:
1. Navoiy nutqining jozibadorligi, chiroyli so‘zlash uchun, avvalo so‘z takroridan qochish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘p bora ta’kidlaydi. Shuning uchun Navoiy til va nutqni ravon va xushsifat bo‘lish uchun ona tili leksikasida qo‘llangan o‘z va o‘zlashgan so‘zlardan mohirona foydalana bilish va ularni o‘rinli qo‘llay olish darkor deydi. Shuning uchun, avvalo, o‘z qatlamga oid so‘zlarning og‘zaki va yozma nutqda qadimgi turkiy, eski turkiy va faol iste’molda bo‘lgan so‘zlarni almashib qo‘llash zarurati borligini aytadi.
2. Navoiyning fikricha, turkiy tilda so‘zlashuvchi kishilar o‘zlashgan qatlamga oid arabcha-forscha so‘zlarni ham kezi kelganda o‘z qatlam so‘zlarga ekvivalent, ya’ni sinonimik qatorlar sifatida qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishligini ta’kidlaydi. Bu borada jonli so‘zlashuv nutqi tilidan ham foydalanish zarurati borligini aytadi.
3. Buyuk shoir o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid qator so‘zlar borki, ular og‘zaki nutq talaffuzida o‘ziga xos tarzda aytilsa, yozma nutqda esa shaklan farqlanganligi bilan ajralib turadi. Bir qator qadimgi so‘zlar og‘zaki va yozma nutqda o‘ziga xos zamonaviylashganligi bilan ajralib turadi. Bu esa til va nutq qonuniyatining davomiyligini ko‘rsatadi.
4. “Hayrat ul-abror” asarida ham Navoiyning boshqa asarlarida bo‘lgani kabi tildagi mavjud ifoda imkoniyatlaridan nutq vaziyati va maqsadiga erishmog‘i so‘zlovchi bu boradagi izlanishda bo‘lmog‘ligini ta’kidlaydi. Bu borada Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida boshqa ko‘plab dostonlarda singari so‘zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid fikrlari bayon etilgan. “Hayrat ul-abror” dostonida badiiy ifodalanganini ko‘ramiz.
5. Alisher Navoiy til, nutq, tildan foydalanish, nutqning kommunikativ sifati masalalariga katta e’tibor qilgan. Uning bu masalaga oid qarashlari o‘sha davrda amal qilingan nutq madaniyati va odobning negizdan iborat bo‘lib, shoirning badiiy, lisoniy, tarixiy, diniy asarlari sahifalarida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qarashlarni bir joyga jamlab o‘rganish ulug‘ shoir va olimning nutq madaniyati va odobiga oid ta’limotining mazmun va mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
6. Navoiyning fasohatli nutqni yuzaga keltiruvchi omillar haqidagi mulohazalari, asosan, nutqiy odob bilan bog‘liqdir. Bular nutqning to‘g‘riligi, rostligi, so‘zlavchining samimiy va dilkashligi, nutqning aniq va ravshanligi, nutqning tushunarliligi, nutqning chiroyliligi (go‘zalligi) nutqning foydali shonbaxshligi, nutqning odob doirasida bo‘lishi, nutqning sofligi, pokligi, e’tiborga, diqqatga loyiq bo‘lganligi va boshqalardir.
7. Alisher Navoiy nutq oldiga qo‘yiladigan talab va mezonlarni belgilashda lisoniy, badiiy etikaviy, estetik hamda diniy aqidalar nuqtai nazarlaridan yondashgan. Bunday yondashuv nutq madaniyati va odobning asosiy tamoyillarini batafsil har tomonlama belgilashga imkon beradi.
8. Shoir asarlarida uchraydigan fasohat, fasohatli so‘z, so‘z-gap, nutq so‘zlarining ma’nosi hozirgi davrda nutq madaniyati deb yuritilayotgan ifodaga to‘g‘ri keladi. Navoiyning talqin qilishicha fasohatli nutq – bu mazmundor til qoidalariga amal qilib so‘zlangan, barcha chiroyli, yoqimli nutqdir. Navoiy mana shunday nutqdan talab qilinuvchi barcha talab va mazmunlarni birma-bir ko‘rsatgan.
9. Alloma nutqni ikkiga bo‘ladi: ijobiy fazilatli foydali nutq va salbiy xususiyatlarga ega zararli nutq. Navoiy keltirgan nutq ko‘rinishlarini ikki tomonlama lisoniy manbalar va omillar nuqtai nazaridan baholaydi. Navoiy tilni insondan yaxshi fazilatlarni tarbiyalashning muhim quroli deb bilgan. Mana shu g‘oyani u o‘z shaxsiy fikr va talqinlari, badiiy obrazlari vositasida hamda ba’zi shaxslar nuqtai nazariga nutqiga baho berish orqali ifodalagan.

Download 292,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish