Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet38/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to`la ta'riflab berilgan. Bu ta'riflar savobli ishlar yo`riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta'limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug‘ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a'zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir.


Zardushtiylik dini haqida ingliz olimi Dj.Buger, frantsuz olimi A.Dyupperon juda qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Masalan, A.Dyupperon 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o`rgangan va Avestoni fransuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda shuni ham ta'kidlash joizki, olimlarimizning fikricha Avesto g‘arbiy Yevropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g‘ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Zardushtning vatani qayer?

2. Zardushtiylikning muqaddas kitobi qanday nomlanadi?

3. Zardushtiylik ta'limoti asosini nimalar tashkil etadi?

4. Zardushtiy dafn marosimlari qanday bo`lgan?

5. Hozirgi paytda zardushtiylik diniga e'tiqod qiluvchilar qayerlarda mavjud?


6. Zardushtiylarning milliy madaniy markazi qayer hisoblanadi?


Tayanch iboralar:
Zardusht, Axuramazda, Axriman, misvangatu, Eran-vej, Avesto, videvdat, yasht, yasna, vispered, Xo`rdak Avesto
Adabiyotlar:
1. I. A.Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” T.: 2008 y.
2. I. A.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» T.: 1999 y.
3. «Avesto» kitobi – tarixiy va ma'naviyatimizning ilk yozma manbai mavzuidagi ilmiy – 4, Amaliy seminar materiallari. T.: 2000
5. T.Mahmudov «Avesto» haqida T.: 2000.
6. M.M. Ishoqov «Xalq dahosining qadimgi ildizlari va ilk kurtaklari». «Til va adabiyot ta'limi» jurnali.
7. M.M. Ishoqov Avesto Yasht kitobi. T. «Sharq» nashriyoti 2001 y.
8. H.Yo`ldoshxo`jayev, D.Rahimjonov, M.Komilov Dinshunoslik (Ma'ruzalar matni) T.: 2000.
8- Mavzu: Iudaizm - monoteistik din sifatida
REJA:

  1. Qabila va milliy dinlar (Yahudiylik, Hinduilik, konfuitsichilik, daosizm).

  2. Din ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligi

Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalkdar e’tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so’nggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo’lib, odatda, politeistik, ya’ni ko’p xudolik dinlari bo’lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko’p xudolikning o’zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengaz xudosi, ikkinchi ukasi- yer osti podsholiganing xudosi hisoblanar edi. SHuningdek, muhabbat va go’zallik ma’budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san’at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo’lgan. Xuddi shunga o’xshash kadimgi yahudiylar dinning xudosi - Yaxve ham ko’p xudolilikning yaqkol namunasidir.


Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o’ziga xos yana bir xususiyati oxirat to’g’risvdagi tasavvurning paydo bo’lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to’la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik kilish keng rasm bo’lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo’lida meva-cheva, noz-ne’matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so’ngti davrlariga kelib odamlar o’rniga hayvonlar kurbon qilina boshlangan. SHu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ’ib kilinardi.
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. CHunki ular urug’-qabila dinlaridan farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so’ngra, millatning shakllanishini o’zlarida aks ettirgan.
Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan muayyan elat yeki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimga dinlar milliy davlat xarakterida bo’lishi bnlan boshqa din shakllaridan ajralib turagan.
Eng so’nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik).
Iudaizm - eng qadimgi dinlardan bo’lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o’zining asosiy aqidalarini bevosita o’sha davrda mavjud bo’lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo’lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy boglikdir.
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik bilan shug’ullangan ko’chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida aiimizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o’simlik hamda hayvonlarga sig’inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari o’zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning "muqaddas'' kitoblar to’plamida hayvonlarni va o’simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni e’zozlash izlari bor.
Ruhoniylar iudaizmning obro’sini ko’tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz xalk.", unga dinni xudoning o’zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman shunday. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo’lgan ulkan ijtimoiy o’zgarishlar iudaizm ta’limotiga hech qanday ta’sir ko’rsatmadi, u yagoia milliy dinligacha qoldi, shuning uchun uning ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham yo’q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshka dinlar kabi, shakl va mazmunini bir necha bor o’zgartirgan.
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o’tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o’tguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalarn ko’p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug’, hatto shaharning o’z xudosi bo’lgan; moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog’langan. "Sening shaharlaring qancha bo’lsa, xudolarning shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar xisoblanmish Iso (Iisus), Navin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak) Yoqub (Iakov), Yusuf (Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg’ambar deb tan olingan.
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o’rtasida sinfiy tabaqalanish ro’y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida shakllangan.
Ammo tarixiy fenomen sifatida iudaizmning rivojlanishi qabilalar o’rtasidagi munosabatlar taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq edi. CHunki qabilaviy xudolar evolyutsiyasi natijasida yagona xudo yuzaga kela boshlagan edi. Bu jarayon o’sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asoslanishi muqarrar edi. Rivojlanishning muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa kabila xudolaridan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro’si ko’tarila boshlagan. Bularning orasida Iuda kabilasi kuchli hisoblanib, obro’si juda oshib ketgan, uning xudosi Yaxve esa barcha xudolardan yukori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar politeizmda Yaxve tog’-tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. quldorlik davlatining barpo etilishi va rivojlanishi yahudiy qabilalarini yaqinlashish va birlashishga olib kelgan. Yahudiy davlati vujudga kelishi bilan yahudiy qabilalari o’zlarini yerda hukmdor deyish bilan cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon hukmdori sifatida ham tasvirlay boshlaganlar.
SHu tariqa Yaxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berilgan. Ilgarigi qabila xudolaridan biri bo’lgan Yaxve yakka deb e’tirof etilgan. quddus (Ierusalim) shahrida markaziy ibodatxona qurilgan va yahudiy milliy-davlat dini vujudga kelgan. Yahudiylik monoteizm sinfiy munosabatlar bilan bevosita bog’liq ravishda yuzaga kelganligi uchun jamiyat hayotidagi tengsizlikni oqlagan.
Iudaizm milliy-davlat dini sifatida podsho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini mustaqkamlagan; ular esa podshoning g’oyaviy himoyachisiga aylanganlar. Yahudiy ruhoniylari, kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qarashlarni hamda urf-odat, marosimlarni hukmron sinf manfaatlarini ko’zlab, yangi monoteistik din talablariga moslab qayta ishlash orqali iudaizmning asosiy aqidaviy ta’limotlarini o’zida aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar.
SHunday qilib, iudaizmning rivojlanishi va bu din ta’limotining vujudga kelishi uzoq davrlarni o’z ichiga olgan. SHulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. Bibliya tekstlari bir necha yuz yillar davomida yuzaga kelgan. U ikki qismdan - Qadimiy axdnoma (Vetxiy zavet) va Yangi axdnoma (Novьsh zavet) dan iborat. Iudaizm ruhoniylari Yangi axdnoma tannax deb ataydilar. Iudaizm tarafdorlarining fikricha, tannaxni xudo - Yaxve "mukaddas yozuvlar" sifatida yahudiylarga yuborgan. Aslida esa Yangi axdning mualliflari uni yozishda qadimgi SHarq xalqlarining turli diniy e’tiqod va tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va afsonalar, mif va diniy-falsafiy qarashlar, muhabbat kissalari va boshqa shunga o’xshash manbalardan foydalanganlar.
Quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va yunonlar tomonidan bir necha bor bosib olinishn tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga majbur bo’ldilar. Eramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi Kuddus sharif ibodatxonasini buzib tashladilar. O’z ibodatxonasidan mahrum bo’ltan yahudiylar turli joylarda mahalliy yig’ilishlar - sinagoglar7 tashkil etdilar.
Yahudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. Yahudiy dinida muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida shakllangan 5 ta kitobdan iborat. Tavrotni sharxlash natijasida avvalo Mishna, so’ng Gemara paydo bo’lgan. Ularni qo’shishdan vujudga kelgan risolalar to’plami Talmud deb atalgan. U yaxudiy jamoalarida diniy urf-odat, marosim me’yorlari, ijozatlar, taqiqlar, fukarolik munosabatlari, oilaviy hayot va boshqalarga oid ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan.
Yahudiy dinidaga asosiy aqida yakka xudo - Yaxvega e’tiqod qilishdir. Diniy akidalardan birida zamona oxir bo’lgach, Yaxve o’z elchisi Mahdiy (Messiya) ni yuborib, "mumtoz xalq" ni dunyoga hukmron qilarmish. Iudaizmda maxdiylik g’oyalariga keng o’rin berilgan. Muso xudoning amrini yerga yetkazib turuvchi payg’ambar tariqasidagina emas, balki insonlarni yovuzlikdan, gunoxdan saqlash maqsadida xudo yerga yuborgan vakil sifatida ham tasvirlangan.
Iudaizmda murakkab urf-odat va marosimlar bo’lib, uni ta’limotining muhim akidalaridan biri kishilarni azob-uqubatlardan qutqarish bilan yurtda adolat o’rnatib, olamni yangilovchi Maxdiyning kelishini kutishdir. Iudaizm ta’limoti inson hayotini 600 turdan zied toat-ibodat, urf-odat bilan bog’laydi.
Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo’naliishari paydo bo’lgan. Iudaizmda XX asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan islohotchilar dinni zamonaviylashtirishga intilnishari sodir bo’lmoqda. Turli tangliklar iudaizmni o’z sistemasiga ba’zi tuzatishlar kiritishga majbur etmoqda.
Iudanizmning asosiy aqidalari orasidagi eng muhimlari -monoteizm - yagona xudo bo’lmish Yaxvega e’tiqod; xaloskorlik - xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor Mahdiga ishonch; bu xalaskor dunyoni qayta qurar va butun yahudiylarni falastindan Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofiga to’plashi va ularning dushmanlarini jazolashi, narigi dunyoga ishonch, oxiratda har kimning o’z qilmishiga yarasha ajrini topishi, jannat va do’zaxlarning mavjudligiga, dunyoning oxiri borligiga, muqaddas kitoblarning benuqsonligi kabilarga ishonishdir.
Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliya8ning birinchi besh kitobi bo’lmish Tavrot (aynan tarjimasi qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga yetkazish uchun Muso payg’ambarga xudo Yaxvening shaxsan o’zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning boshqa qismlari esa (Kadimgi axdga taalluqlisi) xudoning bevosita pand-iasihatlari ta’siri natijasida yahudiylarning boshqa turli payg’ambarlariga yuborilgan deb tushuniladi. SHunday qilib Biblnyani shakllanishi uzoq davrni o’z ichiga oladi.
Odatda iudaizm shartli ravishda ikki davrga bo’linadi. Birinchisi, qadimiy (quldorlik davri bo’lib, u milodning II asrigacha bo’lgan bu davrda Bibyaiyaning qadimiy axd qismi yuzaga kelgan. Ikkinchisi, XIX asrgacha davom etgan O’rta asr feodal, ravvin, talmud., an’anaviy davrlarga bo’linadi. SHu davrlarda diasporalarda (yun. tarqok, falastindan tashqaridagi yahudiy maskanlarining nomi) Tavrotni talqin etish natijasida iudaizmning yangi bir mukaddas kitobi Talmud (kadimgi yahudiy tilida o’rganish) shakllangan. Unda iudaizmning aqida va marosimlari batafsil yoritilgan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarvda iudaizmda yangi bosqich- isloh qilingan iudaizm vujudga kelgan. Bu davrlarda yangi burjua sharoitiga moslashish maqsadida aqidalarni yangilash va Talmudda belgilangan bir qator yo’l-yo’rikdardan, ibodatlardan voz kechishlar ro’y bergan.
Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal (sof) fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida mavqega ega bo’lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muxofazakor yo’nalishdagi iudaizm, uning mafkurachilari iudaizm va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. Utgan asrning 20-30-Yillarida g’arbda rekonstruktsionizm deb nom olgan, go’eki shaxsiy milliy mansubligani belgilaydigan iudaizm "yahudiylar revolyutsiyasidir" deb e’lon qilgan yangi yo’nalishlar ham kiradi.
Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko’rinishlar tartibiga muvofiq to’rt xil; yevropalik, buxoro, gruzin, tog’li yoki tat yahudiylariga bo’linadi.
Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari nomini olgan, chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo’lsalar kerak. Bunga ularning kadimgi Fors lahjalarining tojik shevasidan biri bo’lmish tili, shuniigdek ayrim eroniy odatlari va hozirgi kungacha saqlanib qolgan elatlarning madannyatining birgina obidasi - yahudiylarning lug’ati 1327 yil Urganchda yozib tugatilgani bundan dalolat beradi. Buxoro yahudiylari o’zlarining etnik xislatlarini hammadan ko’proq anik saklab qolgan yahudiylardir. Bularga Bibliya iudaizmining asoslari oilaviy-maishiy tartibdagi patriarxal odatlar bo’lmish "xalitso"-"to’rt tirsak", "ketuba", "kadish" o’n kishidan kam bo’lmagan dindoshlar ishtirokida vafot etgan ota-onaga bag’ishlangan xotira ibodatlari kiradi. Ehtimol, ko’p asrlar mobaynida ular yo’qotgan asosiy narsa, faqatgina diniy ibodatlarda saqlanib qolgan va juda oz, tor darajadagi kishilar -ravvinlargina biladigan, qadimgi yahudiy tili bo’lsa kerak. Tat yahudiylari yoki ular, ilgari aytilganvdek, Dog’iston, SHimoliy Kavkazda yashovchi "tog’lik yahudiylar" Eron lahjalari shevasidan biri bo’lgan tat tilida so’zlashganliklari uchun ham eroniy tilida so’zlashuvchi xalq hisoblanadi. CHamasi, ular U-U1 asrlarda Darbantga Erondan ko’chib kelgan bo’lib, avval zardushtiylikni, keyin esa (VIII asrlardan boshlab) ikki asrlik Hazar kogonlarining hukmronlik davrida iudaizm ta’siriga o’tganlar. Iudaizmda markaziy diniy tashkilot yo’q, Moskvadagi xoral sinagogi va shibatda (o’quv yurti) ruhoniy xodimlar; ravvinlar, kantorlar va boshqalar tayyorlanadi.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish