Ijtimoiy siyosat


 Oila siyosati ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

5.4. Oila siyosati ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida 
Ijtimoiy siyosat dasturlari tizimida oila siyosatini amalga oshirish 
umumjamiyat farovonligi davlatini qurishning omillaridan biri 
hisoblanadi. Bu esa mehnatga to‗langan haq darajasi va amalga 
oshirilgan bepul parvarishni (yosh bolalar, qariyalarga nisbatan) 
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila siyosati oilani boshqarish, 
uning daromadlarini yo‗naltirish (yaqin kishilarga nisbatan turli transfert 
to‗lovlarini amalga oshirish) va oila a‘zolariga nisbatan ko‗rsatilgan 
xizmatlar darajasi bilan belgilanadi.
66
Umumjamiyat farovonligi davlati shakllanishining ilk bosqichlarida 
amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat dasturlari tizimida oila ijtimoiy 
birlikni tashkil etuvchi institut hisoblanadi. Ushbu vaziyatda oila a‘zolari 
tarkibiga kiruvchi erkaklar ishchi kuchi, ya‘ni mehnatda band bo‗lib, oila 
daromadlarini shakllantirishi zarur bo‗lsa, ayollar esa o‗z navbatida yosh 
avlod va qariyalarni parvarishini ta‘minlashi umumjamiyat farovonligini 
ta‘minlashga keng yo‗l ochib bergan. Bunda oila kishilik jamiyatini 
qo‗llab-quvvatlash va yosh avlodni tarbiyalash vazifalarini bajargan. 
Jamiyat hayotida oila daromadlarini shakllantirishda o‗z hissasini 
qo‗shayotgan kishilar va oila a‘zolari soni o‗rtasidagi nisbatlarning 
turlicha bo‗lganligi sababli aholi daromadlari o‗rtasida tengsizlik 
vujudga keladi. Bu holat mamlakatda iqtisodiy tengsizlikning vujudga 
kelishiga sabab bo‗ldi. Natijada oila siyosatida o‗zgarishlar vujudga kela 
boshladi va ayollar oila daromadlarini shakllanishiga o‗z hissalarini 
qo‗sha boshlaydilar. 
Oila siyosatidagi o‗zgarishlar jamiyatda kishilarning o‗z 
ehtiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini rivojlantirish orqali daromadlari 
darajasini kengaytirishga bo‗lgan intilishning kuchayishi natijasida 
vujudga kelgan. Natijada jamiyat a‘zolarining oilaviy munosabatlarga 
nisbatan qarashlari o‗zgarib bordi. 
66
Social policy. P. 166-167 


129 
Ijtimoiy siyosat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan oilaviy 
siyosat chora-tadbirlari quyidagi yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi:
67
- oilaviy munosabatlarining huquqiy-institutsional asosini yaratish 
(nikoh tuzish, ajrim, bola manfaatlarini himoyalash, ota-ona huquqlari va 
boshqalar); 
- oila daromadlari darajasini oshirishga yo‗naltirilgan siyosat (soliq 
imtiyozlarini joriy etilishi, ijtimoiy muhtoj oilalarga belgilanadigan, bola 
parvarishi uchun beriladigan nafaqalar, aliment to‗lovlari va boshqalar); 
- oilalarga nisbatan ko‗rsatiladigan xizmatlar (uy-joy, kommunal 
xizmatlar, ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy yordam va boshqalar). 
Jamiyatning rivojlanishi va oilaning ijtimoiy siyosatdagi ahamiyati 
ortib borishi natijasida 1997–2010-yillar oralig‗ida oila siyosatida bir 
qator o‗zgarishlar amalga oshirildi. 2010-yilda ingliz olimi Deli 
tomonidan oila siyosatining quyidagi yo‗nalishlari ajratilib ko‗rsatildi: 
- bola parvarishi va boshlang‗ich ta‘lim (yosh bolalarga ta‘lim-
tarbiya berish tizimini shakllantirish, dastlab oilada va keyingi davrlarda 
ta‘lim maskanlari orqali); 
- ko‗p bolali oilalarni moliyaviy jihatdan qo‗llab-quvvatlash (ularga 
nisbatan soliq imtiyozlarini joriy etilishi va ijtimoiy nafaqalarni 
belgilanishi) 
- yosh bolali oilalarga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish (yosh bolalarni turli 
yuqumli kasalliklarga qarshi emlash va yosh bolali oilalarga bola 
parvarishi nafaqasini tayinlanishi); 
- bandlikka ko‗maklashish (ishga muhtoj bo‗lgan yolg‗iz ota yoki 
onaning bandligini ta‘minlash va unga nisbatan ijtimoiy yordam 
ko‗rsatish); 
- ota-onalarning farzandlari uchun javobgarlikni o‗z zimmalariga 
olishi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish