127
- olamning diniy manzarasini yaratish (Alloh tomonidan dunyoning
yaratilishi va uning payg‗ambaralariga ishontirish), tabiatni,
jamiyatni,
insonni tushuntirish;
- tashkillashtirish (yagona e‘tiqodga ega diniy guruhlar xatti
harakatini tartibga solish);
- uyg‗unlashtirish (diniy birodarlikni mustahkamlash va qo‗llab-
quvvatlash);
- saralash (turli diniy e‘tiqodga amal qiluvchilarning bir-birlaridan
farqlari va ayrimlarining tan olinishi, ularni qiyoslash);
- tartibga solish (diniy
ahkomlar, qoidalar, me‘yorlar va qadriyatlar
asosida ongni boshqarish, bular garchi diniy tusda bo‗lsa-da, lekin inson
hayotini boshqa sohalariga ham taalluqli bo‗ladi: oila, nikoh, turmush va
boshqalar);
- boshqarish va nazorat qilish (fatvo, xabarnoma, rag‗batlantirish,
jazolash kabi diniy vositalar
yordamida dindoshlar hayotiga, bu va u
dunyodagi hayot masalalariga rahbarlik qilish va yo‗naltirish);
- ko‗niktirish (dindor shaxs yoki guruhlarni o‗zgaruvchan muhitga
moslashtirish);
- aksiologik vazifa (diniy-axloqiy
va estetik qadriyatlarni,
me‘yorlarni shakllantirish, natijada diniy guruhlarning yaxlitligiga
erishiladi);
- taqvodorlashtirish (shaxs yoki guruhning diniy shaxs, guruh bo‗lib
yetishish
jarayoni, ularni diniy qadriyatlar, me‘yorlar, ko‗rsatmalar,
axloqiy namuna (norma)lar va muayyan dinga xos bo‗lgan xislat va
xususiyatlarga o‗rgatish, ularni o‗zlashtirish);
- tarbiyalash (dindor kishilarning yangi
avlodlariga ajdodlar diniy
tajribasini berish, yetkazish);
- sabrga o‗rgatish (turmush qiyinchiliklari va mashaqqatlari
oxiratdagiga nisbatan arzimas ekanligi va oxirat dunyosiga maqbul va
istalganligiga ishontirish);
- tasavvuriy taskin berish (insonning ijtimoiy ojizligi, chorasizligi);
- bashoratlash (insoniyat va ayrim kishilarning kelajak, bu dunyo va
u dunyo haqidagi diniy tasavvurlari);
Dinning ijtimoiy siyosat dasturlari tizimini amal qilishidagi o‗rni
quyidagilarda o‗z aksini topadi:
- diniy qarashlarning asosini
kishilara yaxshilik qilish, jamiyat
a‘zolari o‗rtasida xayriya ishlarini amalga oshirilishi kabi ezgu amallar
tashkil etishi;
128
- kishilarni qayta tirilishga ishontirish (bunda
ezgu amallarni
bajarilishi insonni qayta tirilgan davrida u egalik qilishi mumkin bo‗lgan
hayot tarzining yaxshilanishi;
- ijtimoiy dasturlar tizimida dinning qo‗llanilishi ―ezgu amallarga
asoslangan jamiyat‖ni shakllanishiga sabab bo‗ladi.
Masjidlar diniy vazifalar bilan birgalikda ijtimoiy, huquqiy,
mafkuraviy, milliy va boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: