272
tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu ko‗rsatkichni hisoblash uchun har yili
Yevropa Komissiyasi va Yevrostat hamkorligida mintaqa bo‗ylab
kambag‗allik riski, mehnat samaradorligi past bo‗lgan,
kam daromadli,
ijtimoiy muammolar mavjud bo‗lgan uy xo‗jaliklarining bandligi, ta‘lim,
tibbiy, uy-joy kommunal xizmatlardan foydalanish darajasi, moddiy
holatini o‗rganish bo‗yicha ―EU-SILC‖ tadqiqoti amalga oshiriladi.
EU-SILC tadqiqoti natijalari umumlashtirilgan holda AROPE
integral ko‗rsatkichini ifodalaydi. Ushbu ko‗rsatkich
quyidagi uch
komponentdan tashkil topadi:
nisbiy komponent: daromad yetishmasligi, kambag‗allik riski;
absolyut komponent: moddiy muhtojlik;
mehnat bozoridagi ishtirokining cheklanganligi bo‗yicha: mehnat
intensivligining keskin pastligi.
Nisbiy komponent bu mintaqada belgilangan o‗rtacha oylik ish
haqining 60 foizidan kam daromadga ega bo‗lgan fuqarolarga tegishlidir.
Ushbu aholi qatlami kambag‗allik riski holatidagi kishilar hisoblanadi.
Ya‘ni, turmush farovonligi ko‗rsatkichi muntazam ortishi bilan bir
qatorda iste‘mol tovarlari va xizmatlarining narxlarini o‗sib borish
tendensiyasiga ega ekanligi keyinchalik ularni
ijtimoiy jihatdan muhtoj
aholi qatlamlari qatoriga qo‗shilib qolishi xavfini tug‗diradi.
2016-yilda amalga oshirilgan EU-SILC tadqiqoti natijalariga ko‗ra,
mintaqada kambag‗allik riski holatida bo‗lgan aholi soni YI aholisining
qariyb 18 foizni tashkil etdi. Tadqiqot natijalariga tayangan holda
Yevropa komissiyasi ekspertlari tomonidan berilgan ilmiy prognozlarga
ko‗ra, 2021 yilga borib Norvegiya (10,2 foizdan 18,1 foizga)
Lyuksemburg (13,8 foizdan 20,0 foizga), Islandiya (8,9 foizdan 12,9
foizga), Avstriya (12,4 foizdan 15 foiga), Niderlandiya (11,1 foizdan
14,2 foizga), Shvetsariya (15,0 foizdan 17,4 foizga)
mamlakatlarida
kambag‗allik riski holatida yashovchi aholining soni demografik
muammolar hisobiga ortishi mumkin bo‗ladi
218
.
2018-yilda Yevrostat tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar
natijalariga ko‗ra, YI (28) mamlakatlarida o‗rta hisobda aholini ijtimoiy
himoya qilishga yo‗naltirilayotgan xarajatlarni YaIMdagi ulushi 27,6
foizni tashkil etib, jumladan, Fransiya (32,2 foiz), Finlandiya (31,9) va
Daniya (31,8) mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilishga
218
Евростат
маълумотлари
асосида.
https://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php?title=
Social_protection_statistics_-_social_benefits#Publications
273
yo‗naltirilayotgan davlat byudjeti xarajatlarining YaIMdagi ulushi 30
foizdan yuqori bo‗lib, mintaqa bo‗yicha yetakchilik qilmoqdalar
219
.
Bola nafaqasi (ijtimoiy muhtojlik
bo‘yicha
Ijtimoiy
nafaqa
(ijtimoiy
muhtojlik bo‘yicha)
Bola nafaqasi (universal, barcha
uchun)
Ijtimoiy
nafaqa
(universal,
barcha uchun)
Do'stlaringiz bilan baham: