Bosh sahifa
»
Yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya
» Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi
Deklaratsiya – jismoniy shaxsning yil davomida olgan daromadlari va ushlangan
soliq miqdori
haqidagi hujjat bo‘lib,
yashash joyidagi
soliq inspektsiyasiga
taqdim etiladi.
Asosiy ish joyidan tashqari boshqa daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar
1 apreldan kechikmay doimiy turar joyidagi soliq
inspektsiyasiga deklaratsiya taqdim etishi shart. Deklaratsiyada quyidagilar ko‘rsatiladi:
mulkiy daromadlar
, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualli ik haqi tariqasida olingan
daromadlar
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
soliq agentlari
bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
jismoniy shaxslar
tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq
to‘lash tartibi tanlanganda;
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
Deklaratsiya o‘tgan yil (soliq davri) uchun taqdim etiladi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida
ma’lumotnoma ilova qilinadi.
Deklaratsiya soliq inspektsiyasiga shaxsan tashrif buyurish yoki pochta orqali buyurtma xatda yuborish yoxud soliq
to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi elektron deklaratsiyani topshirish uchun quyidagi harakatlar amalga
oshirilishi kerak:
Birinchidan, elektron raqamli imzo olish kerak (
ERI
) (agar mavjud bo‘lmasa). Buning uchun jismoniy shaxs davlat
xizmatlari markazlariga tashrif buyurishi va arizani to‘ldirishi lozim. ERI bepul beriladi. Shundan so‘ng davlat
xizmatlari markazi xodimi ERIni ma’lumot tashuvchiga ( eshkaga) yuklab beradi;
Ikkinchidan, soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portaliga
my.soliq.uz
kirib, “Elektron soliq
deklaratsiyalarini qabul qilish va qayta ishlash” interaktiv xizmatini tanlash;
Uchinchidan, zarur ma’lumotlarni kiritish. Ma’lumotlar bosqichma-bosqich kiritib boriladi.
Jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra
hisoblab chiqarilgan soliqni
o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydilar.
Ҳуқуқий ёрдам керакми?
Soliq to‘lovchilar hisoblangan soliqni to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan yoki
elektron to‘lov tizimi (
UPay
va
PayMe
) orqali amalga oshirishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi
mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan soliq
to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.
Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga
oshirilishi kerak.
Normativ hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
Шаблон ва шакллар намуналари
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya blankasi
Ҳуқуқий ёрдам керакми?