Ijtimoiy siyosat


 Shimoliy Amerika liberal ijtimoiy siyosatining mazmuni va



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

9.3. Shimoliy Amerika liberal ijtimoiy siyosatining mazmuni va 
amalga oshirish yo„nalishlari 
Bozor munosabatlarining Liberal modeli quyidagi tamoyillarni o‗z 
ichiga oladi: bozor mexanizmlarining ustunligi, iqtisodiy o‗sishning 
muhimligi, ish joyining ahamiyati kabilar. Liberal modelning muhim 
afzalligi raqobatbardoshlikka jiddiy ta‘sir ko‗rsatishdir. Esping-
Andersenning ta‘kidlashicha, jamiyatdagi iqtisodiy faoliyat ijtimoiy 
siyosat va iqtisodiy o‗sish o‗rtasida muhim omil bo‗la olishini tasdiqladi. 
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish iqtisodiy o‗sishning ta‘minlashda 
alohida o‗rin tutadi. 
AQSh ijtimoiy ta‘minot tizimi bir muncha murakkab tuzilgan bo‗lib, 
turli ijtimoiy nafaqa, to‗lov va dotatsiyalarni o‗z ichiga oladi. Uzoq yillar 
mobaynida AQShda davlat va xususiy sektor tomonidan ko‗rsatiladigan 
ijtimoiy 
ta‘minot 
xizmatlari 
shakllangan. 
Davlat 
tomonidan 
ko‗rsatiladigan xizmatlarda faqatgina minimal ijtimoiy kafolatlar 
ta‘minlansa, xususiy sektor aholi turmush farovonligini oshirishga 
ixtisoslashgan ijtimoiy ta‘minot xizmatlarini ko‗rsatadi. Xususiy sektor 
tomonidan to‗lanadigan pensiya, ijtimoiy nafaqa va sug‗urta to‗lovlari 
davlat tomonidan to‗lanadigan ushbu to‗lovlardan birmuncha ko‗proq 
hisoblanadi. AQSh amaliyotida davlat tomonidan ko‗rsatiladigan 
ijtimoiy ta‘minot xizmatlari quyidagilarga ajratiladi. 

davlat ijtimoiy sug‗urta dasturi – qarilik pensiyasi, ishsizlik 
nafaqasi, keksalarga tibbiy xizmat ko‗rsatish va boshqa turdagi minimal 
ijtimoiy nafaqalarni o‗z ichiga oladi; 

ijtimoiy yordam – bunda ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi 
qatlamlariga ularning yoshidan qat‘iy nazar ijtimoiy nafaqalar bilan 
ta‘minlash amaliyoti tushuniladi. 
228
Доренко К.С. Социальная политика США, стран ЕС и России на современном этапе: приоритеты, 
принципы, правовое обеспечение\К. С. Доренко \\ Право и управление. XXI век.-2012. с. 58. 


280 
Amerika Qo‗shma Shtatlari erkin bozor jamiyatining arxitipik 
ko‗rinishidir. Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishda xarajatlar miqdori va 
kambag‗allik darajasi nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda yondashiladi. 
1930 yillarda ijtimoiy siyosatning amalga oshirish shakllari ishlab 
chiqildi, pensiya ta‘minoti, nogironlik nafaqalari, ishsizlik bo‗yicha 
nafaqalar tayinlandi. Shu bilan birgalikda, AQShda sog‗liqni saqlash 
tizimini isloh etishning kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan 
edi.
229
Aholini ijtimoiy himoya qilishda AQSh amaliyoti bozor iqtisodiyoti 
mexanizmlariga moslashgan liberal ijtimoiy siyosat dasturlaridan 
hisoblanadi. AQShda ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari quyidagilardan 
iborat bo‗ladi: 

pensiya ta‘minoti, jumladan, xususiy pensiya ta‘minoti tizimi; 

AQShda o‗rnatilgan kambag‗allik chegarasidan kam daromadga 
ega bo‗lgan aholi guruhlarini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash; 

aholining ta‘lim, sog‗liqni saqlash va axborot xizmatlaridan 
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; 

mamlakatdagi aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj guruhlari, 
jumladan, urush qatnashchilari, harbiy xizmatchilar, bolali oilalar, 
ijtimoiy muhtoj bo‗lgan pensionerlarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash 
dasturlari. 
AQShda amalga oshirilayotgan aktiv ijtimoiy siyosat chora-
tadbirlari mehnat bozorida yuqori darajadagi malakali ishchi kuchini 
shakllantirish uchun zamin yaratdi. 
AQShda 1960-yillarda keksalar uchun davlat tibbiy yordami 
(Medicare) va kambag‗al aholi uchun (Medicaid) davlat tibbiy yordami 
chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. 2010-yilda AQSh Prezidenti 
Barak Obama tomonidan AQSh Kongressida tibbiy sug‗urta bo‗yicha 
isloxotlar qabul qilindi.
230
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada Irlandiya, Birlashgan Qirollik 
mamlakatlarining bir-biriga o‗xshash bo‗lgan ―anglo-sakson‖ modelida 
AQShdan farqli o‗laroq sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlarga oid bir 
qator kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSh ijtimoiy siyosati, aholini 
ijtimoiy himoyalash tizimiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Oxirgi o‗n yilliklarda
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirishda davlatning mavqei, 
229
―Social Policy‖. P. 435. 
230
―Social Policy‖. P. 436. 


281 
o‗rni borgan sari ortib bormoqda. Shu o‗rinda ommaviy ta‘limni 
rivojlantirish, uning aholini turmush darajasi va iqtisodiy o‗sishga 
ta‘sirini oshirish, ITT rivojlanishida salmoqli o‗rin egallash, davlatning 
pensiya ta‘minoti va tibbiy sug‗urta ijtimoiy dasturlarida ijtimoiy 
vazifalarini belgilash kabi strategik maqsadlar qo‗yilgan edi.
231
Jahon 
moliyaviy iqtisodiy inqirozi bank tizimining barcha bo‗g‗inlariga ta‘sir 
etib, 
soliq 
tushumilari 
hisobiga 
amalga 
oshiriladigan 
davlat 
xarajatlarining pasayishiga va ijtimoiy ta‘minot xarajatlarining ortishiga 
olib keldi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida hukumat
ijtimoiy siyosat xarajatlarining qisqartirilishining yo‗llarini izlab,
bandlikni oshirish orqali ijtimoiy xarajatlarni qisqartirishga harakat 
qildilar.
AQShda aholini ijtimoiy himoya qilish va jamiyatning ijtimoiy 
rivojlanishi borasidagi tadqiqotlar ish haqi darajasi bilan bog‗langan. 
AQShda minimal ish haqi soatiga 5-8 AQSh dollarini tashkil etadi. 
Ushbu miqdordagi ish haqi past darajadagi malakaga ega yollanma 
ishchilar uchun belgilanib, yuk tashuvchilar, sotuvchilar, idish-tovoq 
yuvuvchilar, tozalovchi kabilar shular jumlasidandir. 2011-yilda 
AQShda o‗rtacha ish haqi soatiga 25 AQSh dollarini tashkil etgan bo‗lsa, 
2015-yilga kelib mamlakatdagi o‗rtacha oylik ish haqi 3 906 AQSh 
dollariga teng bo‗ldi. 
AQSh iqtisodchi olimlari tomonidan amalga oshiriladigan 
jamiyatning ijtimoiy rivojlanishini baholashga qaratilgan ayrim 
tadqiqotlarda mamlakatdagi soliqqa tortish tizimi ko‗rsatkichlari tahlil 
qilindi. AQSh aholisining 90 foiz qismi daromadlarining 25 foizi soliqqa 
tortilsa, qolgan 10 foiz aholi daromadlarining soliqqa tortiladigan qismi 
ayrim holatlarda 50 foizgacha yetishi mumkin. 
2000-yilda AQSh demokratlar partiyasi ijtimoiy ta‘minot tizimini 
qo‗llab-quvvatlash maqsadida islohotlar dasturi ishlab chiqdilar. Ushbu 
davturda to‗rt muhim makroiqtisodiy muammoni hal etishga e‘tibor 
qaratildi: 

2012 yilga kelib federal hukumat qarzini tugatish; 

Ijtimoiy ta‘minot tizimini takomillashtirish, ―Mediker‖ dasturini 
himoya qilish, jumladan davlat qarzlarini davlat byudjeti ijrosini profitsit 
ko‗rinishida ta‘minlash orqali qoplash va ijtimoiy ta‘minot tizimini 
saqlab qolish; 
231
Супян В. Роль государства в реализации приоритетов социально-экономического развития США./ 
/http:www.r-reforms.ru/indexpub26.htm. 


282 

Sog‗liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ta‘lim tizimi kabi 
yetakchi ijtimoiy sohalarga mablag‗larni investitsiya qilishni 
ko‗paytirish; 

O‗rta 
mulkdorlar 
daromadlariga 
solinadigan 
soliqlarni 
500 mlrd.doll.ga pasaytirish.
232
Ijtimoiy sohaga yo‗naltirilgan federal byudjet xarajatlarining o‗rni 
o‗zgardi. AQSh federal byudjeti ijtimoiy yo‗naltirilgan byudjetga aylanib 
bormoqda. Rasmiy AQSh byudjet statistikasi ikki xil yo‗nalishda 
ijtimoiy maqsadlar uchun xarajatlar moliyalashtirilmoqda, jumladan 
―inson resurslariga yo‗naltirilgan xarajatlar‖ va ―jismoniy shaxslarga 
transfert to‗lovlari‖ besh yo‗nalish bo‗yicha amalga oshiriladi: 
1)
Ta‘lim, ishchi kuchini mexnatga tayyorlash va bandlik; 
2)
Sog‗liqni saqlash; 
3)
Daromadlar bo‗yicha kafolatlar; 
4)
Ijtimoiy ta‘minot; 
5)
Veteranlarga to‗lovlar va xizmatlar.
233
Ijtimoiy sohadagi islohotlarning ustuvor yo‗nalishlaridan biri Oliy 
ta‘lim tizimni rivojlantirish hisoblanadi. Oliy ta‘lim tizimini 
rivojlantirish iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash va mehnat unumdorligini 
oshirishga qaratilgan omillardan biri hisoblanadi.
Sog‗liqni saqlash tizimi xizmatlarini kengaytirish maqsadida 
maqsadli davlat dasturlari qabul qilindi. 55-61 yoshdagi kishilar 
o‗rtasidagi ish joyini yo‗qotgan aholi, yosh bolalar va 62-65 yoshlardagi 
aholi guruhlarini qamrab olgan. Ularni tibbiy sug‗urtalashga qaratilgan 
yanada takomilashtirilgan dasturlar qabul qilindi. 
AQShda ijtimoiy siyosatning huquqiy asoslari ijtimoiy davlatning 
talablariga to‗liq javob bera oladi. AQShda ta‘lim tizimini ijtimoiy 
siyosatning ustuvor yo‗nalishi sifatida isloh etish, uni iqtisodiy va 
demografik muammolarga nisbatan takomillashtirish zamon talabidir.
AQSh amaliyotida kambag‗allikni aniqlashning oila tarkibi va uning 
a‘zolari sonidan kelib chiqqan holda 48 xil kambag‗allik chegaralari 
mavjud. Aksariyat holatlarda kambag‗allikni kamaytirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni amalga oshirishda mamlakatda aholining soliqqa 
tortilmagan holdagi daromad darajasi inobatga olinadi. 2016 yilda 
mamlakatda o‗rnatilgan ijtimoiy me‘yorlarga ko‗ra, quyidagi 
kambag‗allik chegaralari o‗rnatildi: 

to‗rt kishilik oilalarning umumiy daromadi yiliga 24 563 doll.; 
232
Prosperity for Amerika s Families. The Gore-Lieberman Economic Plan. September 2000. Nashvilli, 2000.-P-172.
233
Травкина Н.М. США: партии, бюджет, политика.\Ин-т США и Канада РАН.М.:Наука,2008.-с.126,127. 


283 

uch kishilik oilalarning umumiy daromadi yiliga 19 105 doll.; 

ikki kishilik oilalarning umumiy daromadi yiliga 15 569 doll.; 

oila a‘zolari bo‗lmagan yolg‗iz kishilar uchun umumiy yillik 
daromadi 12 228 doll.dan kam bo‗lsa kambag‗al hisoblanadi. 
2017-yilda 
AQSh 
Statistik 
byurosi 
tomonidan 
berilgan 
ma‘lumotlarga ko‗ra, 2016-yilda 40,6 mln. aholi, yoki mamlakat 
aholisining 12,7 foizi yuqorida keltirilgan kambag‗allik chegarasidan 
past daromadga ega bo‗lgan va ijtimoiy jihatdan muhtoj hisoblangan. 
AQSh Statistik byurosi tomonidan kambag‗allikni o‗rganishda aholi 
yoshi bo‗yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi va ularning daromadlari 
hisoblanadi: 

18 yoshgacha; 

18-64 yosh; 

65 va undan katta yoshdagilar. 
AQSh statistik byurosi ma‘lumotlariga ko‗ra, 2016-yilda 13,3 mln. 
bolalar va 18 yoshgacha bo‗lgan yoshlar kambag‗al oilalarda katta 
bo‗layotganligi aniqlandi. Mehnat layoqatiga ega bo‗lgan 18-65 
yoshdagi aholining 11,6 foizi va pensiya yoshidagi aholining 9,3 foizi 
kambag‗allik chegarasidan past darajada yashayotganligi aniqlandi. Shu 
bilan bir qatorda, AQShda istiqomat qilayotgan qora-tanli aholining 22,0 
foizi, lotinamerikaliklarning 19,4 foizi, osiyoliklarning 10,1 foizi va oq 
tanlilarning 8,8 foizi kambag‗alligi aniqlangan. 
Tadqiq etilayotgan davrda AQShda kambag‗al hisoblangan uy 
xo‗jaliklarining to‗rtdan uch qismi shaxsiy avtomobil va yuk tashish 
mashinasiga, 80 foizida konditsionerga, 92 foizida mikroto‗lqinli pechga, 
70 foizi videomagnitofonga, 65 foizdan ortig‗i kabelli yoki sputnikli 
dasturlarga ulangan televideniya xizmatlariga ulanganligi, 60 foizdan 
ko‗prog‗i DVD-pleyerga, 31 foizi esa ikki yoki undan ortiq shaxsiy 
avtomobil yoki yuk mashinasiga ega ekanligi aniqlangan. AQShda 
kambag‗al hisoblangan oilalarning 70 foizdan ko‗prog‗i oila a‘zolari jon 
boshiga ikki yoki undan ortiq xonadan tashkil topgan uy-joyga egalik 
qiladi. Faqatgina mamlakatdagi 6 foiz kambag‗al oilalarda uy-joy 
muammosi mavjud hisoblanadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar 
natijalariga ko‗ra, AQShdagi kambag‗al aholining uy-joy bilan 
ta‘minlanganligi holati Shvetsiya, Fransiya va Buyuk Britaniyadagi o‗rta 
qatlamning uy-joy bilan ta‘minlanganligi holatidan sezilarli darajada 
yaxshiroqdir. 


284 
AQShda kambag‗allarga ijtimoiy yordam ko‗rsatish quyidagi 
dasturlarni o‗z ichiga oladi: 

ijtimoiy ta‘minot nafaqasi; 

medikeyd; 

oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun mo‗ljallangan kuponlar; 

maktab o‗quvchilari uchun bepul nonushta va tushlik; 

oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlarini taqsimlash (ijtimoiy jihatdan 
muhtoj va kambag‗al aholi guruhlari o‗rtasida birlamchi iste‘mol 
mahsulotlari qatoriga kiradigan oziq-ovqat tovarlarini bepul tarqatish. 
AQShda ijtimoiy sug‗urta xizmatlari quyidagilarni qamrab oladi: 

yoshga doir va boquvchisini yo‗qotganlik bo‗yicha sug‗urta; 

mehnatga layoqatsizlik sug‗urtasi; 

―Mediker‖ tibbiy sug‗urtasi; 

kasallik sug‗urtasi (kasalxona to‗lovlarini to‗lash, malakali 
parvarish to‗lovlari, uyda tibbiy xizmat ko‗rsatish uchun to‗lovlar) 
AQShda pensiya yoshidagi aholi daromadlari quyidagi manbalar 
hisobidan shakllanadi: 

40 foiz pensiya fondi mablag‗alari; 

13 foiz davlat yoki xususiy pensiya to‗lovlari; 

18 foiz ish haqi; 

25 foiz mol-mulkdan olinadigan daromad; 

1 foiz davlat yordami; 

3 foiz boshqa manbalar hisobidan 
AQShda pensiya tizimining zamonaviy ko‗rinishi quyidagilardan 
tashkil topadi: 

davlat pensiya ta‘minoti; 

an‘anaviy xususiy pensiya ta‘minoti; 

ish joyidan jamg‗ariladigan pensiya ta‘minoti; 

individual pensiya; 

davlat nafaqasi (ijtimoiy pensiya). 
Bugungi kunda AQSh aholisining savodxonligi darajasi 99 foizni 
tashkil etadi va 30 foiz aholi bakalavr darajasidagi ma‘lumotga ega 
hisoblanadi.
AQSh ijtimoiy siyosatining strategik yo‗nalishlari quyidagilarda aks 
etadi: 

federal darajada davlatning ijtimoiy majburiyatlarini kengaytirish; 

davlat ijtimoiy siyosatini isloh etish; 


285 

ijtimoiy sohada tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish;

mamlakat ijtimoiy siyosatini neoliberal tamoyillar asosida amalga 
oshirish.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish