qaratilgan bo'ladi. Aksariyat hollarda esa, nogiron bolalar kasallik bilan
kurashishda, murakkab tibbiy
m uolajalarga bardosh berish, doimiy ravishda
sog'liqlarini bir m aromda ushlab turish uchun zarur bo'lgan manipulyasiyalami
amalga oshirishda aynan yaqinlarining yordamiga muhtoj bo'ladilar. Ayni paytda,
psixologik reabilitasiya - imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan
faoliyatning eng muhim bosqichi bo'lib, unga bolaning o'zigina emas, balki ota-
onasi ham muhtoj. N ogiron bolaning ota-onasiga ko'rsatilgan psixologik yordam
eri-xotinlik m unosabatlarini yaxshilashga yordam beradi. Negaki,
nogiron bola
dunyoga kelgan oila uchun ajrim tabiiy holat hisoblanadi, ko'pincha uning
tashabbuskori sifatida erkaklar xizm at qiladi.
Ko'pincha, imkoniyati cheklangan bolalam ing ota-onalari o'z farzandlarining
taqdiridan havotir oladilar va bu havotim i bolalariga ham "yuqtiradilar". Intuitiv
ravishda ota-onasining doim iy zo'riqishini his etuvchi bola asta sekin nevroz
holatiga tushadi. Ota-onalaming bola o'z kasalligini anglaydimi yo'qmi, vaziyat
qanday og'irligini sezadim i yo'qm i va shunga o'xshash
azobli ikkilanishlari
haqiqatdan yiroq hisoblanadi, bola uchun nogironlik statusi hech nimani
anglatmaydi, ular vaziyat og'irligini faqatgina yaqinlarining ularga bo'lgan
munosabatlaridan anglaydilar. N ogiron bolaning oilasi uchun ota-onaning farzand
o'z holatiga moslashuvini tezlashtiradigan, bu holatni kompinsasiya qilish
ko'nikmalarini shakllantiradigan xulqi
optimal hisoblanadi.
Egoistik ota-
onalaming o'z farzandlarini har qanday qiyinchiliklardan asrashga intilishlari
ularning normal rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Nogiron bolalar ota-onasining
mehriga muhtoj, ammo bu mehr rahm -shavqat ko'rinishida bo'lishi kerak emas,
bola qanday bo'lsa, shunday qabul qilgan holda berilgan altruistik muxabbat
bolaga o'z kasalligini yengishga yordam beradi.
Imkoniyati cheklangan bolalaming ota-onalarida kechadigan emotsional
holatlar quyidagi bosqichlarda kechadi:
1. Shok, karaxtlik holati;
2.
Inkor etish;
3. Agressiya;
4. Qayg'urish;
5. Qabul qilish.
Kasalvand bola tug'ilganida ota-onaning dastlabki reaksiyalari qatoriga shok,
karaxtlik, zaiflik hissi, umum an xech qanday reaksiyaning yo'qligi kiradi. Ba'zan
tug'ilgan bola ota-onasida shok holati-hayot tugadi degan ftkmi paydo qiladi.
R.F.M ayramyan tadqiqotlarining natijasiga ko'ra, aqli zaif bolaning tug'ilgani
haqidagi xabar 65,7 % onalarda o'tkir emotsional buzilishlar, Suitsidal hayollar,
Suitsidal urinishlar, affektiv-shok reaksiyalari va isterik buzilishlarga olib keladi.
124
Ikkinchi o'rinda inkor etish reaksiyasi kuzatila boshlaydi. Bu bosqichdagi
reaksiyalar emotsional qayg'urish natijasida yuzaga keladi. Xususan,
ota-onalar
ham m asi yolg'on, qandaydir xatolik ro'y berdi, tibbiy analizlar yetrlicha to'g'ri
amalga oshirilmagan degan fikrda bo'ladi. Bu bosqichni g'amga qarshi kurashish
sifatida qabul qilish mumkin. Mohiyatan, bu sof psixologik mexanizm hisoblanib,
u odatiy hayot tarzini tugatishi mumkin fakt oldida ma'lum miqdordagi um id va
stabillik hissini saqlab qolishga qaratilgan hisoblanadi. Bu davr uchun
ko'ninm aslik hissi, haqiqatni qabul qilmaslik xos. Bunday negativizmning eng
og'ir shakli sifatida bola uchun zarur bo'lgan tibbiy
muolajalardan voz kechish
hisoblanadi. Bu holat ayrim vaziyatlarda 10-16 yilgacha davom etishi mumkin,
bunday paytda mijoz axborotni umuman qabul qilmaydi. Ba'zan havotirlik hissi
fonida depersonalizasiya hodisasi ro'y beradi (bu menga tegishli emas, bu men
emas). Ayrim ota-onalar bir mutaxassisning kasbiy malakalaridan gumon qilgan
holda nogiron bolalarini qayta-qayta boshqa mutaxssislarga ko'rsata boshlaydilar.
Uchinchi bosqichda
Do'stlaringiz bilan baham: