119
8-mavzu. Fond birjalari.
Reja:
8.1.Qimmatli qog‘ozlar bozori.
8.2.Birlamchi fond bozori.
8.3.Ikkilamchi fond bozori.
8.1.Qimmatli qog’ozlar bozori
Har xil turdagi qimmatbaho qog‘ozlarning paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar
oldi - sotdisi ushbu qog‘ozlar bozorini boshlanishiga olib keldi. Asosiy ma‘no
shundaki, bu bozorda sotilgan va sotib olingan qog‘oz mulkdorlik huquqi va shu
mulk ba‘dalidan ma‘lum daromad olish huquqini berar edi. Ana shu huquq
qog‘ozda mujassamlangan bo‘ladi.
Qimmatbaho qog‘ozlar bu mulkiy ma‘nodagi hujjat bo‘lib,
mulkdorlik
huquqi ushbu hujjatsiz amalga oshirilmaydi va biror boshqa kishiga utib kolmaydi.
Qimmatli qog‘ozlarning asosiy xillari xissador-aksiyadorlar jamiyatlari sarmoyasida
qatnashish huquqini beruvchi va ma‘lum dvidend olish huquqini beradigan
guvohnoma. Aktsiya va obligatsiyalar emitentlari aksiya va obligatsiya egalariga
ma‘lum, avvaldan belgilangan yillik foiz miqdorida
daromad tulash majburiyati
oladilar. Aktsiya va obligatsiyalar fond birjalari va birjadan tashqaridagi bozorda
sotiladi va sotib olinadi.
Qimmatli qog‘ozlarga yana tovar va pullik hujjatlar kiradi. Ular o‘zlarida
mujassamlashgan huquqiy kiymatini amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari,
qimmatli qog‘ozlarga cheklar, veksellar, depozit sertifikatlar, obligatsiya ko‘ponlari,
konosamentlar, ombor guvoxnomalari - varrantlar va boshqalar kiradi.
Qimmatli qog‘ozlar ikki xilga bo‘linadi:
120
- birlamchi, qimmatli qog‘ozlar,ya‘ni emissiyasi vaqtida paydo bo‘lgan
bozor;
-
ikkilamchi, qimmatli qog‘ozlar, ya‘ni bozorda qayta (xatto bir necha
marotaba) sotiladigan qimmatli qog‘ozlar.
Emitent-qimmatli qog‘oz yoki pullarni emissiya qiluvchi (muomalaga
chiqaruvchi) sub‘ekt. Pul belgilarini emitenti faqat davlat bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar emitenti sifatida davlat,
aksioner jamiyatlar, banklar va aynan
shunday huquqiy huquqqa ega boshqa shaxslar bo‘lishlari mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozori birjada va birjadan tashqarida bo‘lishi
mumkin. Birjadan tashqaridagi oldi - sotdi operatsiyalari biror bir sabab tufayli
birjada kotirovka qilinmayotgan qog‘ozlar yuzasidan bo‘lishi mumkin, (masalan
banklar orqali).
Avvallari qimmatli qog‘ozlar bilan birja operatsiyalari
tovar birjalarida olib
borilar edi. Birinchi fond birjalari XVIII asrda Buyuk Britaniyada, AQSh,
Germaniyada paydo bo‘ldi. XIX asrning oxiri, XX asrning
boshlariga kelib fond
birjalari milliy xo‘jalik xayotini muhim markazlariga aylandi.
Fond birjalari huquqiy nuqtai nazardan zavod yoki magazin yoki bank kabi
korxona bo‘lib u xususiy yoki davlat tasarrufida bo‘lishi mumkin. Frantsiya, Italiya,
Ispaniya, Belgiya, Lyuksemburg kabi davlatlarda fond birjalari davlat mulki bo‘lib,
ya‘ni davlat tashkilotlari tashabbusi bilan faoliyat yuritadilar va tartibga solinadi.
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya
kabi mamlakatlarda asosan
aksiyadorlar jamiyatlari ko‘rinishidagi xususiy birjalar faoliyat ko‘rsatadilar. Qizig‘i
shundaki shu birjalarning aksiyalari ko‘pincha instituttsion investorlarga - bank va
har xil fondlar kabi kompaniyalar - davlat tashkilotlariga tegishli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: