«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

fond birjasi 
— ochiq va 
oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda 
o'rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o'tkazish orqali faqat qimmatli 
qog'ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs. 
Fond birjasi qimmatli qog'ozlar bilan birja faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga 
ega bo'lishi kerak. Fond birjalarining muassislari bo'lib qimmatli qog'ozlar bilan 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo'lgan 
yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi 


125 
idoralari, ularning xodimlari va mutaxassislari birjalarning muassislari sifatida 
ishtirok etishi mumkin emas. 
Fond birjasida qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy 
tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: 
— birja savdolarining ishtirokchilari, shuningdek, birja xizmatchilari tomonidan 
qonunchilik va birja qoidalariga qat'iy rioya qilinishi; 
— birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi; 
— birja savdolari o'tkazilishini oldindan belgilangan joyva yil bilan 
reglamentlash yo'li orqali ushbu savdolarning reglamentlanishini ta'minlash; 
— tuziiadigan bitimlarning ixtiyoriyligi; 
— amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash; 
— birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog'ozlar haqidagi ishonchli va 
to'liq ma'lumotlarni zudlik bilan e'lon qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini 
birja bitimlarining narxlari to'g'risida xabardor qilish; 
— qonun yo'li bilan talab etiladigan birja axborotini taqdim etish va e'lon qilish; 
— tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi, qasddan noto'g'ri 
axborot berilishining taqiqlanishi va ta'qib qilinishi va h. k. 
Birjada quyidagilar taqiqlanadi: 
— qalbaki, sun'iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi; 
— monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vakil etilgan organ bilan oldindan 
kelishuvlarsiz bir-birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi 
tomonidan biror-bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini ta'minlovchi 
yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan ortig'ini ta'minlovchi aksiyalami xarid 
qilish hamda bitimlarni ro'yxatga olish; 
— bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta'sir ko'rsatishni 
maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog'ozlarni sotib olish (sotish) bo'yicha 
koiamli bitimlarning tuzilishi; 
— qimmatli qog'ozlar bozori konyunkturasining sun'iy ravishda o'zgarishiga olib 
kelishi mumkin bo'lgan yolg'on xabarlarni tarqatish va qimmatli qog'ozlar bilan 
savdolar qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi qonun huijatlariga zid 
bo'lgan boshqa harakatlar. 


126 
Fond birjalari o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu shuni 
anglatadiki, birjalar qimmatli qog'ozlar bilan birja savdolari qoidalarini, birjaning 
tarkibiy tuzilmalari, ularning a'zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlarni 
mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bularning barchasi qimmatli 
qog'ozlar bozori to'g'risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi 
lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda quyidagi 
ta'riflarni nazarda tutishi kerak: 
— muayyan birjada qimmatli qog'ozlar bilan savdo-sotiq qilish tamoyillari; 
— birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo'yiladigan 
talablar; birja yig'ilishlarining joyi va yili haqida axborot; 
— qimmatli qog'ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi; 
— birja bitimlari; 
— mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruqlari)ning turlari; 
— savdolarni tashkil etish; 
— bitimlarni ro'yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi; 
— bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar, 
xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining namunalari. 
Birja savdolarining ichki qoidalari, birjaning ustavi majburiy tartibda 
O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga soluvchi organ bilan kelishilishi 
zarur. 
O'z vazifalarini bajarish uchun fond birjalari: 
— birja a'zoligiga kirish uchun zarur bo'lgan investitsiya muassasalariga 
nisbatan qo'yiladigan majburiy talablarni belgilashi; savdolarda birja a'zolarining 
vakillariga qo'yiladigan malaka talablarini belgilashi; 
— ekspert, malaka, kotirovka, bahslarni hal etish uchun nizolar bo'yicha 
komissiya, maslahat va ma'lumotnomalar byurosini tashkil etishi; 
— kirish va joriy a'zolik badallari, bitimlarni ro'yxatga olish, texnik xizmatlar, 
birjaga doimiy va bir martalik kelib ketuvchilarning tashrifi uchun to'lovlarni 
belgilashi va undirib olishi; 
— ustavni, savdolar qoidalarini buzganlik uchun, ro'yxatga olish yig'imlarini o'z 
yilida to'lamaganlik uchun jarimalarni undirib olishi; 


127 
— birja qo'llanmalari, ma'lumotnomalari, to'plamlarini nashr qilishi mumkin. 
Qimmatli qog'ozlar bozorida birja faoliyati fond birjasining maxsus faoliyat turi 
bo'lganligi bois qonunchilik bilan uning daromad manbalari qat'iy reglamentlangan. 
Chunonchi, birja faoliyatini moliyalash o'z aksiyalarini, paylarini, brokerhk joylarini 
sotish, muntazam a'zolik badallari, birja bitimlarini ro'yxatga olishdan tushgan 
yig'imlar, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarda vositachilik qilganlik uchun 
vositachilik haqlari, shuningdek, axborot va ayrim boshqa xizmatlardan olingan 
daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish