«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Tavsiya etilgan adabiyotlar



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

 
Tavsiya etilgan adabiyotlar 
1.
O‘zbekiston Respublikasining ―Birja va birja faoliyati to‘g‘risida‖ gi qonuni 
(yangi taxrir). 2001 y. 3 qismi. 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ―O‘zbekistonda birja va 
yarmarka savdosini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari haqida‖gi qarori 
3.
―Davlat xaridlari tizimini optimallashtirish va ularga kichik biznes 
sub‘ektlarini jalb qilishni kengaytirish haqida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2011 yil 7 fevral 1474 – sonli qarori 


157 
4.
Каменева. Н. Г. Организация биржевой деятельности - М.:
Банки и Биржи ЮНИТИ, 2002, стр. 313. 
5.
Дегтярева О.И. Биржевое дело - М.:,МАГИСТР 2010, . 623 с. 
6.
Yunusov M.P. Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish. Ma‘ruzalar matni, -
T., TDIU, 2005. 24-2 betlar 
7.
www.yarmarka.ru 
8.
www.uzex.com 
9.
www.xarid.uz. 
10.
www.Exchage.com 
9-mavzu. Valyuta birjalari. 
Reja. 
9.1.
Xalqaro valyuta tizimi. 
9.2.
Valyutalar kurslari. 
9.3.
Valyuta operatsiyalari.
9.1.
 
Xalqaro valyuta tizimi
Valyuta birjalaridagi faoliyat olib borilganda ham milliy valyutada, ham 
xorijiy valyutalarda ishlashga to‘g‘ri keladi. 
Valyuta jahon moliya tizimiing muhim komponenti (tarkibiy qismi) bo‘lib 
mamlakatlar orasida tovarlar, xizmatlar va sarmoyalarni bir biriga o‘tishiga xizmat
qiladi. 
Valyuta xalqaro iqtisodiy ayriboshlash va boshqa xalqaro aloqalarda 
qatnashib ular natijasida pullik hisob kitob zaruriyatiga olib keladigan mamlakat pul 
birligidir. Milliy pul birligi valyuta sifatida uning kursi bo‘yicha foydalanuvchi 
xalqaro narxiga egadir. Amaliyotda valyuta milliy banknot shaklida foydalaniladi, 
hamda to‘lov vositasi va kredit omillari hisobi (cheklar, trattlar, pul o‘tkazish 
vositasi va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Valyutalarga xalqaro shartnomalar asosida hisob kitob pul birligi sifatidagi 
hisob kitob raqamlaridagi yozuv. Hamma milliy valyutalar qog‘ozdan. 


158 
Valyutalarni bir - biriga taqqoslab muvofiqlashtirish birinchi jahon iqtisodiy 
inqirozigacha 1929 -1933 yil ya‘ni oltin pul muomalasi tizimiing qo‘llanishiga 
qadar zaruriyati yo‘q edi. Bu oltin pul tizimi doirasidagi munosabatlar o‘z-o‘zini 
muvofiqlashtiruvchi edi. Chunki milliy valyuta birliklarini erkin oltinga almashtirish 
mumkin edi. Amalda haqiqiy dunyo puli sifatida oltin yurar edi. Valyuta kurslari bu 
sharoitda juda oson aniqlanar edi, ya‘ni pul birligidagi oltin miqdori e‘tirof etilgan 
edi. 
Valyuta operatsiyalarini muvofiqlashtirishga birinchi marotaba ikkinchi jahon 
urushi oxirlarida harakat qilindi. 
1944 yili BMTning Bredtton-vudzdagi valyuta moliya anjumanida xalqaro 
valyuta jamg‘armasi va valyuta tizimining qurish printsplari haqidagi bitim ishlab 
chiqildi va imzolandi. 
Bretton-Vudz sistemasi printsiplari quyidagilardan iborat edi. 

pul birligi asosida oltin yotgan va kog‘oz pullar oltinga erkin 
almashtirilgan; 

oltin stadart o‘rniga qat‘iy cheklangan oltin shiorli standart o‘rnatildi; 

oltinga erkin almashuv huquqi faqat AQSh dollari va Angliya Funt-
sterlingi uchun saklanib kolindi. 
Bu ikki valyuta tilla bilan birga xalqaro rezerv valyuta makomini oldi va 
boshqa valyuta kurslarini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qilish kerak edi. Boshqa 
hamma valyutalar uchun valyuta paritetlarini aniqlashda tilla nisbatan ma‘lum 
miqdorda 
cheklangan 
munosabat 
o‘rnatildi. Hamma valyutalar kursini 
muvofiqlashirish amalda joriy qilindi. Davlat o‘z valyutalari kurslari va valyuta 
paritetlarini qo‘llab-quvvatlab turishlari kerak edi. Bretton-Vudz sistemasi ancha 
pishshiq o‘ylanganligi bilan faqat rezerv valyutaning barqarorligi sharoitida 
samarali ishlar edi. Bu shart oxir oqibatda bajarilmay koldi, avval funt-sterling, 
keyin AQSh dollari barqarorligini yo‘qotdi va ajoyib tizim ishlay olmadi. 1971 yil 
dollarni oltinga almashish to‘xtatildi. Bu Bretton-Vudz tizimini tugaganligini 
bildirardi. 
Bir qator xalqaro bitimlar natijasida yangi valyuta asosida na oltin, na rezerv 
valyuta bo‘lmagan tizimi paydo bo‘ldi. Valyuta kurslari erkin ( suzib yuruvchi) 


159 
bo‘ldi, ular bir-birlariga ixtiyoriy bog‘lanar edi. Oltinni qat‘iy narxi bekor qilindi. 
Oltin oddiy tovarga aylandi. 
Valyuta barqarorligini ushlab turish uchun maxsus qarz huquqi - SDR 
(Speciale Drive Rite) tizimidan foydalaniladigan bo‘lindi. Bu tizimning mohiyati 
quyidagicha: SDR - xalqaro valyuta jamg‘armasi qarori bilan barpo qilingan va 
amalga kiritilgan maxsus shartnomaviy pul. Xalqaro valyuta jamg‘armasiga a‘zo 
davlatlar maxsus hisob raqamlari ochilib, Xalqaro valyuta jamg‘armasi - XVJ o‘z 
sarmoyalariga mutanosib ravishda o‘z xissalarini SDRda oldilar. SDR faqat hisob - 
kitob birligi sifatida muomalada bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘lib ma‘lum bir sharoitda 
milliy valyutaga aylantirilishi mumkin. 1981 yil 1-yanvaridan XVJ SDRni 
sodalashtirilgan o‘rtacha o‘lchangan valyuta xaltasi asosidagi kursini joriy qildi. Bu 
o‘rtacha og‘irlikdagi valyuta xatasining 42 % - AQSh dollari, 19% nemis markasi, 
har biri 13% Frantsuz franki, Angliya funt-sterlingi va Yaponiya ienasidir. 
Valyutalarni solishtirma og‘irligi bu valyutalarni xalqaro savdo va to‘lovlardagi 
solishtirma og‘irliklariga tengdir. XVJ rasmiy ma‘lumotlarida SDRdan faol 
foydalanadi. SDR har yili XVJ tomonidan kotirovka qilinadi.
Valyutalarni har - xil ishonchliligi, turli mintaqaviy manfaatlar uchta asosiy 
valyuta va valyuta kurslarini aniqladi. 
Bir va bir nechta valyutalarga qattiq bog‘langan valyutalar, valyuta kursini 
1% atrofida tebranishiga yo‘l qo‘yiladi, agar milliy valyuta bir nechta valyutalarga 
bog‘langan bo‘lsa, bu to‘g‘ri ―valyuta xaltasi‖ tanlanganligini ko‘rsatadi yoki kurs 
o‘rnatish asosida SDRdan foydalaniladi. 
Bir yoki bir nechta valyutalarga nisbatan kursni tebranib turadigan valyuta; 
Valyuta tebranishi har tarafga 2,25% gacha tebranishi mumkin bo‘lgan 
valyutalardir. Ushbu guruhga 1979 yil barpo etilgan Yevropa iqtisodiy 
hamjamiyatiga a‘zo davlatlar valyutalarini barqarorligini ta‘minlash uchun 
mo‘jallangan Yevropa valyuta tizimi ham kirar edi. 
Yevropa valyuta tizimi mamlakatlar valyutalarini paritet turi (Paritetnaya 
setka) orqali bir-biri bilan bog‘lar edi. 
Asosiy (Markaziy) valyuta kursi maxsus birlik - Yevropa valyuta birligi Ekyu 
dan foydalanib aniqlanar edi. U qurilish tamoyili va printsiplari bo‘yicha SDRga 


160 
juda o‘xshash. Milliy valyuta kursi 2,25% atrofida tebranib turishi mumkin. Italiya 
lirasi uchun esa 6% tebranishga ruxsat etilgan edi.
Shunday qilib Yevropa hamjamiyati davlatlari o‘z valyutalari bir-birlariga 
bo‘lgan nisbatini qat‘iy nisbatda saqlab turar edilar. Boshqa mamlakatlar 
valyutalariga nisbatan birgalikda suzar edilar. 
Erkin so‘zib yuruvchi kursli valyutalar. Valyuta bozoridagi har kungi talab va 
takliflar asosida o‘rnatiladi.
1991 yil Mastrix shartnomasini imzolanishi Yevropa hamjamiyati o‘rniga 
Yevropa ittifoqini barpo etilishi, ittifof xududida yagona valyuta Evroni kiritilishi 
bilan yakunlandi. Yevropa ittifoqining yagona valyutaga o‘tishi bir nechta 
bosqichdan iborat bo‘lib, ittifoq ittifolqiga kirgan davlatning byudjeti tanqisligi 
ma‘lum darajada bo‘lishligi, iqtisodiy rivojlanishda infilyatsiya darajasi qat‘iy 
talablarga javob bergan taqdirdagina umum Yevropa valyutasiga o‘tishi mumkin 
bo‘ldi. 
Jahonning barcha boshqa davlatlari uchun esa erkin suzib yuruvchi kurs 
tizimi qo‘llaniladigan bo‘lindi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish