«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

8.2.Birlamchi fond bozori. 
Fond birjalari fond bozorlari hisoblanadi. Birlamchi fond bozorida 
aksiyadorlar jamiyatlari, xukumat munitsipial tashkilotlari tomonidan chiqarilgan 
yangi qimmatli qog‘ozlar joylashtiriladi. 
Fondli kiymatni hamma oladi: yakka tartibdagi investorlar, moliya-kredit 
institutlari, pensiya fondlari, davlat muassasalari va korporatsiyalari, sug‘urta 
kompaniyalari. Investitsiya qiluvchi fondlar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish 


121 
bilan (xukumat obligatsiyalaridan tashqari) odatda emissiya sindikatlarini barpo 
qiluvchi investitsion banklar shug‘ullanadilar. Sindikat qatnashchisi o‘ziga 
ajratilgan xajm-miqdor doirasida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlarni mijozlar 
orasida avvaldan obuna qilish yo‘li bilan tarqatadi. 
Investitsion bank yangi chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda 
sarmoya resurslarini mobilizatsiya qilishni istovchilar aksiyadorlar jamiyati va 
investorlar o‘rtalarida vositachi vazifasini bajaradilar. Investitsiya banki raxbariyati 
jamiyat rahbariyati hamkorligida mobilizatsiya qilinishi zarur bo‘lgan pul miqdorini, 
muomalaga chiqarilishi mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar xilini, ularni chiqarish va 
joylashtirish usullarini aniqlab oladilar. 
Ko‘pgina xollarda investitsiya banklari yangi chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlarni hammasini sotib olib, keyinchalik o‘zlari qayta sotadilar. Bunday 
xollarda aksiyanerlik jamiyat va investitsiya banklari o‘rtasida emissiya bitimi 
imzolanadi. Bu bitimga muvofiq yoki xaridor yoki qimmatli qog‘ozni sotuvchi 
agent bo‘lishi mumkin. Agar investitsion bank xaridor sifatida harakat qilsa 
aksiyador jamiyat - emitentga qimmatli qog‘oz sotuvidan tushgan hamma pulni 
berish kafolatini o‘z zimmasiga olishi kerak. Boshqacha qilib aytganda bank 
sotilmay kolgan har qanday qog‘oz uchun masuliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Investitsiya banki agent sifatida, u boshqacha harakat qilishi mumkin. 
Emissiya bitimiga muvofiq o‘z zimmasiga mumkin qadar ko‘p, yangi chiqarilgan 
qog‘ozlar sotish majburiyatini olsada, xech qanday moliyaviy javobgarlikni o‘z 
zimmalariga olmasliklari ham mumkin. Yangi chiqarilgan aksiyalar sotishni bitimda 
ko‘rsatib o‘tilgan ma‘lum (bir necha kun yoki xafta) muddat ichida amalga 
oshiriladi. Xullas bank o‘z zimmasiga yangi chiqarilgan qog‘ozlarni sotishni rezerv 
kanali vazifasini bajarish majburiyatini olishi mumkin. Bunday xollarda aksiyador 
jamiyat emitent yangi chiqarmani o‘zi joylashtiradi, lekin bank bilan kelishuvga 
muvofiq bu ishga bankni ham jalb qilishi mumkin. Hamma emissiya bitimlarida 
odatda bozordan chiqish qoidalari ko‘zda tutiladi. Unda bitim noxushliklar oqibatida 
bekor qilinishi, fond bozorida axvol keskin yomonlashuvi, korxona moliyaviy 
ahvolini yomonlashuvi, hukumat tomonidan emitent yoki investitsiya bankini 
harakatini cheklovchi qonunlar qabul qilinishi ko‘zda tutiladi.


122 
Bitta investitsiya bankiga yangi chiqarilgan aksiyalar miqdori xaddan 
tashqari ko‘plik qilgan xollarda, bank boshqa investitsiya banklari bilan emissiya 
sindikatlari tuzishi mumkin. Bunday sindikatlar ikki xil tamoyilda harakat qilishlari 
mumkin. 
Birinchisi 
(ko‘p tarkalgan) aloxida hisob tamoyili, bunda sindikat a‘zolari 
sotgan qismi va xissalari doirasidagina mas‘uldirlar. Masalan yangi chiqarilgan 100 
mln sum aksiyani 20 % sotish uchun bitim imzolangan bulsa firma faqat 20 mln 
sumlik miqdordagi aksiyalar uchungina javobgar, shuning uchun 20 mln sumdan 
tashqari aksiyalardan keladigan daromaddan xech kancha xissa ololmaydi. 
Ikkinchi
printsipda, sindikat a‘zosi ham o‘zini xissasi, ham ushbu 
sindikatning boshqa a‘zolari xissalari uchun ma‘suliyatni o‘z zimmasiga oladi, bu 
umumiy hisob tamoyilidir. 
Agar asosiy emissiya sindikatlari chiqarilgan hamma chiqarilmani o‘zlari 
sotish imkoniyatlari bo‘lmasa, ular firma fond dillerlaridan iborat sotish guruhini 
tuzadilar, emissiya sindikati a‘zolaridan farqli o‘laroq guruhlar qog‘ozlarni sotib 
olmaydi va o‘z zimmasiga xech qanday moliyaviy javobgarlik olmaydilar va faqat 
sindikat tomonidan yoki o‘zlari aniqlagan miqdorda yangi chiqarilma xissasini 
ma‘lum marja mukofot – to‘lov evaziga sotib beradilar. 
Yangi aksiyalarni muomalaga chiqarishga tayyorgarlik uch bosqichdan 
iborat bo‘ladi: Emissiya oldi majlislari, sovush davri, ro‘yxatga olish. 
Har qanday yangi qimmatli qog‘oz chiqarilishi ro‘yxatga olishdan 
boshlanadi, buning uchun ro‘yxatga olishni so‘rab, maxsus ariza beriladi (uni 
tayyorlashda Emitent kompaniya bilan emissiya shartnomasi imzolagan investitsiya 
banki yaqindan yordam beradi). Yangi chiqarilma ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat boj 
to‘lovlari undiriladi. Maxsus ariza berilgandan so‘ng ―Sovush‖ davri keladi, odatda 
u 20 sutka bo‘ladi. Amalda bu muddat qog‘oz investorga sotish kunigacha 
cho‘ziladi. Bu vaqt mobaynida maxsus tanishuvnoma prospektlari investorlar 
uchun chiqarilib, unda investorlarni emitent takliflari bilan tanishtiriladi. Bu 
prospektda emitent sindikat raxbariyati ( emitent yuristi, bosh hisobchisi, va 
kompaniya direktor, shaxsi, manzili), obuna bo‘lish shartlari haqidagi ma‘lumotlar 
bo‘lib, emissiya narxi va shartlari haqidagi ma‘lumotlar bo‘lmaydi. Sovush davrida, 
ro‘yxatga olish arizasi tekshiriladi, prospektga ravshanlik kiritiladi va potentsial 


123 
investorlarga jo‘natiladi. Emitent va garant o‘rtasidagi chiqarilma shartlari bo‘yicha 
imzrolanadigan shartnoma shartlari aniqlanadi. Yangi chiqariladigan aksiyalarni 
pirovard narxlari, marja kafolati va boshqalar aniqlanadi. Bu davrda emissiya 
sindikatini xohlagan a‘zosi hech qanday moliyaviy oqibatlarsiz undan erkin 
chiqishi mumkin. Bundan keyin chiqish imkoniyati to‘xtatiladi. 
Ko‘p kompaniyalar bitta, markazashtirilgan yig‘ilish o‘rniga, mamlakatning 
turli qismlarida brifing va axborot yig‘ilishlarini o‘tkazib, ularda kompaniya 
rahbariyati investitsiya qilish mumkin bo‘lgan potentsial investorlarni savol va 
shartlariga javob beradilar. 
Yangi chiqarilgan aksiyalarni sotish, aksiyalarga qiziqish bildirgan 
investorlarga o‘z buyurtmalarini yuborishlarni iltimos qiluvchi xatlar jo‘natishdan 
boshlanadi. 
Butun obuna investitsiya banki yoki emissiya sindikatining menejeriga kelib 
tushadi. Agar yangi chiqarilmaning hammasiga obuna qilinsa, sindikat sotuvni 
to‘xtatadi. Dillerlar hamma chiqarilgan aksiyalar uchun obuna bo‘lishgan bo‘lsa 
ham , bu xali hamma qog‘ozlar sotildi degan gap emas. 
Agarda potentsial investorlarni qiziqishlari kutilganidek yuqori bo‘lmasa, 
chiqaruvni (me‘yorlash) stabillash choralari qabul qilinadi. Emissiya shartnomasiga 
muvofiq aksiyalarni joylashtirishga kafillik beruvchi sotilmagan qog‘ozlarini yoki 
sotib bo‘lingan qog‘ozlarni o‘zi sotib olishga tayyor bo‘lish kerak. 
Agar yangi chiqarilmaga bo‘lgan talab taklifdan ancha yukori bo‘lsa, 
chiqarilma ―qaynoq‖ deyiladi. ―Qaynoq‖ qog‘ozlar narxlari shu zaxotiyoq ko‘tarilib 
ketadi va ikkinchi marotaba qo‘shimcha narx bilan sotilishi mumkin. Bu holda 
joylashtirish garanti ko‘pincha haqiqiy boridan ko‘p qog‘oz joylashtiradi yoki 
sotadi, keyin qayta sotishga chiqarilgan qog‘ozlarni o‘zi sotib oladi va o‘z 
moliyaviy ahvolini to‘g‘irlab oladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish