Ritsarlik romani. Ritsarlik lirikasi kabi ritsarlik ham Frantsiyada vujudga kelib, keyin boshqa
erlarga tarqaldi. Ritsarlik lirikasida bo`lgani kabi romanda ham sevgi, turmush quvonchlari asosiy
mavzu edi. Sevgi ko`tarinki ruhda, fantastik bo`yoqlarda aks ettirilgan. SHuningdek, qahramonlar
psixologik kechinmalarini tasvirlashga ham katta e`tibor berilgan. Ritsar‟ xonimga bo`lgan sevgisi
tufayli jangovar sarguzashtlarga (avantyura) otlanadi, lekin endi ritsar‟ vatan manfaatlarini emas,
balki o`z shaxsiy manfaatlarini ko`zlab safarga chiqadi.
Ritsar‟ romanlari syujetlariga ko`ra 3 ta asosiy turkumga bo`linadi: antik, bretan va vizantiya
turkumlari. Dastlabki ritsarlik romanlari yartilgani uchun antik adabiyot asarlari qayta ishlangan. Ana
shunday asarlardan biri «Aleksandr haqida roman»dir.
Aleksand Makedonskiy ham o`z yurishlari davrida ritsarga xos sarguzashtlarni boshidan
kechiradi. Lekin bu asar tom ma`noda ritsar‟ romani bo`la olmaydi, chunki unda muhabbat mavzusi
va xonimga ritsarcha xizmat etish aks ettirilmagan edi.
Roman Aleksandr Makedonskiyning hayoti va qahramonliklari haqida hikoya qilinadi. XII asr
oxirlarida paydo bo`lgan bu romanning mualliflari Lamber Le Tor (Lambert Le Tort) va Aleksandr de
Berne (parijlik) (Alexandre de Raris) lardir. Bu roman yozilgan she`riy o`lchov keyinchalik asar
nomi bilan aleksandr vazni deb atala boshlandi.
Antik turkumga kiruvchi romanlardan yana biri «Eney haqida roman» (Roman d‟Eneas» XII asr)
hisoblanadi. Noma`lum avtor Vergiliyning «Eneida» dostonining sevgi va romantik lahzalarini
tasvirlagan.
Bretan turkumidagi romanlarda esa V yoki VI asrlarda yashagan qirol Artur asosiy qahramon
hisoblanadi. Kurtuaz shoirlari kel‟t din arbobi Gol‟frid Momutskiyning «Britaniya qirollari» kitobi
syujetlarini qayta ishlaydilar. Qirol Artur saroyi ritsarlar olamining markaziga, qirolning o`zi
ritsarlarning barcha ishlarida odil xakam bo`lib gavdalanadi. Artur saroyida 12 ta mashhur ritsar‟
bo`lib, ularni «yumaloq stol» ritsarlari deb atalgan. Bu stol atrofidagilarning barchasi barobar
mavqega ega bo`lgan. Keyinchalik Qirol Artur haqidagi voqealarga boshqa voqealar ham qo`shiladi.
Shundaylardan biri «Tristan va Izol‟da» haqidagi romanlardir. Kel‟t rivoyatlari asosida yaratilgan
Tristan va Izol‟da haqidagi syujet XII asr o`rtalarida juda ko`p arablar tomonidan ishlangan. Ammo
bizga etib kelmagan. Bizgacha etib kelgan parchalar, syujetlar, tarjimalarni jamlash orqali XII asr
o`rtalaridagi frantsuz romanining fabulasini tiklash mumkin bo`ladi.
Ritsar-kurtuaz adabiyotining etakchi janri roman hisoblanib, uning manbalari quyidagicha
ko`rsatiladi: 1. Antik turkum. – “Aleksandr haqida roman”, “Eney haqida roman”, “Troya haqida
roman”. 2. Breton turkumi. Uning tarkibiga kiruvchi romanlar asosa buyuk qirol Artur haqida bo`lib,
ular “Yumaloq stol romanlari” nomi bilan ham yuritiladi. U ritsarlar o`zini teng his qilishlari uchun
yumaloq stol yasatgan edi. Buyuk qirol Artur qahramonligi haqidagi roman ustasi sifatida Kret‟en de
Trua (XII asr) keng shuhrat qozongandir. 1175 yilda yaratilgan “Ivan yoki Yulbars ritsar‟” romani
shu turdagi romanlar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni juda yorqin ifodalaydi.