36
bilan individuallashtirish negizida hal qilinadi. Uil‟yam Shekspir komediyalari o`zining
Renessans
ruhi va ko`p qirrali xarakterlari bilan tavsiflanadi. U kulgu asosiga qurilgan asarlarida pand-nasihat
qabilidagi feodal axloqiga qarama-qarshi o`laroq kishilarning tabiiy his-tuyg‟ularini kuyladi. Muallif
“Qiyiq qizning quyilishi” (1593), “Veronalik ikki yigit” (1594), “Yoz kechasidagi tush” (1595), “O`n
ikkinchi kecha” (1600), “Venetsiya savdogari” (1596) kabi komediyalarida bir qator badiiy tiplar
yaratdiki, ular o`z iroda yo`nalishi, individual xususiyatlari bilan birga u yoki bu ijtimoiy guruh va
qatlamlarga xos bo`lgan xususiyatlarni ham mujassamlaydi. Ayniqsa, u yaratgan SHeylok obrazi
hali-hanuz barchani lol qoldiradi. A.S.Pushkin bu obrazning
murakkabligini qayd qilib,
“SHeylok
xasis, ziyrak, qasoschigina emas, u farzandsevar, hozirjavob kishi sifatida ham namoyon bo`ladi”
, -
deb yozgan edi.
Tragediya Uil‟yam Shekspirga gumanistik g‟oyalarni ifodalash uchun qolgan barcha
janrlardan ham ko`proq qo`l keladi, deb aytish mumkin. Ulug‟ dramaturg o`lib borayotgan feodal
olamining inqirozini ko`rsatish va tug‟ilib kelayotgan burjuaning ochko`z, yirtqich vakillari obrazini
yaratish uchun butunlay tragediya janriga o`tadi. Uning “Hamlet” (1601) tragediyasi Uyg‟onish
g‟oyalarini chuqur falsafiy va badiiy umumlashmalarda ifodalab berdi. O`zi uchun yot bo`lgan razil
muhitga tushib qolgan Hamletning ikkilanishlari uning “hayot yoki o`lim” monologida ochiq aks
etadi:
“Tirik qolmoq yo o`lmoq. SHudir masala, qaysi biri bulardan bizga munosib. Shu dilozor
falakiyot tahqirlariga. Shikoyatsiz-shikvasiz chidab turmoqmi. Yo`qsa, unga rad-badal berib
qo`zg’almoq. Qurol olib yo engmoq yo mahv bo`lmoq
”. Hamlet shaxsi murakkab va ziddiyatli bo`lsa
ham, lekin bu savolga javob berib, razolatga qarshi qo`zg‟alish kerak, degan qarorga keladi.
Binobarin, Hamlet uyg‟onish ruhi bilan sug‟orilgan, Uil‟yam Shekspir dahosi yaratgan yangi tipdagi
kishi – adolat uchun kurashuvchi gumanist obrazidir. Asarning asosiy g‟oyasi Hamletning
“Tabiatning naqadar ajoyib mo``jizasidir odamzod.
Uning zehni naqadar olijanob, undagi qobiliyatlar
naqadar bepoyon”, - degan fikrlari bilan chambarchas bog‟liqdir.
“Makbet” tragediyasi (1605) ham uyg‟onish ruhiga mos g‟oyalar bilan sug‟orilgandir.
Muallif unda Makbet fazilatlari bilan ko`ringan Makbet ichki va tashqi yovuz kuchlar ta`sirida shaxs
sifatida tanazzulga yuz tutadi.
Uil‟yam Shekspir Makbet obrazini chuqur badiiy tahlil etish yo`lidan boradi. Unda zolimning qaror
topishi qariyb qadam-baqadam tasvirlanadi. Makbetning zolimga xos munosib o`lim topishi Uil‟yam
Shekspir optimizmidan dalolat beradi. Asarda Makbet obraziga qarama-qarshi o`laroq adolatli
monarx g‟oyasi ham ilgari suriladi.
Uil‟yam Shekspir gumanizmi “Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605) asarlarida ham o`z
davrining ilg‟or g‟oyalarini ifodalab, kuchli tragik va psixologik obrazlar yaratdi. Buyuk dramaturg
gumanizmining chuqur xalqchilligi shundaki,
u insonning kelajagi, aql-idroki, istak-orzulari
tantanasiga ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: