Tayanch so`z va iboralar
:
Renessans harakati.Renessans adabiyoti.
“Yangi hayot” (Dante Alig‟eri).“Ilohiy komediya” (Dante Alig‟eri).
“Kantson‟ere” (F.Petrarka).J.Bokkachcho novellistikasi.
Savol va topshiriqlar
:
1.
Italiya Uyg‟onish harakatining ilk vatani deb atalishiga sabab nimaq
2.
“Ilohiy komediya”da Dante Alig‟erining inson kontseptsiyasi haqida gapiring.
3.
F.Petrarkaning “Kantson‟ere” she`rlar majmuasida ijtimoiy-siyosiy mavzu haqida so`zlang.
4.
“Dekameron” novellalar to`plamida J.Bokkachcho gumanizmi haqida gapiring.
Adabiyotlar
:
1.
Chet el adabiyoti tarixi. Namunaviy va Ishchi dasturlar, - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2004
2.
Alimuhammedov A. Antik adabiyot tarixi. T., “O`qituvchi”, 1976.
3.
Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi. T., 1979.
4.
Alig‟eri D. Ilohiy komediya. T., 1975.
5.
Bokkachcho J. Dekameron. T., 1978.
Mavzu: Angliyada uyg’onish adabiyoti
Reja
:
1.
XV-XVI asrlarda Angliya jamiyati. Ingliz gumanistik adabiyotining 3 bosqichi.
2.
Uil‟yam Shekspir o`tmishdoshlari haqida.
3.
Uil‟yam Shekspir lirikasi va dostonlari.
4.
Renessans g‟oyalarining ifodalanishi.
5.
Angliya uyg‟onish davri adabiyotining tarixiy ahamiyati.
XV-XVI asrlarda Evropa mamlakatlarida o`rta asr feodalizmidan kapitalizmga o`tish davri
bo`ldi. Bu davr Uyg‟onish yoki Renesans nomini oldi. Shaharlarning rivojlanishi, manfakturalarning
paydo bo`lishi, keng savdo munosabatlarini o`rnatilishi natijasida o`rta asr feodal tartiblari inqirozga
uchradi.
Bu davr buyuk geografik kashfiyotlarning ochilishi davri bo`lib tarixga kirdi
(Amerikaning ochilishi, Xindistonga savdo yo`lining ochilishi). Bu davrda yangi milliy davlatlar
paydo bo`ldi. Ilm-fan, san`at, madaniyat, adabiyot beqiyos darajada rivojlandi. Aql-idrokka, o`z
kuchiga, yaxshilikka ishonch Uyg‟onish davri odamlariga xos fazilatdir.
Angliyaning o`sha davr falsafiy qarashlari Frensis Bekon ta`limotida o`z aksini topdi
(F.Bekon ingliz materializmning otasi 1561-1625).
Angliyada Uyg‟onish davri Italiya, Frantsiya, Ispaniyadan kechroq boshlandi. XV-XVI
asrlarda Angliyada qirol hokimiyati dvoryanlar qarshiligini sindirdi. Hokimyatga intilgan juda ko`p
feodal baronlar o`zaro urushlarda halok bo`ldilar.
Tyudorlar sulosasidan bo`lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutloq xokimyat
kuchaydi. Genrix VIII ning islohatlari natijasida ko`plab monastirlar yo`qotildi. Mamalakat Rim
papasiga tobelikdan qutuldi va qirolning o`zi ingliz cherkovini boshqara boshladi. Uil‟yam Tindal
«Injil» ingliz tiliga tarjima qildi. Mamalakatni qirolicha Elizaveta (1558-1603) boshqargan yillarda
Angliya iqtisodiyati tez sur`atlar bilan rivojlandi. 1588 yili ispanlarning Buyuk armadasi tor-mor
qilgan Angliya uchun dengiz yo`llarining barcha osonlik bilan ochila boshladi. Ko`plab dehqonlar
o`z erlaridan mahrum bo`ldilar. (Jun sotish bu paytda katta foyda keltirar edi).
Angliyada Uyg‟onish harakati Evropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan bir muncha
keyin, ya`ni XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida paydo bo`ldi. Bu davr Angliya gumanistlari
32
Do'stlaringiz bilan baham: |