27
Dante Beatriche vafotidan so`ng ilmiy-falsafiy masalalar bilan shug‟ullanadi. 1307-1308
yillari o`zining mashhur «Ziyorat» traktatini yaratadi. 1305 yil roman tilshunosligi bo`yicha dastlabki
tadqiqot - «Xalq nutqi haqida» degan risolani yozadi.
«Iloxiy komediya» – Danteni dunyoga mashxur qilgan asari. U o`z asarini «Komediya» deb
atagan. O`rta asrlarda qayg‟u, g‟am bilan boshlanuvchi va yaxshilik, xursandchilik bilan yakunlovchi
har qanday asarni «Komediya» deb atashgan. Asar o`rta asr diniy-cherkov adabiyoti ta`siridan ham
xoli emas, (allegoriya) simvolika. Asarda uchraydigan 9 raqami (9 kun, 9-osmon) shoir hayotidagi
muhim voqealar bilan bog‟liqdir.
Asarga yozuvchi vafotidan so`ng Bokachcho tomonidan «Ilohiy» so`zi qo`shilgan (Badiiy
jihatdan yuksak degan ma`noda).
Dante Alig‟eri (1265 – 1321 yillar) ijodiy merosi ikki guruhga bo`lib tasniflanadi: 1. Siyosiy
– falsafiy asarlar. 2. Adabiy – badiiy asarlar. Uning siyosiy-falsafiy asarlari “Xalq nutqi haqida”
(1305 yil), “Ziyofat” (1308 yil), “Monarxiya” (1313 yil) traktatlaridan iboratdir. Dante Alig‟eri
adabiy-badiiy asarlari esa “YAngi hayot” to`plami hamda “Ilohiy komediya” dostonlaridan tashkil
topadi. Bizni muallifning badiiy
asarlari qiziqtirgani bois, quyida ularni alohida-alohida olib tahlil
etamiz.
“Yangi hayot” to`plami Dante Alig‟eri tomonidan 1292 yoki 1293 yillarda yaratilgan, deb
taxmin qilinadi. Kitobning asosini shoirning 1283 – 1291 yillar lirikasidan saralab olingan she`rlar
tashkil etadi. Bular 25 ta sonet, 3 ta kantsona, 1 ta ballada va 2 ta fragmentdir. Asarning she`riy
o`zagi nasriy bo`laklar bilan bir-biriga chambarchas bog‟langan. Nasriy matn asosan she`rlarning
yozilish sabablarini izohlaydi, ular o`rtasidagi mantiqiy bog‟liqlikni dalillaydi; shuningdek, uning o`z
hayotida ro`y bergan voqealar tadrijiyligini ko`rsatib beradi. “YAngi hayot” to`plami muqaddima va
xotimadan tashqari to`rt qismdan iborat. Bu asar Dante Alig‟erining Beatriche Portinariga bo`lgan
sevgisi kechinmalariga bag‟ishlanadi. Beatriche Portinari Simon dei Bardining javzasi bo`lib, 1290 –
yilda 25 yoshida dafatan vafot etadi. Mana shu bilan bog‟liq tarzda lirik sub`ektning
ishqiy
kechinmalari ham ikki xil xarakter kasb etadi. Beatriche hali hayotligi chog‟ida uni bashariy xilqat
sifatida idrok etgan shoir uning vafotidan so`ng esa ilohiy xilqat sifatida ulug‟laydi. 4 – qismda
“Yangi hayot”ning asosiy poetik obrazlari – Shoir va Beatriche qatoriga Iztirobli xonim obrazi ham
qo`shiladi. SHoir va bu ayol o`rtasida dastlab xayrixohlik ko`rinishida yuzaga kelgan munosabatlar
sekin-asta sevgiga o`sib chiqadi. Iztirobli xonim siymosida Beatrichega bo`lgan sevgini tushungan
muallif keyinchalik bu boshqa sevgi ekanligini anglab etadi. Biroq ko`ngil
talpinishlariga aql
barqarorligi qarama-qarshi chiqadi va oxir-oqibat uning Beatriche xotirasini saqlashdan iborat talabi
g‟olib chiqadi. Asar sarlavhasi to`plamning bosh g‟oyasini o`zida muxtasar ifodalaydi, uni aslo tor,
shaxsiy ma`noda tushunmaslik kerak. CHunki bu davrda butun G‟arb dunyosi ijtimoiy taraqqiyotda
yangi yo`llarni qidirayotgan edi. O`z ijtimoiy qarashlari markaziga insonni, uning manfaatlarini
qo`ygan Dante Alig‟eri shu asno jamiyat va insonni bir-biri bilan aloqadorlikda o`rganadi. SHoirning
“Ilohiy komediya” asarini esa haqli ravishda O`rta asrlarning badiiy qomusi deb atash mumkin.
Aslida Dante Alig‟eri o`z asarini “Komediya” deb atagan. CHunki bu davrlarda fojia bilan tugovchi
asarlarning barchasini tragediya deb yuritishgani kabi xayrli yakunlanuvchi har qanday asarlarga
nisbatan komediya atamasi ham qo`llanavergan. Unga ilohiy sifatlashi keyinchalik qo`shilgan bo`lib,
bunga uning ilohiy mavzuda yozilganidan ko`ra ham juda yuksak badiiy
mahorat bilan yaratilgani
ko`proq sabab bo`lgan. “Ilohiy komediya” asarida oxirat dunyosi manzaralari chiziladi. Bunda
muallif ungacha qalam tebratgan salaflar – Homer va Vergiliy tajribalaridan foydalanadi. “Ilohiy
komediya” bizni eng avvalo uning mukammal kompozitsiyasi bilan hayratga soladi. Butun asar
qurilishi xristianlik simvolikasida markaziy o`rin tutgan muqaddas uchlikka muvofiq uch raqami va
uning o`ziga ko`paytmasi 9 raqami asosiga quriladi. “Ilohiy komediya” 3 qismdan iborat bo`lib,
bular “Do`zax”, “Atrof” va “Jannat”dir. Asarning har bir qismi 33 qo`shiqdan tarkib topgan. Unga
yana bir qo`shiq – muqaddima ham qo`shiladi va va qo`shiqlar soni 100taga etadi. “Ilohiy komediya”
matni trtsina, ya`ni uchlik bandlaridan tashkil topgan. Dante Alig‟erining bu shoh asarida uning
siyosiy va axloqiy kontseptsiyasi o`z ifodasini topgan. SHu sababli undagi barcha obrazlarni majoz
sifatida talqin qilish va ularni siyosiy va axloqiy aspektda olib tahlil etish zarur.
Asar markazida
turuvchi asosiy obrazlar ham uchta bo`lib, bular Dante, Vergiliy va Beatrichelardir. Ular o`zlarida
Insoniyat, Dunyoviy Aql va Ilohiy Aql kabi tushunchalarni ifodalaydi. “Ilohiy komediya” syujeti
28
qop-qorong‟u o`rmonda adashgan SHoirning tepalik tomon yurishi va uning oldidan 3 ta hayvon:
epchil bars, yo`lbars va bo`ri to`sib chiqishi bilan boshlanadi. Dante Alig‟erining badiiy falsafasiga
ko`ra tepalik ham, unda makon tutgan uch hayvon ham siyosiy va axloqiy ravishda o`ziga xos
ma`noga egadir. CHorasiz yana qop-qorong‟u vodiyga qaytgan shoir bu erda Vergiliyni ko`radi va
unga hozircha yangi yo`l tanlashi zarurligini bildiradi. Bu aylanma yo`l bo`lib, u Do`zax, A`rof
hamda Jannatdan o`tadi. Do`zax va A`rofni Verigiliy rahnamoligida bosib o`tgan
Dante Jannat
qopqasi oldida Beatrichega ro`baro` keladi. Ayni choqda Vergiliy ko`zdan g‟oyib bo`ladi. Chunki
xristianlik e`tiqodiga ko`ra ma`jusiy bo`lgan Vergiliyning jannatga kirishi ta`qiqlangan edi. SHoir
oxirat dunyosining bu uch makonini tasvirlar ekan, ayniqsa Do`zax
tasvirida yuksak mahorat
namoyon etadi. Bir so`z bilan aytganda, Dante Alig‟eri “Ilohiy komediya”da o`z zamonasining ruhiy
hayotini to`la va o`sha zamon xalqlariga muvofiq ravishda aks ettiradi, uning nuqsonlarini ayamay
fosh etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: