29
Ma`no
qorishadir bor hayotimga
Va shu on hasad-la olay, deb tortib –
Shu zarra haqqim bor, fortuna-taqdir
Bemon g‟animday shoshar
oldimga
Sevgi mavzusidan tashqari siyosiy falsafiy mavzularda ham she`rlar bor. Ko`pchilik Petrarka
biograflari Laurani to`qima obraz deb ta`kidlaydilar.
Laura haqida quyidagi ma`lumotlarni keltirish mumkin xolos: Laura 1307 yilda tug‟ilgan,
1325 yilda dvoryanin Poganga turmushga chiqqan va 11 farzandning onasi bo`lgan. 1348 yilda o`lat
kasalidan vafot etgan.
Lauraga bag‟ishlangan birinchi she`r 1330 yilda yozilgan. SHoir Dante ta`siri ostida o`z
sevganini sahovatli, borliqqa ijobiy ta`sir etuvchi qilib ko`rsatsa ham, go`zallikni sahovat bilan teng
deb bilmaydi. Uning sevgilisi Lauraning xususiyatlari real. Laura oshiqqa beiltifot ayoldir. SHuning
uchun shoirni sevgisi hayoliy bo`lib qoladi. Asarda shoir qalbidagi ikki xil sevgi - yuksak ruhiy
muhabbat bilan real xissiy muhabbat o`rtasidagi qarama-qarshilik o`z ifodasini topadi. To`plam
oxirida Petrarka Bibi Maryamdan «gunoh»lari uchun kechirim so`raydi.
Petrarka lirikasining ahamiyati katta bo`lib, u Italiya lirikasini mistika, allegorizmlardan
tozaladi. Petrarkada ishqiy lirika ilk bor real dunyo extiroslarni kuylashga yo`naltirildi.
Franchesko Petrarka
(1304 – 1374 yillar) asarlarida ham Renessans g‟oyalari
juda yuksak
badiiy shakllarda kuylanadi. Uning bosh asari sifatida “Kantson‟ere”, ya`ni “qo`shiqlar kitobi”ni
qayd etish zarur. Dante Alig‟erining “YAngi hayot” asari kabi u ham sevgi mavzuiga
bag‟ishlangandir. SHoir 1327 yilda Avliyo Klara ibodatxonasida yosh va go`zal bir juvonni uchratib
uni sevib qoladi. U 1346 yilda vafot etsa-da muallif unga bag‟ishlab she`rlar yozishdan to`xtamaydi.
Petrarka bu ayolni o`z she`rlarida Laura nomi bilan yuritadi. Keyinchalik asar ikki qismga bo`linadi,
ulardan dastlabkisi “Madonna Lauraning hayoti”, keyingisi esa “Madonna Lauraning vafoti” deb
ataladi. Kitob “Kantson‟ere” deb nomlangan bo`lsa-da, unda kantsonalardan ko`ra sonetlar
ko`proqdir. To`plamga kirgan sonetlar soni 317 tani tashkil etgani holda kantsonalar soni esa 29
tadan ortmaydi. “Kantson‟ere”ning lirik syujeti shoirning ko`tarinki ruhiy muhabbati bilan real hissiy
muhabbati o`rtasidagi konflikt asosiga qurilgandir. Asarda sevgi mavzuidan tashqari siyosiy va
falsafiy mazmundagi she`rlar ham uchraydi. Masalan, “Mening Vatanim”, “Oliy ruh” kabi she`rlarda
vatanparvarlik g‟oyalari bilan birga
papa hokimiyati nuqsonlari, ma`naviy buzg‟unchiliklar fosh
etiladi. Petrarkaning lotin tilida yozilgan “Afrika” dostoni (1336 – 1342 yillar) esa Vergiliyning
“Eneida” dostoni ta`sirida yaratilgandir. SHoir tugallanmagan bu asarida Afrikani zabt etgan Rim
milliy qahramoni Stsipion g‟alabalarini madh etadi. Rim tarixchisi Tit Liviydan olingan material asar
syujeti uchun manba bo`lib xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: