Fors-tojik va o`zbek tilida “Xamsa” yozgan shoirlar



Download 1,44 Mb.
Sana11.11.2019
Hajmi1,44 Mb.
#25632
Bog'liq
Xamsa yozgan shoirlar

Fors-tojik va o`zbek tilida “Xamsa” yozgan shoirlar

  • Bajardi: Eshimova G., Obloqulova V.Xudoyberdiyeva Sh.
  • Tekshirdi: Ro`zmonova R.
  • Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug’ildi.
  • Uning otasi G’iyossiddin Kichkina bilimli ,ziyrak kishi edi. Zehni o’tkir Alisher 4-5 yoshidayoq o’qish- yozishni o’rgandi. Adabiyot va san’atga erta mehr qo’ydi.
  • Alisher Navoiy
  • Kichkina Alisher mashhur fors- tojik shoirlarining asarlarini zavq bilan o’qib , ulardan g’oyat ta’sirlandi. Ko’p o’tmay o’z she’rlari bilan ham tanila boshladi. O’z asarlarida odamlarni yaxshi, fazilatli, adolatli bo’lishga undadi, zulmni qoraladi. Olijanob ishlari bilan Navoiy xalq o’rtasida katta hurmat va obro’ qozondi.
  • Kichkina Alisher
  • haqida .
  • yozgan muhim asari “ Muhokamatul-
  • lug’atayn”deb nomlanadi.
  • Navoiyning bu asari o’zbek tilining boyligini , uning mohiyatini ko’rsatib berishga bag’ishlangan. Ulkan shoirning eng yirik asarlari “Xazoyinul- maoniy “ deb atalgan she’riy to’plami va beshta dostondan iborat “Xamsa “ dir.
  • Endilikda ulug’ Navoiyning boy ijodiy merosi haqiqiy xalq mulkiga aylandi. Uning asarlari bir qancha tillarga tarjima qilindi va jahon adabiyotidan munosib o’rin oldi . etdi .
  • .
  • Alisher Navoiyning o’zbek tili to’g’risida
  • Alisher Navoiy o’zbek tili haqida .
  • ALISHER NAVOIY IJODIDAN NAMUNALAR . . .
  • Mehnat va mehnatsevarlik haqida.
  • Mehnat qilsang ,
  • yasharsan,
  • Katta-katta osharsan .
  • Mehnatdan kelsa boylik , Turmush bo’lar chiroylik.
  • Ish - ishtaha ochar. Dangasa ishdan qochar.
  • NIZOMIY GANJAVIY
  • (1141 - 1209 yil)
  • Asl ismi Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayya.
  • Hozirgi Ozarbayjonning Ganja shahrida tug‘ilgan.
  • Nizomiy fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy, sanskrit va boshqa ko‘p tillarni bilib, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyotshunoslik, ximiya, astronomiya, matematika singari fanlarni puxta bilgan.
  • Nizomiy Ganjaviy yashagan davrda Ozarbayjonda Shirvon Tohir sulolasi hukmronlik qilar edi. Ular shoirni o’z saroylariga taklif qildi, lekin Nizomiy bu taklifni rad qilib, erkin ijod qilishni ma’qul ko’rdi. U o’z asarlarini fors tilida yozdi, chunki bu til o’sha paytda Ozarbayjonda davlat tili hisoblanar edi. Ganjaviyning o’z ona tilida ijod qilolmaganidan afsuslanib yozgan she’rlari ham bor.
  • Nizomiy Ganjaviyning 20 ming baytdan iborat she’riy devoni bo’lgan. Shoirning lirik she’rlari turli bayoz va to’plamlardan tarkib topib, jamlangan. Lekin undan ayrim parchalar: 16 qasida, 192 g’azal, 5 qit’a, 68 ruboiy va 17 bayt saqlanib qolgan, xolos.
  • Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib «Xamsa» yozgan. U yozma adabiyotda birinchi bo‘lib Mehinbonu obrazini yaratgan. Nizomiy asarlari boshqa shoirlar ijodiga ta’sir qilgan. Masalan, shoir Haydar Xorazmiy «Mahzanul-asror» dan ilhomlanib, «Gulshanul-asror» asarini yozgan. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Aaisher Navoiy kabi shoirlar «Xamsa» chilik an’anasini davom ettirganlar
  • ASARLARI.
  • «Xamsa» («Panj ganj» («Besh xazina»)), 1173 - 1201 yillar orasida yozilgan. Unda quyidagi dostonlar bor:
  • 1. «Mahzanul asror» («Sirlar xazinasi», (1173 - 1179 yillar)
  • 2. «Xusrav va Shirin» (1180-1181)
  • 3. «Layli va Majnun» (1188)
  • 4.«Xaft paykar» («Yetti go‘zal»))
  • 5. «Iskandarnoma» (1196-1201)
  • 1. "Mahzan ul-asror" ("Sirlar xazinasi“) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab yozilgan. Asar muqaddima va xotimadan tashqari 20 maqola boʻlib, har maqolaga oid 20 hikoya mavjud. Asarda shoir yashagan davrning muhim ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-taʼlimiy masalalari aks etgan. Kichik-kichik hikmatli hikoyalar, shoir aforizmlari bu asarda ko’plab keltirilgan. Bu hikoyatlar fikrni tasdiqlash yoki yakunlash uchun qo’llanilgan. Masalan, davlat boshliqlarini adolatga chaqiruvchi Anushervon haqidagi hikoyat xarakterlidir.
  • Abdurahmon Jomiy (1414-1492)
  • Temuriylar saltanati hukmronliga davrida Movarounnahr va Xurosonda badiiy adabiyot ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Shu davrda fors-tojik adabiyoti o‘zining yangi rivojlanish pog‘onasiga erishgan bo‘lsa, uzbek adabiyoti Alisher Navoiy, Mavlono Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Sayyid Qosimiy, Yaqiniy ijodlari misolida o‘z taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko‘tarildi.
  • Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang», Alisher Navoiyning «Xamsa», «Xazoyin ul-maoniy» asarlari shu davr Haft avrang» («Yetti taxt») deb nom qo‘yar ekan, Temuriylar sulolasidan yetti shoh (Amir Temur, Xalil Sulton, Shohrux, Ulug‘bek, Abulqosim Bobur, Abu Sayd, Mirzo Husayn Boyqaro)ni ko‘zda gutgan bo‘lsa, Navoiy o‘z «Xamsa»sini yaxlit holda Husayn Boyqaroga bag‘ishlagan va bu bilan har ikki muallif ham shu davr hukmdorliriga o‘zlarining ma'lum ma'noda minnatdorchiliklarini namoyon etgan edilar.
  • Temuriylar davridagi adabiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri adabiy jarayonning yagonaligi, unda turkiy tilda ijod qiluvchilarning ham, forsiyda qalam tebratuvchilarning ham barobar va faol qatnasha olgani edi. Buni biz Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasida yaqqol ko‘ramiz. Unda ijodkorlar til xususiyatlariga qarab bir-biridan ajratilmagan. Husayn Boyqaro hukmdorligi davridagi adabiy hayotga to‘xtalar ekan, Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma"da: "Shuarodin bu jam'ning saromad va sardaftari Mavlono Abdurahmon Jomiy edi", - deb yozadi. Binobarin, faqat forsiy adabiyotning emas, shu davrdagl o‘zbek adabiyotining gullab-yashnashida ham Abdurahmon Jomiyning roli juda katta bo‘lgan.Abdurahmon Jomiy Shohrux hukmdorligi davrida- 1414 yil 7 noyabrda Nishopur yaqinidagi Jom shahrida, ruhoniy oilasida du-nyoga keldi. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan bo‘lib Jomda turib qolishgan.
  • Bobosi Mavlono Muhammad va otasi Nizomiddin Ahmad singari Abdurahmon ham qo‘liga qalam olib, she'r yoza boshlagan vaqtdan boshlab o‘z tavallud topgan shahri nomini o‘ziga adabiy taxallus qilib olgan (Ba'zi olimlarning fikricha, "Jom" so‘zi "idish" ma'nosida tasavvufiy tushunchani ham biddiradi. Sharqdagi adabiy an'anaga ko‘ra adabiy taxallus ko‘p ma'noli bo‘lishi ma'qul ko‘rilgan).
  • U asosiy umrini Hirotda o‘tkazdi va shu yerda mashhur shoir va mutafakkir bo‘lib yetishdi. Bolalik chog‘idayoq Jomiy zehnining o‘tkirligi bilan ajralib turgan. Boshlang‘ich ma'lumotni u otasidan olgan. Oilaning Hirotga ko‘chishi, otasining bu yerda shayx ul-islom mansabiga tayinlanishi Jomiy hayotida muhim ahamityaga ega bo‘ldi.
  • Hirotda uning o‘qishiga Xoja Alouddin Ali Samarqandiy, Shahobiddin Muhammad Jojarmiy kabi mashhur mualliflar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Natijada u arab tili, ilohiyot, tasavvuf, she'r qoidalari, adabiyot tarixi va boshqa fanlarning asoslarini juda erta va o‘zlashtira boshladi.
  • Jomiy turli fanlar bo‘yicha o‘z tahsilini Samarqandda nihoyasiga yetkazishni ixtiyor qilar ekan, u Ulug‘bek madrasasida Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi allomalarning ma'ruzalarini eshitish sharafiga muyassar bo‘ldi. U fiqhshunos olim, arab tili, "Qur'on", hadislar bo‘yicha mutaxassis Fazlulloh Abullaysdan ham ko‘p dars oddi.
  • Hirotda Jomiy tasavvuf yo‘liga kirishni, o‘z bilim va faoliyatini shu yo‘lga, qolaversa ijodga, ilm-fanga bag‘ishlashni afzal ko‘radi. Yosh Jomiy Shayx Sa'daddin Koshg‘ariy bilan yaqinlashib, unga qo‘l beradi va tez orada uning hurmatini qozonadi. Jomiy pirining qiziga uylanadi. Sa'diddin Koshg‘ariy tasavvufda Muhammad Naqshband sulukiga mansub edi.
  • 1469 yili Sulton Husayn Boyqaro Hirot taxtiga o‘ltiradi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, 1476-77 yillar orasida u o‘z do‘sti va vaziri Alisher Navoiy bilan Jomiyni o‘ziga pir va ustoz deb taniydi. Bu Jomiy hayoti va faoliyatida katta voqyea bo‘ldi.
  • Jomiy kundalik hayotda oddiy, darvishona yashasa ham, birok shoh va unga aloqador kishilarning, hatto uni asarlari orqali tanigan boshqa mamlakat podshohlarining unga muruvvati katta edi. Shunint uchun u o‘ziga tushgan daromadlar hisobiga bir qancha binoyi hayriyalar, shu jumladan Hirotda ikki madrasa va xonaqoh, tutilgan shahari - Jomda bir masjid qurish imkoniga ega bo‘lgan. Uning Shamsiddin Muhammad ismli ukasi bo‘lib, u katta tabib, olim va sozanda bo‘lib yetishgani ma'lum.

Xusrav Dehlaviy   (taxallusi; toʻla nomi Yaminiddin Abdulhasan) (1253, Patyoli — 1325.27.9 Dehli) — fors shoiri, adabiyotshunos, bastakor.

X.D.ning otasi Sayfuddin Maxmud kesh (shahrisabz)lik boʻlib, moʻgʻullar istilosi vaqtida turkiy sulolalar hukmronlik qilayotgan Hindistonga koʻchgan. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish (1211—36) unga amirlik unvonini bergan. Sayfuddin Maxmud moʻgʻullarga qarshi jangda halok boʻlgach (1261), yosh X.D.ni bobosi Imodulmulk oʻz tarbiyasiga olgan. Uning shaxs va shoir sifatida shakllanishida onasi Davlatnozbegimning ham xizmati katta. Xushxat boʻlgani uchun xattot qilish maqsadida otasi uni dastlab Qozi Saʼduddin Muhammad ixtiyoriga bergan. 

  • X.D.ning otasi Sayfuddin Maxmud kesh (shahrisabz)lik boʻlib, moʻgʻullar istilosi vaqtida turkiy sulolalar hukmronlik qilayotgan Hindistonga koʻchgan. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish (1211—36) unga amirlik unvonini bergan. Sayfuddin Maxmud moʻgʻullarga qarshi jangda halok boʻlgach (1261), yosh X.D.ni bobosi Imodulmulk oʻz tarbiyasiga olgan. Uning shaxs va shoir sifatida shakllanishida onasi Davlatnozbegimning ham xizmati katta. Xushxat boʻlgani uchun xattot qilish maqsadida otasi uni dastlab Qozi Saʼduddin Muhammad ixtiyoriga bergan. 

Lekin bolaning sheʼr yozishga mayli kuchli ekanini koʻrgan ustozi va bobosi uni shoir Hoja Aziziddin tarbiyasiga topshirganlar. Yoshligidan alohida qobiliyati bilan ajralib turgan X.D. oʻsha zamonning asosiy fanlari boʻyicha keng va chuqur bilim olib, turk, fors, arab va hind tillarini mukammal oʻzlashtirgan. Shoir, olim, bastakor sifatida tanilgan X.D. saroy xizmatiga jalb qilingan. Uch sulolaga mansub 7 sulton saroyida xizmatda boʻlgan X.D. oʻsha davr anʼanalariga koʻra, oʻz asarlarini ana shu sultonlarga bagʻishlagan. X.D. umrining oxirida saroy xizmatini tark etib, chishtiya tariqatining mashhur shayxi Nizomiddin Avliyoga murid tushgan, tariqat bosqichlarini bosib oʻtib, valiulloh maqomiga erishgan. Shohona Xusrav ismidan voz kechib, faqirona Muhammad Kosales nomini olgan. Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" tazkirasida uni avliyolar qatorida zikr etgan. X.D. Dehlida Nizomiddin Avliyoning oyoq tomoniga dafn etilgan.

  • Lekin bolaning sheʼr yozishga mayli kuchli ekanini koʻrgan ustozi va bobosi uni shoir Hoja Aziziddin tarbiyasiga topshirganlar. Yoshligidan alohida qobiliyati bilan ajralib turgan X.D. oʻsha zamonning asosiy fanlari boʻyicha keng va chuqur bilim olib, turk, fors, arab va hind tillarini mukammal oʻzlashtirgan. Shoir, olim, bastakor sifatida tanilgan X.D. saroy xizmatiga jalb qilingan. Uch sulolaga mansub 7 sulton saroyida xizmatda boʻlgan X.D. oʻsha davr anʼanalariga koʻra, oʻz asarlarini ana shu sultonlarga bagʻishlagan. X.D. umrining oxirida saroy xizmatini tark etib, chishtiya tariqatining mashhur shayxi Nizomiddin Avliyoga murid tushgan, tariqat bosqichlarini bosib oʻtib, valiulloh maqomiga erishgan. Shohona Xusrav ismidan voz kechib, faqirona Muhammad Kosales nomini olgan. Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" tazkirasida uni avliyolar qatorida zikr etgan. X.D. Dehlida Nizomiddin Avliyoning oyoq tomoniga dafn etilgan.

Asarlari

  • Ilk asarlarini "Sultoniy" taxallusida yozgan. Dexlida yashagani uchun keyin Dehlaviy taxallusini olgan. U Sharq adabiyotining deyarli barcha janrlarida ijod qilib, forsiy sheʼriyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. U nafaqat sheʼriy, balki nasriy asarlar ham yozgan. Oʻzining aytishicha, merosi 500 ming baytga yaqin boʻlgan. Jomiy uning 99 ta kitob yozganini aytadi, baʼzi tazkiranavislar shoirni 199 kitob muallifi deb yozadilar. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha, "Shoirlardan hech biri oʻzidan keyin Amir Xusravchalik koʻp sheʼr qoldirmagan. U forsiydan tashqari, urdu, hind va arab tillarida ham asarlar yozgan".
  • Hayoti davomida yozgan sheʼriy merosini umr fasllariga moslab, 5 devon tartib bergan shoir Sharq adabiyotida devon tuzish anʼanasini boshlab bergan. Keyinchalik Jomiy va Navoiy ushbu anʼanani davom ettirib, devonlarini shu tartibda tuzganlar. Bu devonlar "Tuhfat ussigʻar" ("Yoshlik tuhfasi", 1272), "Vasat ulhayot" ("Umr oʻrtasi", 1284), "Gʻurrat ulkamol" ("Kamolot ibtidosi", 1293), "Baqiyai naqiya" ("Saralarning sarasi", 1316), "Nihoyat ulkamol" ("Kamolot nihoyasi" 1325) deb atalib, umumiy hajmi 32645 bayt. Shoirning 2000 dan ortiq gʻazal, 300 atrofidagi qasida, 20 ga yaqin masnaviy, 1200 dan ziyod ruboiy, 500 tacha qitʼa va boshqa janrlardagi asarlari ushbu devonlardan oʻrin olgan.

Xamsa

  • Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"siga javob yozish bilan xamsanavislik anʼanasini boshlab bergan. Uning 1299—1302 yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bagʻishlangan "Xamsa"si quyidagi dostonlarni oʻz ichiga oladi: "Matlaʼ ul anvor" ("Nurlarning chiqish joyi"), "Shirin va Xusrav", "Majnun va Layli", "Oinai Iskandariy" ("Iskandar oyinasi"), "Hasht bihisht" ("Sakkiz jannat"). U Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar silsilasini saqlagan holda, ularni oʻziga xos talqin etgan va yangi mazmun bilan boyitgan. Nizomiy dostonlari .shoir dunyoqarashining kengligi va bilimining teranligini namoyish etsa, X.D. "Xamsa"si ruhiyat teranligi va qalb boyligiga ega. X.D. "Xamsa"si oʻzidan keyingi shoirlarga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Bundan tashqari, u "Qiron ussaʼdayn" ("Ikki saodatli sayyoraning uchrashuvi", 1289), "Miftoh ulfutuh" ("Gʻalabalar kaliti", 1291), "Duvalroniy va Xizrxon" (1316), "Noʻx sipehr" ("Toʻqqiz falak", 1318), "Toʻgʻluqnoma" dostonlarini ham yozgan. 5 risoladan iborat "Eʼjozi Xusraviy" ("Xusrav moʻʼjizasi", 1319) nasriy asari esa adabiyot nazariyasi masalalaridan bahs etadi. Uning "Manoqibi Hind" ("Hind manoqibi") va "Tarixi Dehli" ("Dehli tarixi") kabi tarixiy asarlar yozganligi haqida maʼlumotlar boʻlsada, ular hozircha topilgan emas. Musiqaga bagʻishlab yozgan risolasi ham bizgacha yetib kelmagan. Koʻplab kuylarni unga nisbat beradilar.

  • Bundan tashqari, u "Qiron ussaʼdayn" ("Ikki saodatli sayyoraning uchrashuvi", 1289), "Miftoh ulfutuh" ("Gʻalabalar kaliti", 1291), "Duvalroniy va Xizrxon" (1316), "Noʻx sipehr" ("Toʻqqiz falak", 1318), "Toʻgʻluqnoma" dostonlarini ham yozgan. 5 risoladan iborat "Eʼjozi Xusraviy" ("Xusrav moʻʼjizasi", 1319) nasriy asari esa adabiyot nazariyasi masalalaridan bahs etadi. Uning "Manoqibi Hind" ("Hind manoqibi") va "Tarixi Dehli" ("Dehli tarixi") kabi tarixiy asarlar yozganligi haqida maʼlumotlar boʻlsada, ular hozircha topilgan emas. Musiqaga bagʻishlab yozgan risolasi ham bizgacha yetib kelmagan. Koʻplab kuylarni unga nisbat beradilar.
  • X.D. oʻz asarlarida barcha zamonlar uchun muhim boʻlgan koʻplab ijtimoiyaxloqiy masalalarni badiiy talqin qilgan. Odil podsho orzusi, davlat mustahkamligi va mamlakat farovonligi, raiyat tinchligi, maʼrifat tantanasi, komil inson muammosi kabi gʻoyalar shoir asarlarining asosiy mazmunmohiyatini tashkil etadi. Badiiy soʻzning qudratini namoyon qilgan asarlari ijod ahli uchun mahorat maktabi hisoblanadi.
  • X.D. rangbarang mavzu va janrlardagi badiiy yuksak asarlari bilan Hindistondagi forsiyzabon adabiyotning tamal toshini qoʻygan. Uning ijodi tufayli Xuroson va Movarounnaxr soʻz sanʼatida mavjud boʻlgan barcha janrlar Hindiston adabiyotiga kirib borgan.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish