22
Mil.iy V asrda qullar va kolonlarning qo`zg‟olonlari hamda ularga xayrixoh bo`lgan
varvarlarning Rimga bosqini natijasida Rim imperiyasi qulab, quldorlik tuzumi emiriladi. Uning
o`rniga yangi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – feodalizm vujudga keladi. U IV – V asrlarda tarkib topa
boshlab, XI – XV asrlarda yuqori bosqichga ko`tariladi va XVI – XVII asrlarda inqirozga yuz tutib,
emirila boshlaydi. Shu tariqa yerga xususiy mulkchilikka asoslangan feodalizm o`rnini
kapitalistik
ishlab chiqarish munosabatlari egallaydi. Shuning uchun qadimgi dunyo tarixining oxiri VI asrdan
yangi zamon kapitalizmning boshlanishi – XVII asrgacha bo`lgan davr O`rta asrlar nomi bilan
yuritiladi. O`rta asrlar adabiyoti ikki davrga bo`linadi: 1. Ilk o`rta asrlar adabiyoti. 2. Uyg‟onish davri
adabiyoti. Ilk o`rta asrlar adabiyoti 10 asrdan ziyod davrni qamrab oladi va o`z ichida ikki bosqichga
bo`linadi: 1. Qabila tuzumining emirilishi va feodalizmning barpo bo`lishi davri adabiyoti (V – X
asrlar). 2. Rivojlangan feodalizm davri adabiyoti (XI – XV asrlar). Ilk o`rta asrlar davri adabiyotining
taraqqiyotiga uch omil barakali ta`sir ko`rsatdi: 1. Xalq og‟zaki ijodi. 2.Antik san`at. 3.Xristianlik
dini.
Ilk o`rta asrlar adabiyotining ikkinchi bosqichi g‟oyaviy-badiiy jihatdan bir muncha yuksak
bo`lib, asosan u bilan bog‟liq masalalarga to`xtalamiz. Bu bosqich adabiyotida uchta yo`nalish
mavjud edi va ular quyidagilardir: 1. Xalq adabiyoti. 2. Diniy – cherkov adabiyoti. 3. Feodal – ritsar‟
adabiyoti.
Xalq adabiyotining eng etuk namunalari Frantsiya qahramonlik eposi “Roland
haqida
qo`shiq”, Ispaniya qahramonlik eposi “Sid haqida qo`shiq”, Germaniya qahramonlik eposi
“Nibelunglar haqida qo`shiq” dostonlaridir. Dastlabki ikki asarda ham G‟arbiy Evropa feodallarining
Salb yurishlari o`z aksini topgan. Ulardan keyingisi “Sid haqida qo`shiq”ning markazida turuvchi
bosh obraz tarixiy shaxs bo`lib, uning asl ism-sharifi Rodrigo Dias, Sid, to`g‟rirog‟i Said (arabcha
“janob”) esa uning laqabidir. Rodrigo Dias 1040 – 1099 yillarda
yashagan vaispaniyani arab
istilochilaridan ozod kilish milliy harakati – rekonkistaning yirik arbobi sifatida shon-shuhrat
qozongan. 1140 yilda yaratilgan bu asar o`z tuzilishiga kura uch qismdan iborat: 1. Quvilish haqida
qo`shiq. 2. To`y haqida qo`shiq. 3. Korpes haqida qo`shiq. Kastiliya qiroli Al‟fons buyrug‟i bilan
vatanidan quvilgan Sidning harbiy drujina to`plashi va u bilan Valensiya viloyatini ozod etishi va
boshqa voqealar asar asosiga qo`yilgandir. “Nibelunglar haqida qo`shiq”
dostoni esa biz yuqorida
qayd etgan asarlardan bir muncha farq qiladi. 1200 yilda yaratilgan bu asarda ko`chmanchilik
davridagi nemis hayoti, qahramonlik va jangovor yurishlari o`z aksini topgan. “Nibelunglar haqida
qo`shiq” dostonida fantastik elementlarga ancha keng o`rin beriladi.
Ilk o`rta asrlar G‟arbiy Evropasining asosiy mafkurasi xristianlik dini edi. Bu mafkura bir
muncha shakllangan strukturaga ega diniy tashkilotlar – cherkovlar tomonidan olib borilardi. Uning
g‟oyalarini o`zida obrazli tarzda aks ettiruvchi adabiyot ham yuzaga kelgan bo`lib, uning ommaga
ta`siri ham kuchli bo`lganligini faraz qilish mumkin. Bunday deyayotganligimizning boisi shundaki,
sobiq sho`ro tuzumi sharoitida bu davr G‟arbiy Evropasi diniy-cherkov adabiyoti namunalarini chop
etish va tadqiq qilishdan ongli suratda Chetlab o`tildi. Bu adabiyot haqida ma`lumot beradigan
asarlar juda kam bo`lib, ular sirasiga XI asrda Frantsiyada yaratilgan “Avliyo Aleksiyning
umrguzaronligi” asarini kiritish mumkin. Unda o`z taqvodorligi
tufayli oxir-oqibat avliyo
darajasiga ko`tarilgan Aleksiyning riyozat to`la hayoti hikoya qilinadi.
O`rta asrlar sharoitida ritsarlik feodal zodagonlarning o`ziga xos muhim xususiyati edi. Ayni
mana shu ijtimoiy hodisa XII-XIII asrlarda ritsarlik adabiyotining yuzaga kelishi uchun sabab
bo`ladi. Bu adabiyot dastlab Frantsiyada tug‟ilib, so`ng boshqa Evropa mamlakatlariga tarqaladi. Ilk
ritsarlik uchun mardlikning o`zi kifoya qilgan bo`lsa, so`ngra u kurtuazcha nozik didli, ko`rkam,
g‟oyat sezgir va xushmuomala bo`lishi ham lozim, degan talablar o`rtaga qo`yiladi.
SHuningdek,
insoniy his-tuyg‟ularni qadarlash, ayollarga nozik iltifot, romantik sevgi kechinmalarini madh etish
rasm bo`lib qoladi. Ritsar‟-kurtuaz adabiyoti lirika sohasida trubadurlar
lirikasi degan nom bilan
yuritiladi. Bu atama frantsuzcha “truver” so`zidan olinib, “topmoq”, “ijod qiloq” ma`nolarini
anglatadi. Ayollar kul‟ti, ayollarni ulug‟lash trubadurlar lirikasining asosiy g‟oyaviy yo`nalishidir.
Uning kantsona, sirventa, tentsona, al‟ba, pastorela kabi janrlaridan har biri o`ziga
xos mavzu
doirasiga egadir. Masalan, al‟ba tong qo`shig‟i bo`lib, tunda o`z ma`shuqasi bilan visol qurgani
kelgan ritsarni uning do`sti qo`shiq kuylab, tong otganidan xabardor qiladi. Trubadurlar lirikasining
Frantsiyadagi eng etuk vakillari Bernard de Ventadorn (1142 – 1195 yillar) va Bertran de Born (1140
– 1215 yillar) edilar. Germaniyada esa ritsarlar lirikasi “Minnezang” deb atalgan va Vol‟fram fon
eshenbax (1170 – 1220 yillar) uning eng go`zal namunalarini yaratgan.