«Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi



Download 5,11 Mb.
bet11/145
Sana30.04.2022
Hajmi5,11 Mb.
#600632
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145
Bog'liq
Buxoro filiali

Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi psixika moddiy bo‘lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. Shaxsni o‘rganishda biz psixik faoliyatning ko‘plab tashqi ko‘rinishlariga duch kelamiz. Ulardan asosiylari:

  • og‘zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o‘zi (shaxsiy hisobot ma’lumotlari) haqidagi mulohazalari g‘oyat muhim hisoblanadi. Nutq orqali shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarashlari, intilishlari, bilimi va boshqalar haqida xulosaga kelish mumkin;

  • shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o‘z qo‘llari bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar aniqroq ma’lumot beradi;

  • psixik faoliyatning tashqi ko‘rinish va tanada namoyon bo‘lishi. Bu ko‘z qarashining ma’nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon aylanishining o‘zgarishi, miya elektr faolligining o‘zgarishi va hokazo.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi namoyon bo‘lishigina emas, balki psixikaning o‘zi tashqi namoyon bo‘lishiga qarab ham o‘zgaradi. Agar tergovchi yoki aybdor masalan, so‘z yozishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Ushbu faktni aniqlash (bir harf o‘rniga boshqa harf yozilgan)dan avval xatoning sabablarini bilish lozim.
Psixikani tashqi namoyon bo‘lish shakli orqali o‘rganish vositali bilish deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o‘rganishning asosiy metodi sifatida o‘z-o‘zini kuzatish (introspensiya) metodidan foydalanib kelingan. Biz o‘z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o‘z-o‘zini kuzatish metodi o‘ta qulay tuyuladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir, chunki o‘z-o‘zini kuzatish ko‘pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto‘g‘ri ko‘rsatadi.
Psixika taraqqiyotida faoliyatningyetakchi o‘rin tutishi prinsipi inson psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda o‘rganish mumkin emas.
Psixik hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik prinsipi bizning ichki dunyomiz yagona, bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o‘rganishning o‘zi asosiy maqsad bo‘lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta’sirini hisobga olish lozim bo‘ladi.
Psixik faoliyatni o‘rganishda obyektivlik prinsipi boshqa tekshi- ruvchilar qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o‘rganishni, real holatni ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.
Nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi prinsipi nazariya amaliyot uchun asos ekanligini, u o‘z qobig‘iga o‘ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi yo‘nalishlar ko‘rsatishni anglatadi.
Kasbiy psixologiya fanining bu prinsiplari birgalikda qo‘llaniladi va ular har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi.
Kasbiy psixologiya fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o‘rganish metodlari («metod» grekcha so‘z bo‘lib, «biror narsaga borish yo‘li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlar to‘g‘risidagi bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig‘indisidir.
Har qaysimiz kundalik hayotda odamlar bilan uchrashib, ular bilan gaplashamiz, gapga hayajon bilan yoki xotirjamlik bilan javob beramiz, bir xil odamlar bizga yoqimli bo`ladi, boshqalari uncha yoqimli bo`lmaydi.
Biz biror faktni, biror voqea yoki xodisani bilib olar ekanmiz: o`ylab ko`ramiz, ko`ngildan kechiramiz yoki unga beparvo qaraymiz, ya'ni bir xil narsa bizni qiziqtiradi, boshqasiga etibor bermaymiz.
Odamning nomunosib xulq-atvorini ko`rar ekanmiz, achchiqlanamiz va g`azablanamiz, uni tanqid qilamiz: fidokorona ish, ko`rsatilgan mehribonlik bizni quvontiradi.
Mehnat qilar ekanmiz, sabzovot bilan, ruhlanib, belgilab qo`yilgan rejalarning amalga oshirilishiga erishamiz, lekin ba'zan g`ayrat ko`rsatmay sustlik bilan ishlaymiz.
Xilma-xil narsalarni ko`rar ekanmiz, ularni ko`zdan kechiramiz, ular bizga yo yoqadi, yoki yoqmaydi, bir xil narsani esda tutamiz, boshqasini esa unutib yuboramiz, bir xil narsaga diqqat qilamiz, boshqa bir narsani payqamay qolamiz.
Yaxshi kitob, yoqimli to`y, rassomlik san'atining go`zal asari har qaysimizga rohat bag`ishlaydi.
Bularning hammasi va ko`pdan-ko`p narsalar - psixik xayotimizning, ya'ni ruhiy dunyomiz haqidagi fandir.
Shuning uchun ham psixologiya bizning o`zimiz haqimizdagi, bizning ichki, ruhiy dunyomiz hakqidagi fandir.
Psixologiya psixik jarayonlarni: sezgilar, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, iroda, xayol, hislarini va shaxsning temperament, xarakter, qobiliyat, ehtiyojlar kabi xossalarini o`rganadi;
shuningdek psixologiya fani odam faoliyatining xususiyatlarini o`rganadi.
Boshqacha qilib aytganda, psixologiya shaxsga xos bo`lgan barcha xilma-xil individual xususiyatdarni hamda barcha odamlarga xos bo`lgan umumiy psixik sifatlarni o`rganadi.
Odamning psixik xayoti murakkab va ko`p qirralidir: u faqat tashqi muhitning ta'sirlarigagina bog`liq bo`lib qolmay, balki Yuksak nerv faoliyatining, miya ishining murakkab, nerv-fiziologik qonuniyatlariga ham bo`ysunadi.
Psixik jarayonlar va shaxsning xususiyatlari o`zaro chambarchas bog`langan, hamisha bir-biri bilan turlicha bog`langan va bir-biriga bog`liq holda namoyon bo`ladi. Muayyan bir paytda hech qachon faqat bittagina psixik jarayon ro`y bermaydi yoki shaxsning faqat bittagina xususiyati namoyon bo`lib qolmaydi. Masalan, idrok etish jarayoni bilan ham , xayol jarayoni bilan ham, tafakkur bilan ham, xotira bilan ham juda chambarchas bog`langan. Chunki agar biz o`qish qiyin bo`lgan xatni idrok etar ekanmiz, buni batamom tushunib etishimizga xayol ham, tafakkur ham, xotira ham yordam qiladi.
Psixologiyaning eng muhim vazifalaridan barcha psixik xodisalarni o`rganish va tushuntirib berish, ya'ni ob'ektiv qonuniyatlar asosida vujudga keltiradi, rivojlanadi va tarkib topadi.
Psixologiya taraqqiyotining butun tarixi davomida psixik xodisalarni materialistik tarzda tushunish va tushuntirish bilan idealistik tarzda tushunish va tushuntirish o`rtasida keskin va murosasiz kurash bo`lib kelgan. Kurash bo`lmokda. Idealistik psixologiya psixik xayotning odam organizmiga, nerv sistemasiga, uning xayoti va tarbiyasi sharoitlariga bog`liq ekanligini inkor etadi. Idealistlarning fikricha odamning fikrlari, xislari, istak va intilishlari, xatti-harakatlari, xulk-atvori ong bilan belgilanadi.
Chet ellardagi ko`pgigna tadqiqotchi - psixologiya endilikda idealistik pozitsiyalardan tobora ko`prok qaytib, odam psixik xayotini materialistik tarzda tushunishga yaqinlashib bormoqdalar.
Materializmning idealizmdan eng asosiy farqi materiyani birlamchi va psixikani, ongni ikkilamchi deb e'tirof qilishdadir. Psixika moddiy olam taraqqiyotining eng yuqori bosqichida - tirik mavjudotlar: hayvonlar va odamlar paydo bo`lgan bosqichda vujudga kelgan. Hayvonlarning evolyutsion taraqqiyotlari davomida psixikaning maxsus organlari- nerv sistemasi, keyinrok esa - psixikaning oliy bo`limi - miya tarkib topgan. Yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan hayvonlar va odamda psixikaning taraqqiyoti bosh miya katta yarim sharlari po`stining rivojlanishi bilan uzviy, chambarchas bog`langan.
Shunday qilib, psixika, ong-materiya taraqqiyotining yuqori bosqichida vujudga keladigan xossasidir. Bu xossa - alohida yo`sinda tashkil topgan materiya - miyaning Yuksak darajadagi mahsulidir.
Psixikaning, ongning moxiyatini dialektik materializm asosidagi chinakam ilmiy tarzda tushunish mumkin bo`ladi.
Dialektik materializm psixika bilan materiyaning aynan bir narsa deb hisoblanishini rad etadi. Psixikaning miyaga bog`liq ekanligini rad etish, psixika va ong moddiy, fiziologik jarayonlardan boshqa emas, degan ma'noni bildirmaydi.
Shunday qilib, biz psixologiyani bunday deb, ta'riflamog`imiz mumkin: psixologiya psixika haqidagi fandir, psixika Yuksak darajada tashkil topgan materiya - miyaning funktsiyasidir, ob'ektiv voqelikni aks etirishdan iborat bo`lgan fandir.
Ob'ektiv voqelik narsalarni va xodisalarni miyamiz bilan aks etirish , ya'ni psixikamiz - maxsus ravishda o`rganish va ilmiy asosda tekshirish kerak bo`lgan murakkab jarayondir.
Psixologiyaning asosiy vazifasi odamning psixik faoliyatining qonunlarini o`rganishdir.
Psixologiya qonunlari ob'ektiv olam odamning bosh miyasi po`stida aks etishi qanday ro`y berishini, odamning o`z tevarak atrofidagi ob'ektiv olamni qanday bilishini ko`rsatadi. Bu qonunlar odamning harakatlarini yo`llab turadi. Psixologiya qonunlari shaxs psixik faoliyatining qanday taraqqiy topishini ko`rsatadi.
Psixologiya psixik xodisalarning odam xayoti va faoliyatining ob'ektiv shart-sharoitlariga bog`liq ekanligini :
masalan, xayot va tarbiya sharoitlarining ta'siri bilan o`smir xarakterining qanday vujudga kelishini, unda mehnatsevarlik, o`qishga vijdon bilan qarash va shu qobiliyatlarning qanday tarkib topishini tekshiradi.
Psixologiya psixik jarayonlarning miya aks etiruvchi faoliyati mexanizmlari bo`lgan fiziologik jarayonlar bilan bog`lanshini bir butun xolda o`rganadi.
Bolalar psixologiyasi bola psixik faoliyati taraqqiyotining turli yosh xususiyatlarini o`rganadi, bu xususiyatlarni o`rganish turli yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishini to`g`ri tashkil qilish uchun mutlaqo zarurdir. So`nggi yillardagi psixologik tadqiqotlar maktab bolalarining turli yoshdagi imkoniyatlari ilgari o`ylaganimizdan ko`ra ancha katta ekanligini ko`rsatmokda. Bu tadqiqotlar turli o`quv fanlariga oid bo`lgan maktab dasturlarining mazmuni tubdan qayta qarab chiqish uchun ilmiy jihatdan asosli material beradi.
Pedagogik psixologiya bolalar psixologiyasini bilishga suyanib ta'lim jarayonida o`quvchi bolalarning bilim, malaka va ko`nikmalar sistemasini juda muvafaqqiyatli va chuqur o`zlashtirish qonuniyatlarini, shuningdek, shaxsning mexnatsevarlik, intizomlik, jamoatchilik hissi va shu singari xususiyatlarning tarkib topishini o`rganadi.
O`quvchilar psixologiyasini, ularning ta'lim va tarbiya psixologiyasini chuqur bilish o`qitish metodikalarining asosini tashkil qiladi. Bolalar o`sishining psixologik asoslarini yaxshi bilmay turib o`quvchilarning o`qitishning bironta metodikasini ham to`g`ri tuzib bo`lmaydi, o`quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviiy ishning to`g`ri metodlarini ko`rsatib bo`lmaydi.
Psixologiyani bilish o`z-o`zini, o`z ruhiy xayotini, o`zining zaif va kuchli tomonlarini tushunib olishga yordam beradi. O`z-o`zini bilish odamning o`z-o`zini to`g`ri tarbiyalash, o`z qobiliyatlarini o`stirish va o`z xulq- atvoridagi kamchiliklarga barxam berishini engillashtiradi.
Psixik holatlar, jaraonlar va shaxsiy xususiyatlar o'zgarmas hodisalar emas, ular odamning hayoti va faoiliyati davomida rivojlanadi va o'zgarib, barcha o'zgarshlar singari muayyan qonunlarga bo'ysunadi.
Psixologiya fani psixik jarayonlar, holatlar va shaxsiy xususiyatlarni faqat tasvirlabgina qolmay, balki ularning yuzaga kelish sabablarini ham tushuntiradi. Fan sifatida uning vazifasi psixik hayotning asosiy qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Hozirgi zamonning har bir kishisi psixologiyaning bu qonuniyatlarini bilishlari zarur.
Psixologiya odamning olamga, jamiyatga, o'z-o'ziga chinakam ilmiy qarashlarini shakllantirishda, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradigan, vazifani bajarishgaundaydigan fandir.
Hozirgi zamon psixologiyasi faqatgina psixik taraqqiyotning asosiy xususiyatlarini va qonuniyatlarini o`rganish emas, balki shaxs psixologik xususiyatlari xarakteristikasini ishlab chiqish, ontogenezda psixik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta'sir etuvchi omillarni belgilash hamda shaxsni har tomonlama ruhan rivojlantirishning psixologik jihatlarini aniqlash, psixik taraqqiyotni ta'minlovchi vositalarni ishlab chiqi shva amaliyotga joriy etishdek vazifalarni yuklaydi. Bu borada psixologiyada bir qator tadqiqiotlar amalga oshirilmoqda, ammo muammoni to`liq yoritish hamda psixik taraqqiyotni optimal darajada rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi vositalarga nisbatan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda.
Psixologiyaning asosiy metodlari. Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro‘si ham birinchi navbatda o‘sha metodlar yordamida to‘plangan malumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo‘lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. CHunki Yuqorida takidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ilg‘ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko‘plab fanlar bilan faol xamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog‘i o‘z vazifalarini echish va malumotlarga ega bo‘lish uchun ko‘plab metodlarni sinovlardan o‘tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo‘llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to‘plangan malumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
Quyida keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to‘g‘risida birlamchi malumotlar to‘playdi, to‘plangan malumot yana taxlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.
Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq - atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali malumotlar to‘plash usulidir. O‘z - o‘zini kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki xodisani o‘zi o‘rganish maqsadida malumotlar to‘plash va qayd etish usulidir.
Erkin kuzatuv ko‘pincha biror ijtimoiy xodisa yoki jarayonni o‘rganish maqsad qilib qo‘yilganda qo‘llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo‘lmaydi, kuzatuv obekti ham qatiy bo‘lishi shart emas. YOki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham bazan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo‘lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qatiy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq - atvoriga tasirini o‘rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‘sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo‘shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo‘l bilan olingan malumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo‘lsa, o‘zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim xodisalarni subektiv ravishda qayd etadigan bo‘lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi - yani kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo‘ladi va faqat bevosita ko‘zi bilan ko‘rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko‘rsatgichlarni qayd qilishda so‘zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr - qanoatiga bog‘liq bo‘lgan jihatlar, yana to‘plangan malumotlarni subektiv ravishda taxlil qilish xavfi bo‘lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.
So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi malumotlar to‘plashning ananaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo‘ladi.
Og‘zaki so‘roqni yoki bazan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o‘tkazadigan shaxs unga malum darajada tayyorgarlik ko‘rgach so‘roq o‘tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga etarli bo‘lmasa, so‘rov o‘z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so‘rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo‘lgan noyob malumotlarni to‘plash imkoniga ega bo‘ladi.

Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish