«Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi



Download 5,11 Mb.
bet9/145
Sana30.04.2022
Hajmi5,11 Mb.
#600632
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145
Bog'liq
Buxoro filiali

1. Metodika darajasi.
2. Metodik qo`llanma darajasi.
3. Metod darajasi.
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
5. Metodologik yondashish darajasi.
To`gri «metod» atamasining darajasini hohlagancha ishlatsa bo`ladi, masalan psixofizikada – o`rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiognostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi. (birinchi daraja); Yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to`grisida baxs yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to`rtinchi daraja) ko`rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo`llaniladigan usullarning darajali bo`lishini. G.D.Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo`lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish;
2) metodik qo`llanma;
3) metodik yondashuv
S. L. Rubinshteyn «Umumiy psixologiya asoslari» da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko`rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va «ichki» ga bo`lingan, eksperiment –labaratoriya ishi, tabiiy va psixologik – pedagogik, qo`shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o`rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o`tdi. Tabiiyki, vaqt bu klassifikatsiyaning qirralarini ta'kidladi. Shunday qilib, psixologiyani falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarni psixologik ro`yxatga qo`shilishi bilan ragbatlantirildi.
Tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o`rganishi yoki zarur bo`lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda.
Eksperiment metodi psixologiya fanida eng keng qo`llanadigan asosiy metodlardan biridir. Eksperiment metodi biz, o`rganilishi lozim bo`lgan biror psixik jarayonni laboratoriya sharoitida maxsus vujudga keltirib uni har turli asboblar yordami bilan tekshirish usulini tushunamiz.
Eksperiment metodi ikki turga bo`linadi:
1. Laboratoriya eksperimenti.
2. Tabiiy eksperiment.
Laboratoriya eksperimenti maxsus asboblar bilan jihozlangan laboratoriyalarda o`tkaziladi. Tabiiy eksperiment esa tabiiy faoliyat jarayonida o`tkaziladi. Har ikki eksperiment usuli dastavval umumiy psixologiyaning asosiy metodlari sifatida yuzaga kelgan va bolalar psixologiyasida ham keng qo`llaniladi. Laboratoriya eksperimenti metodining asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda o`rganilishi lozim bo`lgan psixik jarayonlarni (masalan, idrok, diqqat, xotira kabi) qanday sharoitda, qachon yuz berishini kutib o`tirmasdan, tekshiruvchi kishi (eksperimentator) sinalayotgan odamda shu jarayonlarni maxsus tarzda ishga soladi.
Bundan tashqari laboratoriya eksperimenti sharoitida eksperimentator o`rganayotgan har bir psixik jarayoni xohlagan marta ya'ni takror-takror yaxshilab sinab ko`rishi mumkin. Bu - murakkab psixik jarayonlarni tabiatini o`rganishda katta qulaylik tug`diradi. Birinchidan, istalgan psixik jarayonni takror-takror yuzaga keltirib sinchiklab o`rganish, bu jarayonlarni qonuniyatlariini aniqlash imkonini beradi.
Hozirgi kunda odamdagi ayrim psixik jarayonlarning yuz berish tezligi, diqqatning barqarorligi va kengligini, xotirani xususiyatlarini, o`quv hamda malakalarining qonuniyatlarini niq va puxta tekshira oladigan ko`plab maxsus asboblar mavjuddir. Masalan, elektron xronoskop orqali ayrim psixik (aks ettirish - ko`rish eshitish, hid bilish, teri sezgilari kabi) jarayonlarni yuzaga keltirish tezligini aniq o`lchash mumkin. Elektron taxistoskop orqali diqatning xususiyatlarini belgilash mumkin:
partseptometr orqali diqqatning xususiyatlarini belgilash mumkin; audiometr orqali eshitish xossalarini o`rganish mumkin va boshqalar. Umuman hozirgi kunda texnikaning ildam taraqqiyoti munosabati bilan laboratoriya jeksperimentining imkoniyati ortib bormoqda.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki laboratoriya eksperimenti metodi bilan bolalarning psixik jarayonlari o`rganiladigan bo`lsa, eksperimentni tayyorlash va o`tkazishda ularning yoo` xususiyatlari albatta inobatga olinishi kerak. Tekshirish paytidagi topshiriqlar o`yin tarzida va qiziqarli qilib uyushtirish maqadga muvofiq bo`ladi.
Shuni esadan chiqarmaslik kerakki laboratoriya eksperimenti metodi bilan bolalarning psixik jarayonlari o`rganiladigan bo`lsa, eksperimentni tayyorlash v o`tkazishda ularning yosh xususiyatlari albatta inobatga olinishi kerak. Tekshirish paytidagi topshiriqlar o`yin tarzida va qiziqarli qilib uyushtirish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish