Ijtimoiy fanlar va kutubxonashunoslik


Frensis Bekon (1561-1626)



Download 480,85 Kb.
bet15/20
Sana14.06.2022
Hajmi480,85 Kb.
#667839
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
MALAKAVIY ISHI

Frensis Bekon (1561-1626)
Frensis Bekon tuzgan klassifikatsiyada fanning XV asr ikkinchi yarmi davridayoq boshlangan jadal rivoji umumlashtirilgan ham o‘rta asrlardagi sxolastik sxemalarga qarama-qarshi o‘laroq tabiat hodisalarini va jamiyat hayotini o‘rganishga tayanadi- gan fanlarga keng o‘rin berilgan edi.
Biroq Frensis Bekon fanlarni juda ko‘p idealistik sistemalar uchun an’anaviy bo‘lgan guruhga, — «inson ruhining qobiliyatlariga» ko‘ra, biror fanning paydo bo‘lishi va rivojlanishini qanday «qobiliyat» belgilashiga muvofiq ravishda guruh- larga ajratgan edi. Frensis Bekonning qarashlariga ko‘ra, bunday qobiliyat uchta: xotira, tasavvur va aql-idrokdir. Xotira inson bilimlari birinchi guruhinin tarixning
paydo bo‘lishini belgilab bergan; tasavvur negizida poeziya paydo bo‘lgan; aql id- rokning faoliyati fanlarning eng katta guruhi falsafani, yoki fanning o‘zini vujudga keltirgan.
Bunday ajratish asossiz, tasodifiyva aslida idealistik bo‘lib, u asosiy deb hisob-
lash lozim bo‘lgan belgidan — fan predmetidan, uni o‘rganish obyektidan kelib chiqmagan edi. Aksincha, bir predmet to‘g‘risidagi fanlar har xil guruhlarga kritil-gan edi.Masalan, tabiat tarixi (xuddi jamiyat tarixi, kashfiyotlar tarixi — «mexanik tarix» singari) birinchi guruhga, tabiat haqidagi fanlar esa (xuddi jamiyat haqidagi, mexanik san’atlar haqidagi fanlar singari) uchinchi guruhga kirib qolgan edi.Fren-
sis Bekon klassifikatsiyasida g‘ayriilmiy tushunchalarni fanlar jumlasiga kiritish hollari ham uchrab turadi. Masalan, uchinchi guruh «Xudo haqidagi fan» «ijtimoiy falsafa» bilan boshlanadi, inson haqidagi fanlar bo'linm alari jumlasiga «aql-idrokli
ilohiy ruh haqida»gi bo‘lim kiritilgan. Bu ziddiyatlar hamda ilmiy va diniy dunyo- qarashlarni bir-biri bilan kelishtirishga urinish Frensis Bekon klassifikatsiyasi tu- zilgan davr uchun tabiiydir.
Bu klassifikatsiyada fanlarni ajratishning tamomila shartliligi va subyektivligi- ga qaramay, unda ilmiy bilimlarni sistemalashtirishga yangicha yondashish belgila- ri paydo bo‘lgan edi. Frensis Bekon dunyoning evolutsion rivojlanishi, tabiat tarixi bo‘limida samoviy jismlar tarixini va dengizlar tarixini, o‘simliklar va hayvonot olami tarixini ketma-ket joylashtiradi. Inson haqidagi fanlar bo‘lim ida u «yakka kishi to‘g‘risidagi» va «jamiyatda yashovchi boshqa mavjudotlar bilan aloqador bo‘lgan inson to‘g‘risidagi» fanlarni ajratib ko‘rsatgan. Frensis Bekon o‘z klassi- fikatsiyasiga endigina vujudga kelgan va hali mustaqil fan sifatida shakllanib bo‘l-magan ilmiy bilimning ba’zi sohalarini ham kiritgan edi. Masalan, u mashinalar- ning texnika taraqqiyotidagi ahamiyatini oldindan payqab, «mashinalar haqidagi fanlar» guruhini ajratib ko‘rsatgan edi. O‘z davrining buyuk kashfiyot i bo‘lgan Frensis Bekon klassifikatsiyasidan, kutubxona klassifikatsiyasi sxemalarini tuzgan ko‘p kishilar, chunonchi, XIX asrda, garchi bu vaqtga kelib u ilmiy bilimlar daraja- sining ancha o‘sganligi tufayli juda eskirganligiga qaramay foydalanganlar.
Rossiyada kitoblarni mazmuniga qarab sistemaga solish ehtiyoji X V III asr boshlarida paydo bo‘ladi; bu vaqtda ilmiy kutubxonalar tashkil etish yo‘lida dast- labki qadamlar qo'yilgan edi. Rossiyaning monastir kutubxonalari xuddi G‘arbiy Yevropadagi singari asosan shkaf ro‘yxatlari tipidagi kataloglarga ega bo‘lib, ular- da kitoblar tasviri kitoblarning shkaflarda joylashuviga muvofiq — ba’zan bichimi- ga, tiliga, goho, mualliflar ismlarining alfavit tartibiga qarab guruhlarg ajratilar edi.
Peterburgda 1714-yilda Kunstkamera (Noyob buyumlar kabineti) huzurida bunyod etilgan Xalq kutubxonasida (keyinchalik u Fanlar Akademiyasining kutub- xonasiga aylangan) kitoblarni joylashtirishda, shuningdek, katalogda tasvirlarni gu- ruhlarga ajratishda «fakultet sistemasi» variantlaridan biri qocllanilar edi.
Fanlar akademiyasi kutubxonasida qo‘llanilgan klassifikatsiya sxemasi asosida Rossiyada birinchi m arta bu kutubxona kitoblarining sistemali katalogi tuzilgan va lotin tilida nashr qilingan edi1. Keyinchalik bibliograf va kutubxonachi I.Bakmeys-ter o‘zining «Опыт о Библиотеке»2 degan qiziqarli asarida bu klassifikatsiyaning kamchiliklarini har tomonlama tanqid qilib, uning rasmiy xarakterini ham da detal- lashtirilishining cheklanganligini ko‘rsatib o‘tgan edi.Bekmeysterning o‘zi m azkur klassifikatsiyaga juda ko‘p tuzatishlar va qo'shimchalar kiritgan edi.
XVIII asrning so‘nggi yillari va XIX asrning boshlarida fransuz burjua revo- lutsiyasi g'oyalari ta’sirida Fransiyada yangi prinsiplarga asoslangan kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyalari tuzishga intilish yuzaga keldi. O‘sha davrdagi har xil loyihalarda ilohiyotni oldingi o'rinlardan biriga qo‘yishdan keskin voz kechish g‘oyasi namoyon bo‘ladi. Ba’zi mualliflar uchun shunday tartib o‘rnatishga urindi- larki, bu tartib insoniyat tarixidagi bi­lim olish izchilligiga, olam va tabiat haqidagi bilimlardan inson hamda jamiyat haqidagi bilimlar tomon boradigan izchillikda
o‘rganishga mos bo‘lishi lozim edi; boshqa mualliflar fanlarning har xil ehtiyojlar: moddiy va ma’naviy ehtiyojlar ta’sirida vujudga kelish izchilligini to‘g‘riroq deb hisoblar edilar. O‘sha davrdagi ko‘pdan ko‘p klassifikatsiya loyihalari uchun asos qilib olingan g'oyalarning progressive xarakterida bo'lganligiga qaramay, ularda
asosiy e’tibor fanlarni klassifikatsiya qilishga qaratilgan hamda kutubxona klassifi- katsiyasi tuzilishi bilan bog‘liq bo'lgan masalalar yetarlicha hisobga olinmagan edi. Fransiyada reaksiya boshlanganligi va reaksiya bilan birga cherkov ta’sirining ku- chayishi munosabati bilan bu sxemalar amalda qo‘llanilmadi.G ‘arbiy Yevropa ku-tubxonalarida «Fransuz sistemasi»ning eng keyingi va ideologik jihatdan juda re- aksion variantlaridan biri — J.Sh. Bryune (1810-yil) klassifikatsiyasi keng yoyildi.
Bryune fransuz revolutsiyasidan keyin boshlagan reaksiya yangiliklarini aks et- tirib kutubxona klassifikatsiyasining ilmiy bilim rivojiga bog‘liqligini qat’iy sur’- atda rad etadi va kutubxona klassifikatsiyasiga kitoblarni joylashtirish uchun qulay bo‘lgan amaliy sxema deb qaraydi. U revolutsiya davridagi sistemalarning muallif- larini «ilohiy kitoblarni» mensimaslikda ayblab, ilohiyot detallashtirilgan sinfni ya- na birinchi o‘ringa qo'yadi.Bryune sistemasida ijtimoiy fan bo'lim lari tartibsiz joy- lashtirilgan bo‘lib, ularning o‘zaro aloqasini anglab olish mumkin emas.Yurispru-densiya bo‘limi ijtimoiy fanlar kompleksidan chiqarib tashlanib, ilohiyot bo’limiga yaqinlashtirilgan edi. Bryune sistemasi Yevropada XIX asrning birinchi choragida hukmronlik qilgan reaksion g‘oyaga hamohang edi.Bu sistemaning ta’siri juda kat- ta bo‘ldi va keyingi davrlardagi ko‘p sistemalarning strukturasida, jumladan Parij-dagi Milliy kutubxona va Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasi hozirga qadar qo‘llanayotgan sxemalarda aks etdi.
Nemis universitet kutubxonalari XIX asrning birinchi yarmida «fakultet siste- masi»ning har xil variantlaridan ularni yanada detallashtirilgan holda foydalangan lar. 50-yillarda A. Shleyermaxerning puxta ishlab chiqilgan bibliografik klassifi- katsiyasi munosib ravishda shuhrat qozondi; unda «fakultet sistema»larining asosiy
bo‘limlari sxemaning oxiridan joy olgan bo‘lib, ulardan oldin esa umumiy bo'lim, adabiyot va san’at, tarix, matematika va tabiatshunoslik bo‘limlari joylashtirilgan edi; bundan tashqari, o‘nta iqtisodiy va texnika fanlarining katta bo‘limi ham kiri- tilgan edi.

Download 480,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish