Pavel Grigoryevich Demidov
XIX asrning birinchi yarmida rus kutubxona va bibliografik klassifikatsiyalari juda taraqqiy etdi. Naturalist olim Pavel Grigoryevich Demidov o‘z kutubxonasi- ning katalogi1 uchun ishlab chiqqan sxema eng dastlabki klassifikatsiyalardan biri bo‘lib, bu sxema Rossiya va Yevropadagi g‘oyat nodir nashrlarni o‘z ichiga olgan edi. Bu sxemaning tabiiyot fanlari va texnologiya bo‘limi kutubxonaning asosiy mundarijasiga muvofiq tarzda ko‘proq detallashtirilgan edi. Fanlarni bir-biridan umumiy tarzda chegaralashda Pavel Grigorevich Demidov XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlaridagi progressiv fransuz klassifikatsiyalarining birmuncha ta’sirida bo‘lganligi ko‘zga tashlanadi.Pavel Grigoryevich Demidov o‘zi qabul qilgan fanlar tartibini «bilish qobiliyatiga qarab» degan an’anaviy bo‘lim bilan asoslangan bo‘li-
shiga qaramay, u fanlarni Frensis Bekon klassifikatsiyasidagi an’anaviy ajratishdan chetga chiqqan. Uning sxemasiga ko‘ra ilohiyot falsafa bo‘limidan chiqarib tash- langan, alohida texnologiya bo‘limi ajratilgan, tarix bo‘limida faqat jamiyat tarixi va geografiya qoldirilgan. Sxema yozma va og‘zaki ijodiyot tarixiga, fanlar tarixi, bibliografiya, ensiklopediyaga doir adabiyotni va um umiy mazmundagi boshqa ki- toblarni o‘z ichiga oladigan umumiy bo‘lim (Polimatiya) bilan tugallanadi.
A. N. Olenin (1763-1843)
XVIII ning boshlarida Peterburgdagi Xalq kutubxonasiga asos bo‘lib xizmat qilqilgan katta kitob kolleksiyasi sistemaga solindi. 1809-yilda A.N. Olenin Xalq
kutubxonasi fondini tashkil etish va kataloglarini tuzish uchun foydalanilgan klas- sifikatsiyani e’lon qiladi. Olenin Xalq kutubxonasida direktor yordamchisi lavoz- zimida (keyinchalik direktor lavozimida) ishlagan.Bu asarga so‘zboshida A.N.Ole-
nin o‘sha vaqtda juda mashhur bo‘lgan chet el klas- sifikatsiya sxemalarini tahlil qilib chiqqan. Bu sxe- malarning asosiy kamchiligi mualliflarning bahosiga ko‘ra, bo‘limlarning qabul qilingan tartibi yetarlicha asoslab berilmaganligidir. A.N. Olenin — Imperator ommaviy kutubxonasi direktori, Imperator badiiy akademiyasi prezidenti, arxeolog, rassom, yozuvchi. Uning sa’y-harakatlari natijasida Imperator ommaviy kutubxonasi tartibga keltirilib, sistemalashtirilgan. Kutubxonaning ishiga Olenin zamonasining eng yax- sh i yozuvchi va shoirlari — Krilov, Gnedich, Bat yushkovich, Delviglarni jalb qildi. A.N. Olenin o‘z sxemasida «bir bilimdan ikkin- chisiga» quyidagicha mantiqiy «o‘tishni» belgilab bergan:
Do'stlaringiz bilan baham: |