Gotfried Leybnits (l646—l7l6)
Nemis filosof va mantiqshunosi, matematik, fizik, kashfiyotchi, tarixchi va til- shunos olimi Gotfried Leybnitsning kutubxona klassifikatsiyasi juda mashhurdir. Uning sxemasida logika, etika va siyosat bilan bijrga tabiiyot fanlarini, matematika va filologiyani ham o‘z ichiga olgan falsafa bo`limi ancha mufassal ishlangan edi. Falsafani o‘sha vaqtdagi juda ko‘p ilmiy klassifikatsiyalar uchun xarakterli bo‘- lgan bundaytalqin qilish XVIII asr oxirigacha davom etgan..
G 'arbiy Yevropadagi har xil universitet kutubxonalarida foydalanilgan «fakultet sistemalari» bilan bir vaqtda «fransuz sistemasi» deb atalgan sistema ham keng yoyildi ikki asr davomida (XIX asr boshlariga qadar) Fransiyaning nashriyotlari va kitob do‘konlari bibliografiyalarida ham da bosma kataloglarida anashu sistema qo‘llanilgan. Bu bibliografiya va kataloglar mashhur fransuz bibliograflari va ku- tubxonachilari tomonidan tuzilar edi.
Gannover ommaviy kutubxonasidagi G. Leybnits portreti
«Fransuz sistemasi»ning variantlari goho juda detallashtirib yuborilar, ayrimlari 500 tagacha bo‘linmani, shu jumladan nashrlarning xarakteri va tur, belgilariga qa- rab tashki l etilgan juda ko‘p bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi. ‹Fransuz sistemasi», «fakultet sistemalari»ga ko‘p jihatdan o‘xshashdir. «Fransuz sistemasida» ilohiyot, yuridik fanlar va falsafa (tibbiyot, odatda, fal- safa bo‘limiga kiritilar edi) bo’lim- lari asosiy o‘rinda turar edi. Biroq bu sistemaning bir qancha variantlarida ayrim fanlar falsafa qismidan ajratilgan: tarix, ijtimoiy fanlar, badiiy adabiyot musta- qil bo‘limlari va boshqa ayrim mustaqil bo‘limlar vujudga kelgan. Keyinchalik «fran «fransuz sistemasi» birmuncha o‘zgartirilgan holda Yevropadagi bir qancha mam-lakatlar kutubxonalarida qo‘llanila boshladi. Tuzilishi o‘z davridagi tlmiy bilimlar darajasiga javob bergan K. Gesner va G. Leybnits sistemalaridan farqli o‘laroq «fransuz sistemasi» kitob klassifikatsiyasining amaliy vazifalari bilan ko‘p daraja- da bog‘langan hamda klassifikatsiyaning ko‘p variantlarida katolitsizmning reak- sion qarashlarini aks ettirgan edi.
Ingliz faylasufi Frensis Bekonning (1561—1626 yillar) XVII asr boshlarida tuzgan fanlar klassifikatsiyasi XVII va XIX asrlardagi kutubxona klassifikatsiyasi sxemalarining, shu jumladan, «fransuz sistemasi» eng keyingi variantlarining tuzi- lishiga katta ta’sir ko'rsatdi.
U fanni taraqqiy ettirish uchun kata ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, oradan bir yarim asr o‘tgandan so‘ng bu klassifikatsiya birmuncha o‘zgartirilgan va to‘ldirilgan holda D. Didro bilan J. L. Dalamber tomonidan nashr etilgan ko‘p tomli fransuz ensiklopediyasiga asos qilib olingan hamda feodalizmga absolyutizmga va reaksion cherkov ideologiyasiga qarshi kurashda revolutsion burjuaziyaning g'oyaviy quroli bo‘lib xizmat qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |