Ijtimoiy fanlar va kutubxonashunoslik


Fanlarni klassifikatsiyalash tarixi



Download 480,85 Kb.
bet10/20
Sana14.06.2022
Hajmi480,85 Kb.
#667839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
MALAKAVIY ISHI

2.1. Fanlarni klassifikatsiyalash tarixi


Fanlar klassifikatsiyasi tarixiga murojaat qilsak, har bir davrda yaratilgan fanlar klassifikatsiyasi o‘z zamonasining talablariga muvofiq ekanligini ko'rish mumkin.



Turli davrlarda yaratilgan kutubxona klassifikatsiyalari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning barchasiga xos xarakterli belgi bu birmuncha bo‘lsa ham fanlar klassifikatsiyasiga asoslanganligidir. Chunki, kutubxona klassifikatsiyasining har bir bo'limi bilimning muayyan sohasiga muvofiq keladi.
Fanlar klassifikatsiyasiga materialistic dunyoqarash nuqtayi nazaridan kelib chiqsak, fanlarning rivojlanishi tabiatdagi ro‘y beradigan hodisalarga, tabiat, mate- riya, obyektiv borliqqa asoslanadi.
Idealistik dunyoqarash bo‘yicha ma’lumki — ruh birlamchi, tashqi tabiat, ha- yot esaikkilamchi deb hisoblangan edi.Fanning vazifasi esa tabiat va jamiyat ta- raqqiyoti qonuniyatlarini ochib berishdan, materiyaning harakat formalari klassifi- katsiyasiga muvofiq ravishda tuzilishi lozim. Fanlar o‘rtasidagi, obyektlar o`rtasi- dagi mavjud aloqa ham da munosabatlar fan larning chinakam ilmiy klassifikstsi- yasi tuzilishining asosini tashkil qiladi. Faylasuflar va olim lar ilmiy bilimning o`z- lari yashagan davrdagi darajasini aks ettirgan fanlarning klassifikatsiyalari — sis- temasini tuzganlar. Bu sistemalardan ba’zi birlari klassifikatsiyaning kutubxona-bibliografiya sistemalarini tuzishda foydalanilgan edi. Bu sxemalarni tuzuvchilar o‘z sxemalarida assosiy bo‘lim larning joylashish tartibini belgilaganlar va bilim larning odatdagi, fanlarni klassifikatsiyalashning ular tanlab olgan sistemasida qa- bul qilingan sinflarga ajratishga m uvofiq ravishda detallashtirganlar.
Kutubxonachilik ishi va bibliografiya taraqqiyoti tarixida kutubxona bibliogra- fiya klassifikatsiyasi sxemalarini ishlab chiqish katta o‘rin tutadi. Juda qadim za- monlardayoq o‘sha vaqtdagi mavjud kutubxonalarda qo‘lyozmalarni ularning maz-muniga ko‘ra bir qadar sistemalashtirilgan, qo‘lyozmalar ro‘yxatlari tuzilgan, bu ro‘yxatlar katalog vazifasini o'tagan edi. Afsuski, kataloglarning asl nusxalari saq- lanib qolmagan va ularning tuzilishi haqida o‘sha davr adabiy manbalarida mavjud bo‘lgan fikrlarga qarabgina muhokama yuritish mumkin.Bu manbalardan, masalan, ilgari eslatib o‘tilgan mashhur Aleksandriya kutubxonasining katalogi haqida ma’-lumotlar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu katalogni yunon olimi Kallimax (eramizdan avvalgi III asr) tuzgan.
Kutubxonada saqlangan qo‘lyozmalarning ancha qismi (90 000 ga yaqin) ba- tafsil ro‘yxatga olingan hamda epos, lirika, tarix, falsafa va boshqa bo‘limlar bo‘- bo‘yicha sistemaga solingan edi. Har bir bo‘lim qolyozmaning mazmuniga muvo- fiq, tuzilgan bo‘linmalarga ham ega bo'lgan.Qadimgi Rim kutubxonalarida eramiz- ning dastlabki asrlarida qo‘lyozmalarning tasvirlari mazmuniga muvofiq ravishda guruhlarga ajratilgan kataloglar bo‘lganligi ham m a’lum.
Qadimgi dunyo kutubxonalarida foydalanilgan kutubxona klassifikatsiya sxe- malari to‘g‘risida aniq m a’lum otlarning yo‘qligi mazkur sxemalarning ilmiy dara- jasi haqida fikr yuritishga imkon bermaydi. Biroq, antik davrda ilmiy bilim larning shundan keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan fanlarni klassifikatsiyalash ti- zim ining ishlab chiqilishi (qadimgi zamonda Platon, Aristotel va boshqa faylasuv- flar tuzgan sistemalar) o‘sha vaqtlardagi kutubxona klassifikatsiyalar i ham antik davrdagi fanning yuqori darajasini aks ettirgan, deb taxm in qilishga imkon beradi. Bu taxm in haqiqatga ancha yaqin, chunki Gretsiya va Rim kutubxonalari ilmiy ta- fakkur markazlaridan bo‘lgan bu kutubxonalarda yirik olimlar, faylasuflar, shoirlar faoliyat yuritganlar.
Ilk o‘rta asrlar davrida cherkov hukmronligi fan va madaniyatni inqirozga olib borgan bir vaqtda monastirlar va soborlar huzurida ishlab turgan kutubxonalardan kishilarning juda cheklangan doirasigina bahramand bo‘lish imkoniga ega edi xo- os. Bu kutubxonalar fondlarining asosini ilohiyotga oid kitoblar, «cherkov otaxon-
lari»ning ijodlari tashkil etar edi. Bu kutubxonalarda qadimgi dunyo mutafakkirlar- larining saqlanib qolgan asarlari va o‘shavaqtlardagi maktablarda o‘qitiladigan fan- larga doir dunyoviy xarakterdagi kitoblar nihoyatda oz edi. Kitoblar javonlarda yi- rik bo‘lim lar bo‘yicha uncha detallashtirmasdan guruhlarga ajratilar, kataloglar esa, kitoblarning tokchalardagi o‘rni ko‘rsatilgan Javon ro‘yxatlaridangina iborat bo‘lar edi.
O‘sha davrdagi kutubxona klassifikatsiyasi sxemalariga o'rta asrlarda rasm bo‘- lib, maktab ta’limiga asos qilib olingan «yeti erkin san’at» sistemasi bir qadar ta’sir ko‘rsatgan edi.Bu Sistema fanlarning ikki kompleksini: «trivium» (uch fandan ibo- irat kompleks) va «kvadrivium» (to‘rt fandan iborat kompleks)ni o‘z ichiga oladi. Birinchi kompleksga grammatika, dialektika va ritorika, ikkinchi kompleksga arif- metika, geometriya, musiqa va astronomiya kirar edi Bu fanlarning mazmunini o‘sha davrdagi o‘qimishli kish i uchun zarur deb hisoblanadigan oddiy amaliy bil-
imlar tashkil qilardi. Masalan, grammatika, asosan katoliklar cherkovining rasmiy tili bo‘lgan lotin tilini o‘rgatish bilan tugar,dialektika deganda ilohiyot mavzularida uzoq sxolastik bahs olibborish mahorati tushunilar edi.


Download 480,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish