2.2. Sharqda klassifikatsiyaning paydo bo‘lishi va shakllanishi.
Markaziy osiyolik jahonga mashhur olimlarimiz tomonidan ilmlar tasnifi (ya’ni klassifikatsiyasi) ishlab chiqilgan. Muham mad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Foro- biy, Abu Abdullah al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar Yaqin va O‘rta Sharqda tanilgan faylasuflar o‘z asarlarida fanlar klassifikatsiyasi to‘g‘ri-
sida yozib qoldirganlar.
Abu Nasr Forobiy
Abu Nasr Forobiy (873—950-yilIar) o‘rta asr sharoitida barcha ma’lum bo‘lgan fanlarning birinchi va eng mukam- ma l tasnifini yaratdi. Uning lotin tiliga tarjima etilgan
«Ilmlarni kelib chiqishi va tasnifi» risolasida Ilmlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda va o‘zaro yaqin munosabat-
dadir» degan fikrni bildiradi.
Mazkur kitobda Forobiy barcha fanlarni besh yirik guruhga ajratadi.
l. Til haqidagi ilm. Bu ilm yeti bolim dan iborat.
2. Mantiq ilmi.
3. Matematika. Bu ilm yeti bo‘lim dan iborat: arifmetika, geometriya, optika, yul- duzlar haqidagi ilm, musiqa ilmi, vazn haqidagi ilm, mexanika.
4. Tabiiy va ilohiy bilimlar.
5. Shaharni boshqarish haqidagi ilm, huquqshunoslik. Forobiy bilimlarni amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan) qismga bo‘ladi.U arifmetika, geometriya, astronomi- ya va musiqani tarbiyaviy fan, deb ko‘rsatadi. Forobiy til, grammatika va mantiqni birinchi fanlar qatoriga qo‘yadi. Chunki insonni o‘z fikrini boshqalarga bildirishida va boshqalar fikrini aniq tushunib olishida bulargae’tibor berish zarur, deb hisob- laydi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy
Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997) o‘sha davr- da yuqori darajada rivojlangan fanlarni ma’lum tar- tibga tushirish va tasnif qilishni o‘z oldiga vazifa qi-
lib qo‘yadi.
Uning bizga yetib kelgan «Mafotih al-ulum» o‘ziga xos qomusiy asar bo‘lib, o‘sha davrdagi deyarli ham-ma fan sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Muallif O‘rta asrlardagi har bir ilm mazm unini sharhlash yo‘li orqali tushuntirib beradi. Olim ilmlarni ikkiga bo‘lib, ularga «arab — shar’iy» va «arab bo‘lmagan»larga ajratdi. «Mafotih al-ulum» asarida fanlarni ikki qismdan iborat qilib bo'lib, birinchi qism shariat va u bilan bog‘liq arab ilmlariga, ikkinchi
qism esa arab bo'lmagan, ya’ni yunonlar va boshqa xalqlar ilm lariga bag`ishlana- di.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Arastu va Abu Nosir Forobiylar kabi fanlarni ikki- ga ya’ni nazariy va amaliy qismlarga bo‘ladi.Nazariy qism esa o‘z navbatida uchga fizika, matematika va metafizikaga bo‘linadi. Bu bo`linish modda va shaklning o‘zaro munosabatiga asoslanadi. Xorazmiy ta’kidlashicha «Fizika — element va
moddaga ega bo‘lgan narsalarni o‘rgatuvchi» fandir. Fizikaga olim fikricha tibbi- yot, meterologiya, kimyo, mexanika kiradi.
Faylasuf Abu Abdulloh ilmlar tasnifini umumiy holda quyidagicha bo‘ladi:
I. Arab bo‘lmagan ilm lar (yunon va boshqa xalqlar):
l. Nazariy falsafa.
a) Tibbiy ilmlar — tibbiyot (tib, samoviy hodisalar — ob-havoni aniqlash, minera- logiya, alkimyo, mexanika) — quyi;
b) Riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum, musiqa) — o‘rtancha;
d) Ilohiy, ya’ni metafizika — oliy ilm;
e) Mantiq.
2. Amaliy falsafa:
a) Axloq — etika (odamni boshqarish);
b) Uyshunoslik (uyni boshqarish);
d) Siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish);
Olim tarafidan ilm larni alohida-alohida o‘rganish esa ularni diniy ilmga bog`- liqlikdan ozod qiladi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘z tasnifida o‘sha davr an’anasi, ya’ni ilm larni ikkiga bolishni qollab-quvvatlab, shar’iy va falsafiy ilmlarga ajrata- di.
Birinchi guruhga Xorazmiy quyidagi fanlarni kiritadi:
l. Fiqh, musulmon qonunshunosligi.
2. Kamol, ya’ni islom ilohiyotchilik ilmi.
3. Sarfu nahv — grammatika.
4. M ahkamada ish yuritish ilmi.
5. She’riyat va mezon ilmi (metrika).
6. Tarix, ya’ni xronologiya ilmi
Do'stlaringiz bilan baham: |