I BOB. AXBOROT-KUTUBXONA KATALOGLARINING
VUJUDGA KELISHI.
Kutubxona katalogi - bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, hujjatlarning tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar roʻyxati. Kutubxona katalogi kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida boʻlishi va elektron disklar yoki kitob holida koʻpaytirilib sakdanishi mumkin. Kutubxona katalogi kutubxona fondini toʻla yoritish, kitobxonlarning osonlik bilan kitob tan- lashlariga yordam berish, kitobxonlarga turli bilimlarni singdirish hamda ularni maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi
Millatimizning turmush madaniyatini oshirishda, ularni ma’naviy dunyosini boyitishda Axborot-kutubxona muassasalarining o'rni beqiyosdir. Axborot- kutub- xona muassasalarining ijtimoiy vazifasi hozirgi kun talabidan kelib chiqib, tobora kengayib bormoqda.Axborot-kutubxona muassasalariningoldida turgan dolzarb masalalardan biri — yangi zamon kishisiniyetuk malakali mutaxassis, madaniyatli va ma’rifatli inson qilib tarbiyalashdan iboratdir.Respublikamizdagi mavjud Axbo- rotkutubxona muassasalarining fondlari keng doiradagi kitobxonlarning talabiga javob beradigan resurslar bilan muntazam to'ldirilib boriladi. Axborot-kutubxona muassasalarining fondlari qanchalik to‘liq va mukammal, elektron resurslar bilan
ta’minlangan bo‘lsa, ulardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishga shun- chalik keng imkoniyatlar yaratiladi.Ayni bir vaqtda, bir tomondan, ulardagi fond- larning katta hajmda ekanligi va mazmunining boyligi, ikkinchi tomondan Axbo- rotkutubxona muassasalariga murojaat qiluvchi kitobxonlar talablarining nihoyatda xilma-xilligi,mavjud barcha resurslarni har tomonlama ko‘rsatib berish zaruriyatini qat’iy talab qiladi.Axborot-kutubxona muassasalarining fondlarini har tomonlama
ochib berishda kataloglar asosiy rol o‘ynaydi.
Katalog grekcha — «ro‘yxat» demakdir. Binobarin, «kutubxona katalogi» de- gan terrnin «Axborot-kutubxona muassasasida mavjud bo‘lgan barcha resurslsr- ning ro‘yxati» degan ma’noni bildiradi. Ammo bunday aynan tarjima qilish kata- loglarning haqiqiy ahamiyatini yetarli darajada to‘liq tushuntirib bermaydi.
Kataloglar Axborot-kutubxona muassasasida muayyan tartibda tuzilgan bo‘- lib Axborot-kutubxona muassasasi fondining mazmunini ochib berish, u haqida to‘liq axborot berish, mavjud resurslarni targ‘ib etrish, kitobxonlarga ma’- lumot olishlarida g‘oyaviy-tarbiyaviy, ilmiy-axborot vazifalariga muvofiq tarzda yo‘l- lanma berish kabi funksiyalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |