4-Mavzu: O‘zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi.
Ajratilgan soat: 4 soat.
Mashg‘ulot turi: ma’ruza
Asosiy savollar:
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining tashkil topishi.
MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik.
Maqsad:
SSSRning tanazzulga yuz tutishi sabablarini tushuntirish, MDH tashkil topishi haqida gapirib berish, Almati Deklarasiyasi mazmunini tushuntirish, MDHning sobiq ittifoq respublikalari o‘zaro munosabatlardagi o‘rnini ochib berish.
MDH davlat boshliqlari Kengashi faoliyatini tushuntirish, Kengashlarda muhokama qilingan masalalarni qisqacha yoritish, MDH Nizomi mazmun va mohiyatini ochib berish, hukumat boshliqlari imzolagan bitimlar to‘g‘risida gapirib berish.
Tayanch iboralar: MDH, o‘zaro aloqalar, barqarorlik, umumiy iqtisodiy makon, ko‘p tomonlama hamkorlik, davlat boshliqlari uchrashuvi, kyengash, bitim, DIK, integrasiya.
1- reja bayoni:
1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belarus rahbarlari bo‘ldi - B. Yelsin, L. Kravchuk, S. Shushkevichlarning uchrashuvi bo‘ldi. O‘sha kuni Belovejskoye Pushcheda uch davlat boshliqlar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish to‘g‘risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya - bank sistemasi bo‘ladi, Fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik q
ilinadi, tashqi siyosat va armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitusiyasi to‘xtatiladi deb e’lon qilindi.
Ukraina, Belorussiya, Rossiya Parlamentlari MDH haqidagi shartnomani ratifikasiya qildilar va 1922 yil 30 dekabrdagi SSSRni tuzish to‘g‘risidagi shartnomani bekor deb hisobladilar. Respublikaning SSSR Oliy Sovetidagi deputatlari chiqarib olindi. SSSR Prezidenti bo‘lmish M.S.Gorbachevning Ittifoqni Yangi shaklda saqlab qolish yo‘lidagi urinishlari barbod bo‘ldi. Mamlakatda uni quvvatlovchi birorta siyosiy kuch topilmadi.
Qozog‘iston,O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari 1991 yil 13 dekabrda Ashgabadda uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH haqidagi shartnoma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar. Uchrashuvda Bayonot qabul qilindi. Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi huquqiy asosda, sobiq SSRdagi barcha respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning barchasi MDH etnik prinsipi asosida yoki insonlar huquqini buzish asosida qurilmasligi kerak, deyilgan edi. Besh davlat boshliqlari MDHga, uni etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar.
1991 yil 21 avgustda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog‘iston (N.Nazarboyev), O‘zbekiston (I.Karimov), Qirg‘iziston (A.Akayev),Tojikiston (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldova (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo‘ldi. O‘sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, “Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar ”maqomida MDH muassasisi bo‘ldilar. Kengashda Almati Deklarasiyasi qabul qilindi. Deklarasiyada quyidagilar haqida bayonot berildi.
-Hamdo‘stlik qatnashchilarining o‘zaro aloqalari ular o‘rtasidagi tenglik asosida tuzilgan bitimlar hamda bitimlar belgilangan tartibda doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi:
-MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas:
-xalqlar strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo‘mondonligi va yadro quroli ustidan nazorat saqlab qolinadi:
-MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari va boshqa davlatlar ham unga qo‘shilishi mumkin:
-Umumiy iqtisodiy makoni, umumevropa va Yevropa-Osiyo bozorlarini vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlandi:
-MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to‘xtatiladi:
-Hamdo‘stlik qatnashchilari o‘z Konstitusiyalaridagi tartib qoidalarga binoan sobiq SSSRning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatining bajarilishiga kafolat beradilar:
-MDH qatnashchilari mazkur Deklarasiya qoidalariga og‘ishmay rioya etish majburiyatini oladilar.
MDH davlatlari boshliqlari Almati kengashida qurolli kuchlarning isloh qilinishiga qurolli kuchlarga qo‘mondonlik qilishini marshal Ye.I.Shaposhnikovga topshirish haqida protokol tuzdilar.
MDH davlatlari boshliqlarining Almati kengashi maxsus qaror qabul qilib Hamdo‘stlik a’zolari bo‘lgan davlatlarning BMT Nizomi bo‘yicha majburiyatlarini bajarish niyatida ekanligini va BMTga a’zo bo‘lish istaklarini bildirdilar.
Shunday qilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topdi. Sovet Sosialistik Respublikalari Ittifoqi deb atalmish imperiya tugadi. SSSR qon to‘kilmasdan, tinch yo‘l bilan yemirildi, uning yuzlab vazirliklari va idora organlari tarqatib yuborildi. SSSR tarixiga oxirgi nuqta qo‘yildi. 1992 yil 25 mayda Toshkentda MDXga a’zo davlatlar bilan bulgan uchrashuv katta axamiyatga ega buldi. Uzbekiston Xamdustlik doirasida kolektiv xavfsizlik tizimini barpo etish tashabbusi bilan chikdi va ana shu muxim masalaga doir shartnoma imzolandi. "1992 yil 30 mayda Rossiya Prezidenti B.N.Yelsinning taklifiga binoan Uzbekiston rasmiy delegasiyasini Moskvaga kilgan tashrifi, Rossiya poytaxtidagi tantanali kabul marosimi, muzokaralar, uchrashuvlar imzolangan xujjatlar uzaro xurmat va bir-birini kullab-kuvvatlash siyosatining timsoli buldi. Uzbekiston Respublikasi Rossiya Federasiyasi urtasidagi teng xukukli xamkorlik, uzaro iktisodiy va madaniy alokalar istiklolning keyingi yillarida xam davom etadi"- dedi.1992 yil 15 may kuni MDX davlatlari raxbarlarining Toshkentda uchrashuvi bulib utdi.Uchrashuv kun tartibiga 13 ta muxim masalalar kiritilgan edi. Uchrashuvda xozir bulgan ekspertlarning fikricha, u Alma-Ata, Minsk va Kiyev uchrashuvlardan kup jixatdan fark kiladi.1993 yilning 24 sentyabrida Moskvada MDX davlatlari raxbarlarining navbatdagi uchrashuvi bulib utdi. Uchrashuvga katnashish uchun kelgan Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov uz tashrifining asosiy maksadini kuyidagicha izoxladi: kup odamlar bizni bu yerga Rossiyadagi vokealar, bu mamlakatdagi xokimiyatning ichki tarmogi urtasidagi mojaro kuchaygan deb xisoblaydilar. Aslida bunday emas. Eng muximi Xamdustlik mamlakatlari boshliklarining uchrashuvidir, unda xozirgi barcha mustakil mamlakatlar uchun xayotiy muxim masala -iktisodiy xamjamiyatni barpo etish masalasi muxokama kilinadi. Xozirgi vaktda bu eng muxim vazifadir".Bu uchrashuvda jami 18 ta masala kuyilgan edi. Ular orasida eng muximlari MDX a’zosi bulgan davlatlar tashki ishlar vazirlari kengashi tugrisidagi nizom, MDX birlashgan kurolli kuchlari bosh kumondonligini kayta tuzish, inson xukuklari va asosiy erkinliklari soxasiga oid xalkaro majburiyatlar xakidagi bayonnoma va boshka masalalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |