"ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

Buddaviylikning Markaziy 
Osiyoga kirib kelishi 


115 
Shuningdek, Budda tagida o‘zining ilk va’zlarini aytgan muqaddas Bodxa 
daraxti tasviri ham buddaviylikning badiiy-diniy ramzi hisoblanadi. Arxitektura 
majmuasi tashkiloti buddaviylikda qat’iy qonunlar asosida amalga oshirilgan va 
bo‘rttirib ishlangan rasmlar, haykal, tasvirlar joyi va xarakterini belgilagan. 
XX asrning boshlaridayoq Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida buddaviylikka oid 
ko‘p sonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklarni 
topganlar; ko‘pincha ular qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan 
(odamlar va hayvonlarning haykalchalari). 
1927 yilda Sharq madaniyatlari muzeyi ekspeditsiyasi qadimiy Termizni 
o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot o‘tkazib, u erda qator grek-buddaviylik 
yodgorliklari 
mavjudligini 
aniqladi. 
Termiz 
arxeologik 
kompleks 
ekspeditsiyasining (TAKE) ishlari natijasida Qoratepa va CHingiztepa 
balandliklarida ikkita yirik buddaviylik monastiri bo‘lganligi aniqlandi va 
buddaviylik me’morchiligi va haykallarining parchalari topilgan o‘nlab joylar qayd 
etildi. 
Ular orasida Ayritom shaharchasi alohida o‘rin egallaydi. U Termizdan 17 
km. masofada, Termizdan Pomiroldi o‘lkalariga ketaverishda, Amudaryoning 
qadimiy kechuvi Yaqinida, tik qirg‘oqning o‘ng tomonida joylashgan. Mazkur 
joyning o‘rta asrga qadar davri haqidagi batafsil ma’lumotlar VII asrda yashab 
o‘tgan Xitoy ziyoratchisi Syuan-Szyan tomonidan qoldirilgan. Ko‘hna shahar uch 
tomoni devor bilan o‘ralgan tepalik mavjud va tepalik tevaragidagi qishloq 
qoldiqlaridan iborat. Ko‘hna shaharning Sharq tarafida aftidan buddaviylik 
stupasiga o‘xshash minora shaklidagi xom g‘ishtdan qurilgan bino joylashgan. 
Arxeologlar bu binoni buddaviylik monastiri deb hisoblaydilar. Bu monastir o‘z 
ichiga ibodatxonalardan tashqari rohiblar uchun yotoqxona va qator xizmat 
xonalari, ya’ni oshxona, omborxonalarni oladi. 
Ayritom monastirlar qishlog‘iga hindistonlik qandaydir buddaviylik jamoasi 
a’zolari tomonidan asos solingan bo‘lishi ehtimol. Ayritom monastir qishlog‘i 
hududida mavjud ishlab chiqarish hunarmandchiligidan kulolchilik, metall 


116 
buyumlar ishlash, idish-tovoqlar ishlab chiqarish, mergel ohaktoshdan me’moriy 
detallar ishlash kasblari aniqlandi.
Ayritomdagi ibodatxona buyumlaridan quyidagilar topildi: ostida Budda 
nurlangan daraxt ramzidagi besh qavatli loydan yasalgan chaytya, u odatda diniy 
marosimning idishi – relikvariy ustida bo‘lgan yoki stupaning sirtqi qismi bo‘lib 
xizmat qilgan; yana ustida palmetta tasvirli gardish ushlagan o‘smir ifodalangan 
tosh topilgan bo‘lib, aftidan, u yigit donator-ibodatxona xizmatchisi bo‘lgan; 
bodxisatvaning bolalikdagi o‘yinlari haqidagi xotiralar bilan bog‘liq bo‘lgan, 
buddaviylarning sevimli tasviri – loydan yasalgan qo‘y kallasi; loydan yasalgan 
stolchalar – diniy marosim buyumlari uchun poya hisoblanib, ularga Buddaning 
o‘tirgan holdagi haykal-namunalari qo‘yilgan.
Qoratepa nomi bilan mashhur tepalik buddaviylikning eng yirik ruhoniylar 
markazi hisoblangan. Kushonlar davrida Qoratepa Termizning tashqi devori 
himoyasi ostida shahar tashqarisida joylashgan. 
Buddaviylik tarqalgan davrda qadimiy e’tiqodlar ta’sirining barqarorligi 
haqida qo‘sh alanga qurshovida o‘tirgan Budda tasviri guvohlik beradi. Uning 
yonida IV-V asrlarga tegishli bo‘lgan va tirnab yozilgan baktriya yozuvida 
“buddamazda” so‘zi ifodalangan. 
1963 yilda Qoratepa Sharqidan sakson metr narida Fayoztepa ibodatxona-
monastiri majmui ochildi. Fayoztepa bino rejasi to‘g‘ri turtburchakdan iborat 
alohida turgan stupa shakliga ega. Bino uchta teng qismlarga bo‘lingan bo‘lib, 
ularning har biri ichki hovliga ega bo‘lgan. Bir qismi, aslida yashash xonasini o‘z 
ichiga olgan monastir bo‘lgan. Unda buddaviy rohiblar yashaganlar. Bundan 
tashqari bu erda yordamchi xonalar bo‘lgan. Ikkinchi qismi – ovqatlanadigan xona, 
oshxona, non yopadigan xona. Uchinchisi, ibodatxonaga o‘xshagan markaziy 
xona. Devorlari xom g‘isht va paxsadan qurilgan bo‘lib, somonli loy bilan 
suvalgan va oqlangan. 
Ibodatxona to‘rtburchakli hovliga ega bo‘lib, uning atrofiga Shu xovliga 
chiquvchi 19 ta bino joylashgan. Hovlini barcha to‘rt devori bo‘ylab supa qilingan 


117 
bo‘lib, ular muqaddas ohak toshlari asosida qurilgan ustunlarga suyanib turgan 
ayvon bilan yopilgan. Hovli devorlari naqshlar bilan qoplangan. Xususan, 
markazida ibodatxona tasvirlangan janubi-g‘arbiy devorda rohib kiyimidagi Budda 
chizilgan bo‘lib, uning atrofini kichik Budda haykalchalari o‘rab turibdi. Mehrob 
devorlari ham yozuvlar bilan qoplangan. Devorlardan birida ikkita tik turgan 
Budda suratlari tasvirlangan bo‘lib, ularning har ikki tarafiga ikkita ayol 
ko‘rinishlari tasvirlangan. Qarama-qarshi devorda sovg‘a ulaShuvchi erkaklar 
tasvirlangan, bundan tashqari boshqa mazmundagi suratlar ham mavjud. 
CHizmalarning o‘ta qimmatbaholigidan tashqari, Buddalarning bu jonli tasviri 
dunyodagi eng qadimgi sanaladi. Ular milodiy I-II asrlarga tegishlidir. 
1962 
yilda 
Surxondaryo viloyati, SHo‘rchi tumanida joylashgan 
Dalvarzintepa degan joyda buddaviylik ibodatxonasi, vino tayyorlash qurilmalari, 
dafn qilish joyi – naus topilgan. Shahar hududida kulol, hunarmand va boy 
zodagon uylarining qoldiqlari, Shuningdek, mashhur oltin dafina va fil suyagidan 
yasalgan shaxmat donalari topilgan. 
Markaziy Osiyo hududlarida birinchi marta loydan yasalib Yaxshi saqlangan 
Budda tasviri, ko‘plab haykalchalar, bezaklar, diniy marosim buyumlari va 
tangalar topilgan, ular II asr oxiri III asr boshidagi buddaviylik ibodatxonasining 
markaziy binolari ichida saqlangan. 
Boshqa binolarda katta miqdorda haykalchalar bo‘laklari, taqinchoqlar 
topilib, ularning ko‘pchiligiga oltin suvi yuritilgan. Budda tasvirlangan rasm 
parchalari, ko‘plab sopol idishlar, jumladan: devorlarida qadimgi yunon, hind 
yozuvidagi braxma bitiklari saqlangan ko‘za qoldiqlari,chiroqlari topilgan.
1957 yilda Farg‘ona vodiysidagi Quva shahri vayronalarida arxitektura va 
haykaltaroshlikning ajoyib namunasi bo‘lgan buddaviylik ibodatxonasi qoldiqlari 
topilgan. Ushbu ashyoviy dalillar Farg‘ona viloyatida VII asrda buddaviylik dini 
keng tarqalganini tasdiqlaydi. Holbuki, bu davrda Markaziy Osiyoning boshqa 
hududlarida zardushtiylik dini hukmron bo‘lgan.


118 
1974 yilda Zartepada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya 
institutining qazish ishlari olib borilishi natijasida buddaviylik ibodatxonasi 
topilgan. Bu erda Buddaning oltin suvi yuritilgan haykali va ikkita bronza 
shamdon topilgan. 
Umuminsoniy g‘oyalarning targ‘ib etilishi hamda har bir millatning Budda 
ta’limotini o‘z tilida o‘qib-o‘rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hududlarga 
tarqalishiga zamin yaratgan. Buddaviylik O‘zbekistonning janubiy hududlarida 
yangi eraning boshlarida paydo bo‘ldi. Buddaviylikning Hindistondan Markaziy 
Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog‘laydilar. 
Imperator Kanishkaning hukmronligi davrida Kushon podshohligi ushbu dinning 
markazlaridan biriga aylangan. Kanishka buddaviylikka e’tiqod qilgan. U zarb 
qildirgan ayrim tangalarda Budda tasviri ham uchraydi. Milodning birinchi 
asrlarida Budda ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko‘tariladi va unga sig‘iniladi.
Budda bilim orqali azob-uqubatlardan qutulish mumkinligini uqtirgan. 
Buddaviy donishmandlar fikricha, har bir inson juda ko‘p ezgu va Yaxshi ishlar 
qilish orqali Buddaga aylanishi mumkin. 
Xitoylik Syuan-Szyan bergan xabarga ko‘ra, VII asrning boshlarida 
Termizda 10 ta budda ibodatxonasi (sangarama) va mingta rohib bo‘lgan. 
V-VIII asrlarda eftalitlardan keyin buddaviylik Markaziy Osiyoda tanazzulga 
yuz tuta
 
boshlagan. 
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, baqtriyaliklar san’atga o‘z madaniy 
an’analarini olib kirdilar. Buddaviylikda Budda ta’limoti va hayotining botiniy 
mohiyatini ifodalovchi ramz-timsollarning butun boshli bir tizimi shakllantirilgan. 
Ko‘proq tarqalgani Budda va uning ta’limotini anglatuvchi g‘ildirak yoki yarqirab 
turuvchi aylana tasviridir. 
Buddaning hayotiy aylanishlari bosqichlarini ifodalovchi ho‘kiz, sher, fil, ot 
ramzlari keng tarqalgan. Shuningdek, Budda tagida o‘zining ilk va’zlarini aytgan 
muqaddas Bodxi daraxti tasviri ham buddaviylikning badiiy-diniy ramzi 
hisoblanadi.


119 
XX asrning boshlaridayoq Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida buddaviylikka 
oid ko‘p sonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa 
yodgorliklarni topganlar; ular ko‘pincha qimmatbaho metallar - oltin yoki 
kumushdan yasalgan. 
1927 yilda arxeloglar qadimiy Termizni o‘rganib, u erda qator yunon-
buddaviylik yodgorliklari mavjudligini aniqladi. Termiz arxeologik kompleks 
ekspeditsiyasining (TAKE) ishlari natijasida Qoratepa va Chingiztepada ikkita 
yirik budda ibodatxonasi bo‘lganligi aniqlandi, yunon-buddaviylik me’morchiligi 
va haykallarining parchalari topilgan o‘nlab joylar qayd etildi. 
Termizdan 17 km masofada joylashgan Ayritom shaharchasining Sharq 
tarafida aftidan buddaviylik stupasiga o‘xshash minora shaklidagi xom g‘ishtdan 
qurilgan bino vayronalari joylashgan. 1933 yilda arxeolog M.E.Masson 
tomonidan xom g‘ishtdan qurilgan bino qoldiqlari, uning ichida esa haykal, tosh 
karnizlar, me’moriy buyumlar, toshdan yasalgan muqaddas yodgorliklar borligi 
aniqlangan. Musiqachilar va mutafakkirlar, ehson keltiruvchilarning shakllari 
tushirilgan haykallarning hoshiyali tosh plitalari topilgan. Bu ibodatxona 
majmuasiga ibodat joylaridan tashqari rohiblar uchun yotoqxona va qator xizmat 
xonalari, ya’ni oshxona, omborxonalarni ham o‘z ichiga olgan.
Surxondaryodagi Qoratepa nomi bilan mashhur bo‘lgan tepalik 
buddaviylikning eng katta ruhoniylar markazi hisoblangan va u Kushon 
davridagi Termizning tashqi devori himoyasi ostida shahar tashqarisida 
joylashgan. Qoratepa binolarining uch qavati qumliklardan topilgan. Stupa 
maxsus hovliga o‘rnatilgan. Qoratepaning g‘orlik binolari oqilona tarzda, issiq 
iqlimni hisobga olgan holda joylashtirilgan. Bunday binolar yozda salqin, qishda 
esa yopiq eshiklar ortida iliq bo‘lgan. Qo‘sh alanga qurshovida o‘tirgan Budda 
tasviri buddaviylik tarqalgan davrda qadimiy e’tiqodlar ta’sirining barqarorligidan 
guvohlik beradi.
Toshkentlik san’atShunos-arxeolog L.I. Albaum Qoratepa Sharqidan sakson 
metr narida Fayoztepa ibodatxonasi majmuini ochdi. Markazida ibodatxona 


120 
tasvirlangan janubi-g‘arbiy devorda nimba kiyimidagi Budda chizilgan bo‘lib, 
uning atrofini kichik Budda haykalchalari o‘rab turibdi. Mehrob devorlari ham 
yozuvlar bilan qoplangan. Devorlardan birida ikkita tik turgan Budda surati 
tasvirlangan bo‘lib, ularning har ikki tarafida ikki ayol qiyofasi tasvirlangan. 
Qarama-qarshi devorda sovg‘a ulashuvchi erkaklar tasvirlangan. Bundan tashqari 
boshqa 
mazmundagi 
suratlar 
ham 
mavjud. 
Chizmalarning 
o‘ta 
qimmatbaholigidan tashqari buddalarning bu jonli tasvirlari dunyodagi eng 
qadimgi 
yodgorlik 
hisoblanadi. 
Ular 
milodiy 
I–II 
asrlarga 
tegishli. 
Tadqiqotchilarning fikricha, Qoratepa faqat rohiblar jamoasi uchun emas, balki 
Termiz va uning atrofida yashayotgan va boshqa shaharlardan kelgan buddaviylar 
uchun ham ibodatxonasi sifatida xizmat qilgan. 
Qoratepa va Fayoztepa ibodatxonalari odatda er osti va er usti qismlaridan 
iborat bo‘lgan. Budda haykalchalari bilan bezatilgan «Zo‘rmala» stupasi mahobati 
bilan ajralib turgan. Stupalar bir necha balandlikda to‘rtburchak shaklda bunyod 
etilgan. Stupa usti gumbazsimon qilib ishlanib, unga yog‘och yoki toshdan 
yasalgan langar o‘rnatilgan. Bu langarlarda toshdan yasalgan bir necha soyabon 
bo‘lib, buddaviylar uni «chatra» deb atashgan. «CHatra» muqaddas daraxt 
timsolidir. Stupa koinot ramzi hisoblangan. Uylarda Budda haykali qo‘yilgan 
maxsus ibodat qiladigan xonalar bo‘lgan. Keyinchalik Budda haykallari yoniga 
boddhisattvalarning loydan pishirilgan kichkina haykalchalari qo‘shilgan. Ushbu 
holat ham shahar aholisi hayotida buddaviylik alohida ahamiyat kasb etganini 
ko‘rsatadi. 
Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (qalinligi 10 
metrgacha bo‘lgan qudratli mudofaa devori bilan o‘rab olingan qal’a shahar) 
o‘rnida bo‘lgan. Kushonlar hukmdori Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar 
sifatida shakllanib, savdo-sotiq markazlaridan biriga aylangan. Bu erda O‘rta 
Osiyo hududlarida birinchi marta Buddaning loydan yasalgan, Yaxshi saqlangan 
tasviri, ko‘plab haykalchalar, bezaklar, diniy marosim buyumlari va tangalar 
topilgan, ular II asr oxiri III asr boshidagi budda ibodatxonasining markaziy 


121 
binolari ichida saqlangan. Ibodatxonani tadqiq qilish 1983 yildan boshlangan. 
Dalvarzintepa majmuasidagi Budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan dahma, 
Shuningdek, oltin xazina to‘ldirilgan ikki yarim metrli sopol ko‘za 
buddaviylikning o‘sha davr xalqlari ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi mavqei va 
boshqa mahalliy dinlar o‘rtasida egallagan o‘rnini ko‘rsatadi. 
Shimoliy Hindiston va Markaziy Osiyo hududlarining Kushonlar saltanati 
hukmronligi ostida birlashtirilishi natijasida buddaviylik Uzoq Sharqqa ham kirib 
bordi. Keyinchalik Sharqiy Turkiston, Xitoyga yoyildi. Kanishka, Vima Kadfiz va 
ulardan keyingi Kushon imperatorlari buddaviylik dini an’analarini amalda 
rivojlantirish, boshqa xalqlar o‘rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, 
Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva, Koson, O‘sh, Bolosog‘un, Koshg‘ar 
va boshqa shaharlarda ibodatxonalar qurib, uning muqaddas kitoblari, sutra 
(sanskritcha - ip, to‘plam, bayon, diniy-falsafiy ibora)larni o‘rganish, tarjima qilish 
va sharhlash uchun sharoit yaratdilar. 
G‘arbda Orol va Kaspiy dengizi bo‘ylari, Janubda Hind daryosining quyi 
oqimi, Sharqda Xo‘tan (Xitoy)dan Banoras (Gang daryosi bo‘yidagi shahar)gacha 
cho‘zilgan Kushonlar imperiyasining boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy 
va madaniy aloqalarining Yaxshilanishi, savdo-sotiqning rivoji yangi shaharlarning 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Kushonlar davrida buddaviylikka katta ahamiyat 
berilgani, diniy rasm-rusumlarni bajarishga alohida e’tibor bilan qaralgani bois 
maxsus ibodatxonalar bunyod etilib, buddaviylik xalq turmush tarzining muhim 
tarkibiy qismiga aylanib bordi, madaniyat rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish