Xulosa.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va madaniyati rivojida
buddaviylik muayyan o‘rin egallaydi. Bunga Markaziy Osiyo hududida joylashgan
Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan
arxeologik qazilmalar, jumladan, Shakyamuni sanamlari, haykalchalar, ramziy
g‘ildiraklar va stupa qoldiqlari, Shuningdek, marmardan yasalgan va juda Yaxshi
saqlangan Budda haykali aniq dalolat beradi. Arxeologik qazilmalar natijasida
topilgan yodgorliklar buddaviylikning o‘sha davrdagi mavqei haqida xabar beradi.
122
Shuningdek, ajdodlarimizning yuksak moddiy madaniyati, dini, urf-odati, tafakkur
tarzi haqidagi tasavvurimizni boyitishga xizmat qiladi.
Hozirgi davrda buddaviylik Janubiy, Janubiy-Sharqiy, Sharqiy Osiyo
mamlakatlari Shri Lanka, Hindiston, Tailand, Laos, Mo‘g‘uliston, Kambodja,
V’etnam, Xitoy, Singapur, Butan, Nepal, Malayziya, Koreya, Yaponiya, qisman
Evropa va Amerika qit’asi, Rossiyaning Tuva, Buryatiya va boshqa hududlarda
keng tarqalgan. 700 milliondan ortiq kishi buddaviylikning turli yo‘nalishlariga
e’tiqod qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uhun savollar:
1.
Buddaviylik qanday tarixiy jarayonda kelib chiqdi?
2.
Buddaviylik qanday ta’limotni ilgari suradi?
3.
Bu din qachon va qanday yo‘l bilan Markaziy Osiyoga kirib keldi?
4.
O‘lkamizning qaysi mintaqalarida buddaviylik yodgorliklari saqlangan?
Mushtaqil ish topshiriqlari:
1.O‘lkamizning qaysi mintaqalarida buddaviylik yodgorliklarini aniqlash.
2. Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi haqida referat
tayyorlash.
Adabiyotlar:
1.
Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy
A.R. Tanlangan asarlar. I tom. – T., 1968.
2.
Markaziy Osiyo dinlari tarixi / Mas’ul muharrir – Sh.Yovqochev. – T.:
Toshkent Davlat SharqShunoslik instituti, 2006.
3.
Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jaev H., Rahimjonov D., Komilov M.,
Abdusattorov A., Oripov A. Dinshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. – T.: Mehnat,
2004.
123
4.
Ochildiev A., Najmiddinov J. Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar
va oldini olish yo‘llari (Yuz savolga yuz javob). – T.: “Toshkent islom
universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2009.
5.
Kon-Sherbok D., Kon-Sherbok L. Iudaizm i xristianstvo. Slovar. – M.,
1995.
6.
Myuller M., Vundt V. Ot slova k vere. Mif i religiya (Istoriya religii). –
M.: Izd-vo Eksmo; Sankt-Peterburg: Terra Fantastica, 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |