Beshinchidan, istiqlol davri o'zbek adabiyotida inson, odam-lararo munosabatlar g'oyat
murakkab, chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglab yetildi hamda shu holatni aks
ettirishga harakat qilinayotir. Sho'rolar zamonida adabiy qahramonlarning xatti-harakatlari
belgilab berilardi. Natijada asarlarda tasvirlangan odamlar hayotdagi odamlardan keskin farq
qilardi. Mustaqillik davri adabiyotida bunday qoliplardan qutulindi. Natijada har bir insonga sirli
yaratiq tarzida yondashish, uning taqdiridagi chigal-liklarni tushunish va tasvirlashga intilish
kelib chiqdi. Shu tariqa, mustaqillik adabiyoti namunalarida tasvirlangan odam hayotdagi
odamga qaraganda ham chuqurroq, murakkabroq, o'ychilroq, serqirraroq bo'lib bormoqda. Bu
davr adabiyotida badiiy tas-virning kuchi odamlardagi lahzalik ruhiy holatlarni mangulikka
suratlashga e'tibor qaratilmoqda. Shu yo'l bilan adabiyotda badiiy tasvirning chuqurlashuvi,
odam ruhiyati qatlamlarining nozikroq idrok etilishiga erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |