Uchinchidan, istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi, mehnat
qiluvchi sifatida yondashish tarzidan qutuldi. Bu adabiyot odamning mehnati bilan birgalikda
uning ruhiyati, o'y-fikrlari, his-tuyg'ulari, ko'ngil holatini ham tas-virlashga ko'proq e'tibor bera
boshladi. Istiqlol adabiyoti uchun insonning o'zi asosiy qadriyatga aylandi. Shu tariqa, istiqlol
96
www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan
adabiyotining qahramonlari ko'lami kengaydi. Agar oldinlari badiiy asarlarda odamga, albatta,
boylar yoki kambag'allar, ishchilar yoxud dehqon kabi biror ijtimoiy qatlamning vakili deb
qaralgan bo'lsa, endilikda u murakkab va anglash mushkul betakror odam sifatida badiiy tadqiq
etiladigan bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |