Birinchidan, bu davr adabiyoti yagona mafkura hukmronligi-dan qutulgan, olam va odam
ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo'lgan adabiyotdir. Bu davrda
olamning yashash va mavjudlik yo'sinini turlicha izohlash mum-kin bo'ldi va bu hoi milliy
adabiyotning ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Natijada, badiiy qarashlar va tasvir usullarining
xilma-xilligi yuzaga keldi. Ma'lumki, sho'ro davrida adabiyot tomonidan olam hodisalari
ijodkor anglaganiday emas, balki kommunistik mafkura xohlaganiday tasvirlanar edi. Endi
bizning mamlakatimizda hech qanday hukmron mafkura bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. Binobarin,
adiblar hayotni istaganiday tasvirlash im-koniga egalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |