Ii–qism. Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft Access



Download 1,53 Mb.
bet112/119
Sana26.01.2023
Hajmi1,53 Mb.
#903278
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119
Bog'liq
Axborot texnologiyalari. 2-qism (T.Maxarov) (1) (1)

Maydonlarni tartiblash. Muloqotning navbatdagi oynasi hisobotda
yozuvlarni saralash tartibini ko‘rsatish imkonini beradi. Hisobotlarda
guruhlar maydonlar bo‘yicha avtomatik tartiblanadi (III.6.4-rasm).
Bu oynada guruhning ichida yozuvlarni tartiblash uchun bir yoki bir necha maydonni tanlash mumkin. Avval birinchi tartiblash uchun maydon beriladi (1), so‘ngra bir yoki bir necha qo‘shimcha maydonlarni tanlash mumkin. Har bir ro‘yxat guruhlashda qo‘llanilmagan maydonlarni o‘z ichiga oladi. Ishni davom ettirish uchun Далее tugmasi bosiladi.

205


III.6.4-rasm. Maydonlarni tartiblash
Maket tanlash. Navbatdagi oynada hisobotning maketi aniqlanadi. Qo‘yilmalar o‘rnatilganda namuna oynasida hisobotning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatiladi (III.6.5-rasm). Kerakli parametrlar tanlanganidan
so‘ng, Далее tugmasi bosiladi.

III.6.5-rasm. Hisobot maketini tanlash
Stil tanlash. Navbatdagi bosqichda jihozlash stili (turi) tanlanadi.
Kerakli tur tanlanib, Далее tugmasi bosilib, navbatdagi oynaga o‘tiladi.
Ishni tugallash. Hisobot masterining so‘ngi oynasida hisobotga nom berish va navbatda nima ish qilishni tanlash mumkin – tezda ko‘rish

206

rejimiga o‘tish yoki hisobotni konstruktor rejimida ochish va uning tarkibini o‘zgartirish. So‘rovga nom berilib, bajarilishi lozim bolgan ish tanlangandan so‘ng Готово tugmasi bosiladi.


III.6.6-rasm. Tayyorlangan hisobotning taxminiy ko‘rinishi


III.6.2. Hisobot tarkibini o‘zgartirish (modifikatsiyalash)


Hisobot maketi boshqaruv elementlaridan tashkil topgan. Uning


tarkibiga sarlavha va maydon nomlari uchun matnli belgilar kiradi. Axborot kiritish uchun qo‘llaniladigan ma’lumotlar ombori maydonlari matnli maydonlarda ifodalangan.
Hisobot maketi bilan ishlaganda asosan matnli maydon va yozuvlarning joylashuvi, o‘lchami va formatini o‘zgartirishga, hamda yozuvlarni tahrirlashga to‘g‘ri keladi. Yozuvni o‘zgartirish uchun unda sichqoncha tugmasi bosilib, ajratiladi va o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan joyga kursor o‘rnatiladi (sichqoncha ko‘rsatkichi I ko‘rinishini oladi) va matn tahrirlanadi (III.6.7-rasm).
207

III.6.7-rasm. Ma’lumotlarni tahrirlash
Konstruktor rejimida hisobotlar bir necha bo‘limlarga bo‘linadi. Har bir bo‘limdagi axborot ma’lum bir chop qilish pozitsiyasidan boshlanadi.
Agar hisobot bir yoki bir necha maydonlar bo‘yicha guruhlansa, bu maydonlarning har birida maxsus sarlavha bo‘ladi. Maket asosida qurilgan hisobot, chop qilish nusxasida barcha bo‘limlarning joylashuvini ko‘rsatadi.
Guruhlashni boshqarish. Hisobotda guruh tarkibi, hamda yozuvlarni tartiblash uchun Вид / Сортировка и Группировка (View / Sorting and Grouping) buyrig‘i orqali Сортировка и Группировка muloqot oynasi ochiladi (III.6.8-rasm):
III.6.8-rasm. Saralash va guruhlash muloqot oynasi
Поле / Выражение (Field / Expression) ustunida ma’lumotlar o‘zgartirilib, hisobotdagi bo‘limlar sarlavhalari va izohlar tarkibi

208
o‘zgartiriladi. Bunda sarlavha yoki izoh bo‘limini ajratib, oynaning quyi qismida Нет (No) qiymatini o‘rnatib, uni o‘chirish mumkin. Bundan tashqari Порядок сортировки (Sort Order) ustuni yordamida ixtiyoriy guruhda qiymatlarni saralash tartibini ko‘rsatish mumkin.


Turli tur maydondagi ma’lumotlarga o‘zining guruhlash variantlari, intervallari mos qo‘yiladi. Masalan, vaqt maydoniga По годам (Year), По месяцам (Month), По дням (Day) va h.k. intervallar ko‘zda tutilgan.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish