Nazorat savollari
Forma nima va u qanday ustunliklarga ega?
Formadan qanday foydalaniladi?
Yozuvlar bilan ishlashni tushuntiring.
Yangi formani yaratish usullarini sanab o‘ting.
Forma qanday yaratiladi?
196
III.5. So‘rovlarga javob olish
So‘rovlar ma’lum talablarga javob beruvchi axborotlarni ma’lumotlar omboridan olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. So‘rovlar yordamida qidiriladigan yozuvlar shartlarini aniqlash mumkin. So‘rovlar sodda bo‘lishi mumkin, masalan, kitobning narxi $ 10 dan ortiq bo‘lgan yozuvlarni chiqarish. Bir necha ketma-ket taqqoslashlarni o‘z ichiga olgan murakkab holda ham bo‘lishi mumkin.
Har qanday so‘rovning asosida mos ravishda satr va ustunlarda ko‘rilayotgan maydon va shartlar kiritiladigan so‘rov blanki yotadi.
III.5.1. Sodda so‘rov blanki - Расширенный фильтр
(kengaytirilgan filtr)
Ma’lumotlar bilan jadval yoki forma rejimida ishlayotganda yozuvlar uchun so‘rovlar yaratishda Записи / Фильтр / Расширенный фильтр (Filter / Advanced Filter / Sort) buyrug‘idan foydalanish mumkin. Bu buyruqni bajarish natijasida, quyidagicha muloqot oynasi ochiladi:
III.5.1-rasm. So‘rov yaratish muloqot oynasi
Расширенный фильтр buyrug‘i haqiqiy so‘rovga nisbatan ayrim chegaralanishlarga ega:
tanlash shartlarini berishda Расширенный фильтр buyrug‘i bajarilganda faol bo‘lgan jadval (so‘rov) maydonlaridan foydalanish mumkin;
haqiqiy so‘rov blanklarida ko‘zda tutilgan imkoniyatlardan ayrimlariga kirish imkoniyati yo‘q.
197
Shartlar yaratish. So‘rovlar bir necha shartlardan tashkil topgan, yozuvlarni tasvirlash diapazonini kichraytirish imkonini beradi. Har bir shart uch elementdan tashkil togan:
taqqoslash uchun qo‘llaniladigan maydon;
bajariladigan taqqoslash turini izohlovchi operator;
maydondagi qiymat taqqoslanadigan kattalik.
III.5.2-rasm. Shartni kiritish
Shart yaratish uchun bu axborotni so‘rov blankiga kiritish zarur: Avvalom bor shartda qo‘llaniladigan maydon nomi tanlanadi.
Условие отбора (Criteria) satrida sichqoncha tugmasi bosilib, qiymat bilan birga operator kiritiladi. Условие отбора satrida sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli menyuda Построить (Build) buyrug‘i bajariladi.
Natijalarni ko‘rish. Расширенный фильтр buyrug‘i natijalarini ko‘rish uchun Фильтр / Применить фильтр (Filter / Apply Filter / Sort) buyrug‘i bajariladi yoki anjomlar panelida Применить фильтр tugmasi bosiladi. Access tezda berilgan shartlarni qanoatlantiruvchi yozuvlarni ifodalovchi boshlang‘ich rejimga qaytadi. Oynaning quyi qismida joylashgan yozuv indikatori filtr mavjudligini ko‘rsatadi.
III.5.3-rasm. Filtrning o‘rnatilishi
Filtrni qo‘llamasdan, jadval yoki forma rejimida ishni davom ettirish uchun Фильтр muloqt oynasini yopish yoki anjomlar panelida Закрыть (Close) tugmasini bosish kifoya.
Joriy filtrni o‘chirish bilan jadval yoki forma rejimida ishlashga qaytish uchun Записи / Удалить фильтр (Records / Remove Filter) buyrug‘i bajariladi, yoki anjomlar panelida Удалить фильтр (Remove Filter) tugmasi bosiladi.
198
Do'stlaringiz bilan baham: |