Ii–qism. Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft Access



Download 1,53 Mb.
bet105/119
Sana26.01.2023
Hajmi1,53 Mb.
#903278
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119
Bog'liq
Axborot texnologiyalari. 2-qism (T.Maxarov) (1) (1)

Nazorat savollari


  1. Jadval ustun va satrlarining o‘lchamlari qanday o‘zgartiriladi?

  2. Ma’lumotlarin kiritish va tahrirlash qanday amalga oshiriladi?

  3. Yozuvni o‘chirish va saralashni tushuntiring.

  4. Zarur axborot qanday qidiriladi?

  5. Yozuvni almashtirish uchun qanday amallar bajariladi?

189
    1. Formalarda ma’lumot kiritish va tahrirlash


Forma – bu jadval ma’lumotlarini kiritish va tasvirlash uchun vosita. Forma boshqaruv elementlarini o‘z ichiga olgan oynani ifodalaydi. Axborotni tasvirlash, ma’lumotlarni kiritish va o‘zgartirish, formani jihozlash uchun qo‘llaniladigan vizual obyekt boshqaruv elementi deyiladi. Boshqaruv elementlariga imzolar, matn maydonlari, boshqaruv tugmalari, grafik obyektlar: chiziq, ramka va h.k. misol bo‘lishi mumkin. forma hech qanday axborot saqlamaydi, faqat axborot bilan ishlashning qulay vositalari bilan ta'minlaydi.


Forma jadval rejimida ma’lumotlarga ishlov berishga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:

    • odatda forma bir yozuv maydonlarini tasvirlagani bois, alohida yozuvga e'tibor qaratish imkonini beradi. Jadval rejimida esa, bir necha yozuvlar tasvirlanadi va maydondagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun oynani surishga to‘g‘ri keladi;

    • ma’lumotlar bilan ishlash va o‘qishni osonlashtiruvchi boshqaruv elementlarini qulay tartibda joylashtirish mumkin;

    • turli boshqaruv elementlari ma’lumotlarni kiritish va o‘zgartirish imkoniyatiga ega;

    • ma’lumotlar omborining ba'zi obyektlari - rasmlar, animatsiya, ovozlar va videokliplar - ovoz berishi yoki tasvirlanishi mumkin.



      1. Formadan foydalanish




Microsoft Access tarkibidagi masterlar yordamida yaratilgan barcha
ma’lumotlar omborlari ma’lumot kiritish, yoki jadval, yoki so‘rovlarda
saqlanayotgan axborotlarni ko‘rish ucun formalarni o‘z ichiga oladi.
Forma bilan ishlash Offise 97 standart muloqot oynalarida axborotni kiritish va maydonlarda harakatlanishga juda o‘xshash. III.4.1-rasmda biror bir korxona xodimlari haqida axborot kiritish uchun mo‘ljallangan forma tasvirlangan.
Boshqaruv elemnenti yordamida axborotlarni o‘zgartirish yoki kiritish uchun unda sichqoncha tugmasi bosiladi va element turiga bog‘liq qo‘shimcha amallar bajariladi - masalan, matn maydoniga belgilar kiritish yoki ro‘yxatdan qiymat tanlash. Bir necha elementga ketma-ket axborot kiritish uchun ularning birinchisi faollashtiriladi, so‘ngra navbatdagi

Tab

Tab
elementga o‘tish uchun yoki Enter klavishi bosiladi (Shift +
klavishlar kombinatsiyasini bosish bilan avvalgi elementga qaytiladi).
190
III.4.1-rasm. Xodimlar haqida axborot oynasi
Izoh. Hisoblagich (Счетчик) tur maydonida mavjud yozuv o‘chirilganda bu yozuvning tartibi takroran qo‘llanilmaydi. Uni yangi yozuvga berish usuli mavjud emas.
Yozuvni o‘zgartirish yoki kiritish tugallanib, yangi yozuvga o‘tilganida Access yangi yozuvni avtomatik ravishda saqlaydi. Bundan tashqari yozuvning holatini ixtiyoriy vaqtda saqlash mumkin. Buning uchun Записи / Сохранить запись (Records / Save Record) buyrug‘i beriladi

Enter

Shift
yoki + klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
Formaning asosiy vazifasi ekranda ma’lumotlarga ishlov berish va ko‘rishdan iborat bo‘lsa ham, uni ma’lumotlari bilan birga chop qilish mumkin. Bu amallar boshqa Office dasturlaridagi kabi Файл (File) menyusining Параметры страницы (Page Setup), Предварительный просмотр (Print Priview) va Печать (Print) buyruqlari yordamida
bajariladi. Параметры страницы muloqot oynasining Поля (Margins)
qo‘yilmasida Печать только данные (Print Data Only) bayroqchasi o‘rnatilsa, ekrandagi ma’lumotlarni tayyor qog‘oz blankka chop qilish imkonini beradi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish