Ii–qism. Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft Access



Download 1,53 Mb.
bet1/119
Sana26.01.2023
Hajmi1,53 Mb.
#903278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Axborot texnologiyalari. 2-qism (T.Maxarov) (1) (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
(II–qism. Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft Access dasturlari bilan ishlash bo‘yicha qo‘llanma)

Toshkent – 2005



Tuzuvchi “Tarmoq texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi T.A. Maxarov

Muharrir: Yu. Sobirxonova


Qo‘llanmadagi materiallar zamonaviy milliy, chet el adabiyotlari va Internet ma’lumotlaridan foydalanib ishlab chiqilgan. Qo‘llanma amaliy dasturlar paketi bilan ishlashda talabalarga yaqindan yordam beradi.


Hozirgi kunda informatsion texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishning barcha jabhalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Shu munosabat bilan hozirgi zamon texnikasi va texnologiyalarini bilish yosh mutaxassislar orasida asosiy dasturil amalga aylanmoqda.

Qo‘llanmada mavzularni texnik vosita (kompyuter) lardan foydalanib o‘rganish nazarda tutilgan. Mazkur qo‘llanma barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr toifasidagi talabalar, o‘rta ta’lim maktablari, litseylar, kasb–hunar kollejlari o‘quvchilariga amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.


2

K I R I S H


Qo‘llanmada amaliy dasturlar to‘plamiga kiruvchi Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft Access dasturlari bayon etilgan.


Microsoft Word matn protsessori hujjatlarni yaratish va tahrirlash, grafik tasvirlar va matnlarni qo‘yish va o‘chirish, shuningdek, maxsus mo‘ljallangan hujjatlarni, masalan blanklar va xatlar, yaratish uchun kuchli matn protsessori (redaktori) hisoblanadi.
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda ko‘rgazmalilik katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ko‘pincha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida tasvirlanadi.
Microsoft Exsel – barcha hisoblashlar, ma’lumotlarni tashkillashtirish va tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan umumiy foydalanishga mo‘ljallangan elektron jadvallarni boshqarish dasturidir. Microsoft Exsel bilan juda ko‘p masalalarni – oddiy hisoblash yoki oilaviy mablag‘ni rejalashdan murakkab uch o‘lchamli diagramma tuzish yoki o‘rta kattalikdagi firmalarda buxgalteriya hisobini yuritish masalalarini yechish mumkin. Qo‘llanmada Excel bilan tanishasiz va turli amallarni bajarishni o‘rganasiz. Microsoft Access – ma’lumotlar ombori bilan ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning yordamida mijozlar ro‘yxatini yaratish va yuritish, mahsulot yoki boshqa tartiblangan ma’lumotlar haqida ro‘yxatga
olishlarni saqlash mumkin.
Ushbu qo‘llanma quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni imkon qadar to‘liq bayon etishga harakat qilindi:

  1. Access bilan ishlash asoslari;

  2. Jadval va bog‘lanishlar yaratish;

  3. Jadval rejimida ma’lumotlarni kiritish va ko‘rish;

  4. Formalarda ma’lumot kiritish va tahrirlash;

  5. So‘rovlarga javob olish;

  6. Master yordamida hisobotlar tuzish;

  7. Forma va hisobotlarni formatlash.

Ushbu qo‘llanmadan ofis dasturlari bilan mustaqil ishlovchilar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari foydalanishlari mumkin.
Agar siz o‘qituvchi bo‘lsangiz, o‘rgatish uchun foydalanishingiz mumkin. Zarurat tug‘ilganda o‘quvchilaringiz mutaxassislik talablarini qondiruvchi darslar bilan chegaralanishingiz va uni o‘zingizning misol va mashqlaringiz bilan to‘ldirishingiz mumkin.
3
O‘rgatishni tugallagandan so‘ng turli mavzu, savollarga javoblar va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha tahlil uchun qo‘shimcha vaqt rejalashtirishingiz tavsiya etiladi.


Sichqoncha

Agar sizda sichqoncha bir necha tugmali bo‘lsa, chap tugma asosiy, o‘ng tugmasi esa yordamchi bo‘lib xizmat qiladi.
"Bosing" iborasi sichqoncha ko‘rsatkichini obyektga olib kelinishni va uning chap tugmasini tez bosish va qo‘yib yuborishni bildiradi. Masalan, Стандартная (Standard) anjomlar panelida Вырезать (Cut) tugmasini bosamiz.


Klaviatura


Shift
Sizga bosish uchun taklif qilinadigan tugmalar quyidagicha ifodalangan:Tab,
Tugmalar nomlari orasidagi "+" belgisi bu tugmalarni baravar bosishni

Alt
bildiradi, ya’ni tugmalar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Masalan, +

Alt

Tab
tugmalar kombinatsiyasini bosing deyilsa, tugmasini bosib turgan

Tab
holda tugmasi bosiladi.


Izohlar

Izoh (maslahat) larda qo‘shimcha axborot yoki bajarilayotgan amalning qo‘shimcha usullari taklif qilinadi.

4


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish