So‘rov blankida Сортировка(Sort)satri jadval va forma rejimida tasvirlanadigan axborotni tartiblash uchun qo‘llanuiladi. Сортировкаsatrida sichqoncha tugmasi bosilsa, maydonnig o‘ng qismida ko‘rsatkich hosil bo‘ladi. Uni bosish bilan ro‘yxat ochiladi: Повозрастанию(Ascending), По убыванию (Descending), Отсутствует (Not Sorted). Access maydondagi qiymat (yozuv) larni tartiblash uchun qo‘llashi talab qilinsa, Повозрастаниюyoki Поубыванию tanlanadi (III.5.4-rasm).
III.5.4-rasm. Qiymat (yozuv) larni saralash
Axborotni tartiblashni bir necha maydon bo‘yicha ham bajarish mumkin. Saralash tartibini aniqlovchi eng muhim maydon, Сортировкаsatrining bo‘sh bo‘lmagan eng chap maydoni bo‘liadi. Access har doim maydonlar ustunlik darajasini chapdan o‘ngga o‘rnatadi.
Bir necha maydon bo‘yicha tartiblash bajarilganda, birinchidan o‘ng tomonda joylashganlari tartiblanadi. Faqat birinchi maydonda bir xil qiymatli yozuvlarni ikkilamchi tartiblash uchun ikkinchi maydondan foydalaniladi.
Sodda so‘rov yaratish
Shunday holatlar yuzaga keladiki, ma’lumotlar omboriga tegishli bo‘lgan Расширенныйфильтрbuyrug‘i yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lmaydi. Masalan:
bir necha jadval maydonlari qiymatlarini so‘rovga qo‘shish zarur;
so‘rov jadval maydonlarining bir qismini tasvirlashi zarur.
Bunday hollarda Accessning sodda emas, balki to‘liq so‘rovidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
199
Yangi so‘rov bir necha usullarda yaratilishi mumkin. Ulardan eng soddasi - ma’lumotlar ombori muloqot oynasida Запросы(Queries)qo‘yilmasiga o‘tish va Создать (New) tugmasini bosish. Bundan tashqari anjomlar panelining o‘ng qismida joylashgan Новый объект (New Object)ochiluvchi ro‘yxatida Запрос(Query)qiymatini tanlash ham mumkin.
Har qanday holatda ham Новыйзапросmuloqot oynasi ochiladi:
III.5.5-rasm. Yangi so‘rov yaratish
Muloqot yonasida so‘rov turi va uni yaratish usularini tanlash mumkin.
Конструктор(DezignView)qiymati so‘rov standart blanklarini yaratish uchun mo‘ljallangan.
Повторяющиесязаписи(FindDuplicaresQueryWizard)va Записи без подчиненных (Find Unmatched Query Wizard) satrlari tanlanganda ma’lumotlar butunligini saqlashga yordam beruvchi maxsus masterlar ishga tushiriladi.
Sodda so‘rov yaratish quyidagicha bajariladi:
Новыйзапросoynasida Постойзапросsatri tanlanadi.
Sodda so‘rovlar masteri ishga tushiriladi va ekranda so‘rovda qatnashuvchi maydonlarni tanlashni taklif etuvchi birinchi oyna hosil bo‘ladi (III.5.6-rasm).
Muloqot oynasining yuqori qismida joylashgan Таблицы / Запросы(Tables/Queries)ochiluvchi ro‘yxatidan zarur maydonli jadval yoki so‘rov tanlanadi. Maydonni so‘rovga qo‘shish uchun Доступныеполя(AvailableFields)ro‘yxatidan Выбранныеполя(SelectedFields)ro‘yxatiga o‘tkaziladi (ular oralig‘ida joylashgan to‘rtta tugma yordamida). Tanlashni tugallagandan so‘ng, navbatdagi muloqot oynasiga o‘tish uchun Далееtugmasi bosiladi.
Ikkinchi muloqot onasida so‘rov turini tanlash talab qilinadi -
Подробный(Detail)yoki Итоговый(Summary).To‘liq so‘rovda berilgan
200
shartni qanoatlantiruvchi barcha yozuvlar chiqariladi. Natijaviy so‘rovda tanlangan yozuvlar qiymatlarida ba’zi hisoblashlar bajariladi.
III.5.6-rasm. So‘rov yaratiladigan maydonlarni tanlash
Далееtugmasini bosish Soddaso‘rovlarmasterining so‘nggi muloqot oynasini ochadi (III.5.7-rasm). Bu oynada yaratilgan so‘rov uchun nom kiritiladi.
III.5.7-rasm. Sodda so‘rov so‘nggi oynasi ko‘rinishi
201
So‘rovni jadval rejimida ochish uchun birinchi qo‘yilma tanlanadi. So‘rov maketini o‘zgartirish ko‘zda tutilsa, uni konstruktor rejimida ochish uchun ikkinchi qo‘yilma tanlanadi.
Izoh. Ro‘yxatga barcha tasvirlangan maydonlarni va barcha tartiblash yoki shartlarni berishda ishtirok etuvchi maydonlarni qo‘shishni unutmang.