Saralash shartlari qanday yaratiladi?
Saralash natijalarini ko‘rish uchun nima qilish lozim?
Qiymatlarni saralash qanday amalga oshiriladi?
Sodda so‘rov qanday yaratiladi?
202
Master yordamida hisobotlar tuzish
Accessda hisobotlar ma’lumotlar omboridagi axborotlarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Hisobotlarni monitor ekranida ko‘rish odatda noqulay, chunki ular chop qilish uchun mo‘ljallangan. Accessda hisobot tarkibiga boshqa obyektlar ham kiradi, masalan, Nakleyka Masteri tayyorlagan manzilli nakleykalar (yoki boshqa tur nakleykalar) va Diagramma Masteri tayyorlagan diagrammalar. Ular axborotni ma’lumotlar ombori jadvali maydonlaridan oladi va foydalanuvchiga qulay ko‘rinishda tasvirlaydi. Diagramma Masteri Office barcha dasturlari bilan hamkorlikda qo‘llaniladi.
Standart hisobot tayyorlash
Standart hisobotlar ikki turga bo‘linadi: ustunli va satrli (lentali) (6.1-ram). Ustunli hisobot oddiy formani eslatadi.
Har bir maydon yangi satrda chiqariladi. Satrning chap tomonida uning nomi, o‘ng tomonida esa, undagi ma’lumot joylashadi. Ombordagi maydonlar soniga qarab, har bir yozuv alohida, yoki bir necha varaqda joylashishi mumkin. Ayrim hollarda bir varaqda bir necha yozuvni joylashtirish mumkin.
203
Satrli (lentali) hisobotda har bir maydon alohida ustunda joylashadi, har bir yozuv esa bir satrni ifodalaydi.
Ma’lumotlar omborining boshqa obyektlari kabi hisobot tayyorlashda ham quyidagi amallar bajariladi:
hisobot tayyorlanadigan ma’lumotlar ombori ochiladi.
ma’lumotlar omboti oynasi ochiladi.
Отчеты (Reports) qo‘yolmasiga o‘tiladi.
Создать (New) tugmasi bosiladi.
Natijada Новый отчет (New Report) muloqot oynasi ochiladi.
Bundan tashqari, anjomlar panelida Новый объект (New Object)
tugmasining ochiluvchi ro‘yxatidan mumkin (III.6.2-rasm):
Отчет qiymatidan ham foydalanish
III.6.2-rasm. Yangi hisobot yaratish
Новый отчет muloqot oynasida keltirilgan hisobot turlari quyidagi imkoniyatlarga ega:
Конструктор (Design View) qiymati hisobotni "nol"dan boshlab konstruktor rejimida yaratadi.
Автоотчет: в столбец (AutoReport: Colunnar) va Автоотчет: ленточный (AutoReport: Tabular) qiymatlari ustunli va satrli hisobotlarni yaratishni tezlashtirish uchun mo‘ljallangan. Har bir tur hisobotda jadval yoki so‘rovning barcha maydonlari kiritiladi.
Мастер диаграмм (Chart Wizard) qiymati Microsoft Graph dasturi vositalari yordamida diagrammalar yaratish uchun mo‘ljallangan.
Почтовые наклейки (Label Wizard) qo‘yilmasi pochta va boshqa tur nakleykalar yaratish uchun qo‘llaniladi.
Access masteri yordamida hisobot tayyorlash uchun Мастер отчетов qiymati tanlanadi. Hisobot masterining birinchi oynasida hisobotga kiruvchi maydonlar ko‘rsatiladi. Bunda hisobotga taalluqli bo‘lgan barcha
204
maydonlar kiritilishi zarur. Tanlashni tugallagandan so‘ng, keyingi oynaga o‘tish uchun, Далее (Next) tugmasi bosiladi.
Navbatdagi oynada hisobotda yozuvlarni guruhlash parametrlarini berish uchun bir yoki bir necha maydonlarni tanlash mumkin. Masalan, guruhlashning bosh maydoni sifatida tartibini ko‘rsatish mumkin. Yangi maydon qo‘shish uchun yuqori tugma bosiladi va u namunaga ko‘chiriladi. Qo‘shimcha guruhlash darajasini yaratish uchun bir necha maydonlarni ko‘rsatish mumkin. Maydonning ustunlik darajasini almashtirish uchun Уровень (Priority) tugmalaridan foydalaniladi. Guruhlash usuli muloqot oynasining o‘ng tomonida joylashgan hisobot namunasida tasvirlanadi:
III.6.3-rasm. Ustunlik darajalarini o‘zgartirish
Guruhlash tugallanganidan so‘ng, navbatdagi oynaga o‘tish uchun
Далее (Next) tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |