13. Sonata shakli dramaturgiyasi. Sonata shakli dramaturgiyasi yirik dramatik adabiy janrlari (drama, roman) dramaturgiyasiga о‘xshab ketadi. U, ayniqsa patetik xarakterdagi, tez sur’atli asarlarda (sonatali allegro) yorqin namoyon bо‘ladi.
Sonata shaklining mohiyati undagi rivojlantiruvchilik (shakl hosil qilish) jarayonidan iborat. Bu jarayon butunlik va qismlar strukturasini, mavzu materiali ketma-ketligini, modulyatsion aloqalar va tonallik nisbatlarini belgilab beradi.
Sonata shakl hosil qilish tamoyili keyingi bо‘lim va mavzularning intensiv tayyorlashda ifodalanadigan dinamik keskinlik bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |